К содержанию
РецензированоEN2026

MIRZO ULUG'BEK: MANGULIKKA DAXLDOR SIYMO

Hazratova Zebiniso Jahongir qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article briefly describes the life and political activity of Ulugbek Muhammad Taragai, a Timurid ruler who lived at the end of the 14th - 15th century, left an indelible mark as a great thinker and scientist. It should be noted that Samarkand became a center of science in the 15th-16th centuries. This article describes this issue. Key words: Samarkand, science, literature, environment, creativity, history, Mirzo Ulug'bek, "The Great Khan", Amirak Ahmad, 1410. Аннотация: В данной статье кратко описана жизнь и политическая деятельность Улугбека Мухаммада Тарагая – тимуридского правителя, жившего в конце XIV – XV века, оставившего неизгладимый след как великий мыслитель и учёный. Следует отметить, что Самарканд стал центром науки в 15-16 веках. В этой статье описана эта проблема. Ключевые слова: Самарканд, наука, литература, окружающая среда, творчество, история, Мирзо Улугбек, «Великий хан», Амирак Ахмад, 1410 год. Kirish. Mirzo Ulug‘bek – buyuk davlat arbobi, olim va astronom bo‘lib, uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat o‘z davrining eng yirik astronomik tadqiqotlarini olib borgan, balki ilmiy markazlar tashkil etib, keyingi avlod olimlariga mustahkam zamin yaratgan. Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bek faoliyati, uning ilmiy yutuqlari va ularni o‘rganishda qo‘llanilgan tadqiqot metodlari tahlil qilinadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ilmiy, madaniy sohalardagi islohotlar natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz ilmiy merosini, yaratgan ta’limotlari tadqiqiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borad Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, ularning g‘oyalarini teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz” Dunyoda globallashuv davrida inson qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan bir paytda mutafakkir allomalarining ilg‘or va bunyodkor g‘oyalarini o‘rganish, targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Sharq ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan biri Mirzo Ulug‘bekdir. U nafaqat Movarounnahrning dono hukmdori, balki ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan astronom, matematik va olim edi. Uning ilmiy faoliyati faqat Markaziy Osiyo bilan chegaralanib qolmay, balki butun jahon fani taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Mirzo Ulug‘bek o‘z hukmronligi davrida ilm-fanga katta e’tibor berib, Samarqand shahrini ilmiy markazga aylantirdi. Uning eng buyuk yutuqlaridan biri Samarqand rasadxonasi bo‘lib, bu joyda olib borilgan kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar keyingi asrlardagi astronomik 87 ishlanmalarga asos bo‘lib xizmat qildi. U tuzgan "Zij-i Ko‘ragoniy" yulduz jadvali nafaqat Sharqda, balki G‘arb olimlari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ammo Ulug‘bekning ilmga bo‘lgan yuksak qiziqishi va ilg‘or dunyoqarashi o‘sha davr siyosiy va diniy doiralarga mos kelmadi. U o‘z yaqinlarining fitnalari qurboniga aylanib, fojiaviy tarzda hayotdan ko‘z yumdi. Biroq uning ilmiy merosi asrlar osha yashab, bugungi kunda ham olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. [1]. Mirzo Ulug‘bek o‘z davri uchun misli ko‘rilmagan ilmiy yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, uning faoliyati ko‘plab qarama-qarshiliklarga duch keldi. Uning asosiy maqsadi – bilim va fanni keng yoyish bo‘lgan bo‘lsa-da, bu g‘oya ayrim diniy va siyosiy kuchlarga to‘g‘ri kelmadi. Uning Samarqand rasadxonasida amalga oshirgan ilmiy ishlari keyingi asrlarda Kopernik, Tyaxo Braxe va Kepler kabi olimlarning tadqiqotlariga poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Ulug‘bek ilmiy haqiqatga intilishning fidoyisi bo‘lib, u yaratgan yulduzlar jadvali keyinchalik Yevropada ham o‘rganilgan. Ammo uning ilmiy merosi o‘z davrida to‘g‘ri baholanmadi va u fitna qurboni bo‘ldi. Ulug‘bekning taqdiri shuni ko‘rsatadiki, ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida qanchalik fidokor bo‘lmasin, ba’zan ilmga to‘sqinlik qiluvchi kuchlar ham bo‘ladi. U o‘z farzandi tomonidan o‘ldirilgan bo‘lsa-da, uning nomi tarixda abadiy qolib ketdi. Mirzo Ulug’bek Amir Temurning kenja farzandi Shohruhning to’ng’ich o’g’li bo’lib, onasi Gavharshod og’a nufuzli qipchoq amirlaridan G’iyosiddin tarxonning qizi edi. Mirzo Ulug’bek XIV asr oxiri va XV asrda yashab ijod etgan. Bu davr nafaqat Movarounnahr, balki dunyo tarixidagi muhim bir palla edi. U Jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida, ya’ni 1394- yil 22- martda Eron Ozarbayjonining Sultoniya shahrida dunyoga keldi. O’sha kunlari Temur va uning ko’p sonli qo’shini al-Jazira (Iroq) ning Mordin qal’asini qattiq qurshovga olib turgan edi. Qal’a og’ir janglardan so’ng o’sha yilning aprelida olindi va Temur uni talon-taroj qilish, xalqni esa yoppasiga tig’dan o’tkazishni buyurdi. Lekin Sultoniyadan maxsus chopar keltirgan xushxabargina qal’ani butunlay vayron bo’lishdan, xalqni esa qirilib ketishdan asrab qoldi. Chopar keltirgan bu xushxabar sulton Shohruhning o’g’illi bo’lganligi haqidagi xabar edi. Temur bu xushxabardan behad xur

Доказательный фрагмент

«This article briefly describes the life and political activity of Ulugbek Muhammad Taragai, a Timurid ruler who lived at the end of the 14th - 15th century, left an indelible mark as a great thinker and scientist.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article briefly describes the life and political activity of Ulugbek Muhammad Taragai, a Timurid ruler who lived at the end of the 14th - 15th century, left an indelible mark as a great thinker and scientist. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Samarkand, science, literature, environment, creativity, history, Mirzo, Samarqand, 1410-yil., adabiyot, ijod, Amirak Ahmad, tarix, ilm-fan, muhit, Mirzo Ulug’bek, “Buyuk xoqon”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники