К содержанию
РецензированоRU2026

DIALEKTIZMLARDA QARINDOSHLIK OTLARINING AHAMIYATI

Omonova Mahliyo

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses the literary language norms of the Uzbek literary language and the importance of dialectisms in its enrichment. Information is provided on the division of dialects and their specific features. Keywords: dialectism, dialect, Karluk, Kipchak, Oghuz, literary language, classification, dialect system, terminology. ЗНАЧЕНИЕ РОДСТВЕННЫХ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ В ДИАЛЕКТИЗМАХ Аннотация. В данной статье рассматриваются литературные языковые нормы узбекского литературного языка и значение диалектизмов в его обогащении. Была предоставлена информация о разделении и специфических особенностях диалектов. Ключевые слова: диалектизм, наречие, карлуки, кыпчаки, огузы, литературный язык, классификация, диалектная система, терминология. Har bir xalq o‘z shevalari bilan tirikdir. Shevaga xos so’zlar xalqning milliy urf-odat va an’analarini, udumlarini, qadriyatlarini o’zida jamlagan bo’ladi. Ularda necha ming yillik tarix va asriy orzular mujassamlashgandir. Ana shulardan kelib chiqqan holda dialektizmlar orqali so’zlovchining qaysi hududda istiqomat qilishini va qaysi millatga mansubligini bilib olish mumkindir. O‘zbek adabiy tilining boyish manbalaridan biri- sheva. Faqat maʼlum bir hudud doirasidagina qoʻllanilib, boshqa hududda yashovchi oʻzbek tili vakillari uchun xos boʻlmagan soʻzlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) soʻzlar yoki dialektizm deyiladi. ”Sheva” so’zining etimologiyasiga nazar tashlasak, fors. — harakat tarzi, tarz, usul — tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq) da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi. 165 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Sheva — bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. O’zbek shevalaribir necha olimlar tomonidan turlicha tasnif qilingan. Bu sohada professor I.I.Zarubin, E.D.Polivanov, K.K Yudaxin, G’ozi Olim, A.K.Barokov, V.V.Reshetovlarning tasnifi diqqatga sazovordir. Oʻzbek sheva va lahjalari 3 turga boʻlinadi. I.Janubiy-sharqiy guruh: qarluq-chigil-uygʻur shevalari. Bu hududlarga Toshkent, Zarafshon vodiysi va ularga yaqin shahar aholisining tili kiradi. Bu lahjada qaratqich kelishigining qo’shimchasi yo’q bo’lib uning o’rniga ham tushum kelishigi qo’shimchasi –ni ishlatiladi: ukamni daftari. Bu shevalarga eng muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar: 1.Soʻz oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: bilak-bilay, elak-elay, 2.Bu lahjaga kiruvchi shevalar uchun "o"lashish muhimdir: oka, kotta, (adabiy tilda aka, katta boʻladi). 3.Hozirgi zamon davom feʼli -vot (Toshkentda kevotti, yurvotti), -op Samarqand, Qashqadaryo, Buxoroda (kelopti, boropti) kabi qoʻshimchalar bilan hosil boʻladi. Ruscha o’zlashmalar Samarqand shahri qarluq lahjasida o’zining sinonimlariga ega emas, balki ma’lum bir aniq tushunchalarni anglatgani uchun ham faol qo’llaniladi. Samarqand shahri lahjalari 14ta leksik-semantik guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Masalan, Eee ana buvim bizni uyga kelopti. II.Janubiy-gʻarbiy guruh:oʻgʻuz lahjasi. Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Xazorasp, Qo’shko’pir va Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi. Belgilari: 1. Unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: aad (ism); 2. Qaratqich kelishigi –ning qo’shimchasi –ing tarzida, jo’nalish qo’shimchasi–ga qo’shimchasi esa –a, -na tarzida aytiladi: onamga-opama, alina(qo’liga) 3.Soʻz boshidagi t tovushi d; k tovushi g tarzida aytiladi: dil-til, galdi-keldi. 4.Oʻgʻuz lahjasida rayhon soʻzi oʻrnida nozvoy, juda oʻrnida dim, yangi oʻrnida toza soʻzlari ishlatiladi. III.Shimoliy-gʻarbiy guruh: qipchoq shevasi. Ushbu lahjaga koʻp hududlar kiradi: Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlarini misol qilib olamiz. 1.Ayrim shevalarda soʻz boshidagi y tovushi oʻrniga j aytiladi: joʻl-yoʻl, jomgʻir-yomgʻir. “Kuyov jigit bulib ketibsiz-ku, Tirkaship”, -dedi muallim kulib. L.Bo’rixon “Quyosh hali botmagan” 2.Koʻpincha soʻz oxiridagi gʻ tovushi oʻrniga v tovushi aytiladi: tov-togʻ, shov-shuv. “Bu tovlar necha kulfatlarni ko’rmagan”. L.Bo’rixon “Quyosh hali botmagan” 3.Soʻz oxirida k, q tovushlari tushiriladi: sari-sariq, kichi-kichik. 166 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlashtirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“ tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til oʻzgarib turgan). Adabiy til shevalardan muqobilini tanlab olish natijasida boyib boradi. Badiiy adabiyotda shevaga xos so’zlarning qo’llanilishi asarning ta’sirchanligini oshiradi. Xalq shevalarini bilish, dialektal leksekadan boxabar bo’lish yozuvchi va shoirlarimiz asarlari va satrlariga singdirilgan ma’noni chuqurroq anglash, asarda tasvirlanayotgan voq

Доказательный фрагмент

«This article discusses the literary language norms of the Uzbek literary language and the importance of dialectisms in its enrichment.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the literary language norms of the Uzbek literary language and the importance of dialectisms in its enrichment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dialectism, dialect, Karluk, Kipchak, Oghuz, literary language, classification, lahja, qarluq, terminologiya., tasnif, dialektizm, shevalar tizimi, adabiy til, qipchoq, o’g’uz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники