Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OYBEK MUZEYI HAQIDA
OYBEK MUZEYI HAQIDA · Boboqulova Marjona
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article provides information about the house-museum where the great Uzbek writer and public figure Musa Tashmuhammad oglu Oybek lived and worked. Keywords: Oybek, writer, house, room, museum, year. О МУЗЕЕ ОЙБЕКА Аннотация. В статье представлена информация о доме-музее, где жил и творил великий узбекский писатель и общественный деятель Муса Ташмухаммад оглы Ойбек. Ключевые слова: Ойбек, писатель, дом, комната, музей, год. Toshkentning “Ishchilar shaharchasi” deb atalgan dahalaridan birida ilm-fan va madaniyat ahli uchun, ayniqsa, tabarruk dargoh bor. Bu dargohda 1940-yildan 1968-yilga qadar, yaʼni hayotining soʻnggi daqiqalariga qadar buyuk oʻzbek adibi va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek yashab, ijod qilgan. Oybek barhayot chogʻidayoq el-yurt oʻrtasida nafaqat buyuk adib va buyuk inson sifatida mashhur boʻlgani uchun, xalqona ibora bilan aytganda, yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan toshkentliklar ham, poytaxtimizga yaqin va olis yurtlardan kelgan adabiyot muxlislari ham shu xonadonga kelib, oʻzbek adabiyotining bu porloq siymosini ziyorat qilishni oʻzlari uchun faxr deb hisoblaganlar. Moskva va Kiyev, Tbilisi va Boku, Alma-ota va Ashxobod singari shaharlardan kelgan atoqli yozuvchilar, tarjimonlar va adabiyotshunos olimlar esa bu xonadonda Oybek bilan boʻlib oʻtgan suhbatlarni hayotlarining unutilmas daqiqalari sifatida yod etib yashaganlar. Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrining Gavkush mahallasida dunyoga kelgan. Bu mahalla Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatrining binosi oʻrnida joylagan edi. Boʻlajak adib tor va ilon izi koʻrinishidagi egri-bugri mahalladagi kambagʻal bir oilada tugʻilganligi uchun taʼlim va tarbiya texnikumining yotoqxonasida yashab oʻqigan. 2 96 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oila qurganidan keyin esa Toshkentning 4 dahasida, ijara uylarda umr kechirgan. Nihoyat, 1940-yili davlat fan va madaniyat xodimlariga ham yer taqsimlab bera boshlaganida, unga-da 600 kvadrat metrli yer nasib etgan. Adibning rafiqasi Zarifaxonim qurilishning ham “arxitektor”i, ham “prorab”i, Oybekning oʻzi esa ham pul topuvchi, ham eski, qingʻir-qiyshiq mixlarga “yangi hayot” bagʻishlovchi “chilangar” sifatida ustalar bilan birga ishlab, oʻsha yilning 30-dekabrida yangi uyga kirishgan. “Bu, baxtli kunlarimizning biri edi, - deb eslagan Zarifaxonim oʻsha “tarixiy” kunni. – Uy hali bitmagan, faqat ikki xonaning ganchi, shipti, sahni tayyor edi. Boshqa xonalarni holimizga qarab, qoʻlimizga pul tushganda, taxta olib, faner olib, yarim yil davomida bitirib oldik...” Uy qad koʻtargan mashaqqatli yillarda hali hamma imoratlar qurilib, yoʻlu yoʻlaklar aniq qiyofa kasb etmagan edi. Shu tufayli koʻcha “Proyektnaya” – “Loyiha” koʻchasi deb atalgan. Hozir shu koʻchaga “1-Iftixor” nomi berilgan. Agar shu koʻcha boʻylab uch-toʻrt daqiqa yursangiz, 26-uy keladi. Katta darvozaning soʻl tarafidagi devorga buyuk oʻzbek adibi Oybekning 1940-1968-yillarda shu uyda istiqomat qilganligi haqida lavha osilgan. Oybek XX asrning 50 - 60-larga qadar Eski shahardagi bir-biri bilan tutashib ketgan uylarning loysuvoq tomlari bahor oylarida lolaqizgʻaldoqlar bilan sababli oy va yulduzlar haddan ziyod yaqin koʻrinar edi. Shunday nashʼali kunlarda yosh kelinlar ham goʻdaklarini koʻtarib, lolazor tomlarda Oy va yulduzlarga mahliyo boʻlardilar. Oyga ishqiboz boʻlgan Muso qoʻlini koʻkka choʻzib: “Oyi, oyni olib ber!” deb yalinar edi onasiga... Ana shu bolalik xotirasini unutmagan Oybek ilk sheʼrlarini yoza boshlaganida oʻziga “Oybek” degan taxallusni oladi. Hozir qanchadan-qancha goʻzal sheʼrlar, qissa va romanlar, maqola va ilmiy asarlar tepasidan ana shu munavvar taxallus bamisoli Oy singari nur sochib- taratib turadi... Oybek uy-muzeyi adib tugʻilgan kunning 75 yilligi munosabati bilan 1980-yilda barpo etilgan. Muzey ikki qismdan iborat boʻlib, 1940-1941-yillarda qurilgan 5 xonali binodan adibning hayot va ijod yoʻlini aks ettiruvchi ekspozitsiya oʻrin olgan. Hovlining shimoliy tarafidagi binoda esa memorial xonalar: mehmonxona, ijodxona (birinchi qavatda), bolalar xonasi va yotoqxona (ikkinchi qavatda) joylashgan. Ikkinchi qavatga dahlizdagi yogʻoch zinalar osha, devorlardagi A.Siglinsev ishlagan gravyuralarni tomosha qilib, chiqiladi. Tashrifchilar katta darvozadan oʻtib, ichkariga kirganlaridan soʻng, soʻl tomondagi bir zamonlar terrasa (ayvon) boʻlib xizmat qilgan xonada Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasi bilan 2 97 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tanisha boshlaydilar. 5 xonadan iborat bu qismga kiraverishda, oʻng tomonda moʻjazgina bir xona bor. Unda adibning rafiqasi, birinchi oʻzbek rassom qizi va birinchi oʻzbek kimyogar olimasi Zarifa Saidnosirova va uning otasi – mashhur maʼrifatparvar va tadbirkor Saidnosir Mirjalilovga oid eksponatlar: rasmlar, hujjatlar, buyumlar, kartinalar namoyish etilgan. Xonaning
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the house-museum where the great Uzbek writer and public figure Musa Tashmuhammad oglu Oybek lived and worked.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the house-museum where the great Uzbek writer and public figure Musa Tashmuhammad oglu Oybek lived and worked. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oybek, writer, house, room, museum, year, uy, adib, xona, yil., muzey
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026