Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULHAMID MAJIDIY NOMIDAGI KATTAQO’RG’ON SHAHAR DRAMA TEATRI
Xoliqulov Rustam Sharipovich · Ahmadov Sunnatillo Akmaljon o‘g‘li · АБДУЛХАМИДА МАДЖИДИ. (КАТТАКУРГОНСКИЙ ГОРОДСКОЙ ДРАМАТИЧЕСКИЙ ТЕАТР ИМЕНИ)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the development of theatrical art after Uzbekistan gained independence, the harmony of national and modern trends, and the role of theater in spiritual and cultural development. The activities and achievements of theaters in the Samarkand region, in particular the Majidiy Kattakurgan Drama Theater, are analyzed separately. Also, the development trends of national theatrical art and the importance of international cooperation are considered using the example of Tashkent and other regional theaters. Keywords: Uzbek theater, independence, national art, international cooperation, modern technologies, Samarkand regional theaters, Kattakurgan City Drama Theater. O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, mamlakatning madaniy hayotida, jumladan, teatr san’atida ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Bu davr teatr san’atining qayta tiklanishi, milliy o’zlikni anglash, jahon madaniyatiga integratsiya va yangi ijodiy izlanishlar bilan xarakterlanadi. Teatr sanʼatini rivojlantirishga davlat siyosati katta taʼsir ko’rsatdi. 1996-yilda qabul qilingan “Milliy teatr va kino sanʼatini rivojlantirish davlat dasturi”1 sohani rivojlantirish uchun muhim asos bo’ldi. Ushbu dastur asosida teatrlar moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, yangi sahna texnologiyalarini joriy etish va ijodiy kadrlarni tayyorlash bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2017-yilda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi qaror”2esa teatr sanʼatining xalqaro maydonga chiqishida muhim rol o’ynadi. O’zaro xalqaro hamkorlik O’zbekiston teatrining yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Toshkentdagi Milliy drama teatri ijodiy jamoasi Yevropa va Osiyoda o’tkazilgan xalqaro festivallarda qatnashib, o’zbek teatr sanʼatini xalqaro miqyosda targ’ib etdi. Samarqand shahridagi musiqali drama teatri ijodkorlari esa 2018-yil 20–30-aprel kunlari Turkiyaning Konya shahrida, 2022-yil oktyabrda Qozog’istonda, Qirg’iziston va Rossiyada o’tkazilgan madaniy tadbirlarda o’z spektakllarini namoyish etib, xalqaro tanlovlarda sovrinli o’rinlarni egalladi. O’zbekiston teatri XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa-da, uning haqiqiy milliy qiyofasi mustaqillik yillarida namoyon bo’ldi. O’zbekiston respublikasi o’z mustaqillgini qo’lga kiritgandan boshlab, teatrlar repertuarida milliy mavzularning chuqur aks etishi, klassik asarlarning zamonaviy talqinlari va yangi sahna asarlarini yaratishga katta eʼtibor qaratildi. 11https://lex.uz/docs/PF-1427-сон 29.04.1996. “O'zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to’g’risida”. 2O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida” qarori, 2017-yil 16.10 PQ-3325-son. 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Teatr faqatgina ko’ngilochar muassasa sifatida emas, balki xalqning maʼnaviy kamoloti va madaniy o’zlikni mustahkamlovchi muhim institutga aylandi.Teatrlarimizda zamonaviy mavzuda spektakl yaratish bilan birga yurtimizda o’tgan buyuk tarixiy shaxslar, qatagʻon qurbonlarining badiiy timsolini yaratishga alohida eʼtibor kuchaytirdi. Natijada U.Azimovning Choʻlpon hayotidan hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ nomli pyesasi tomoshabinlarga taqdim etildi. Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida yillar davomida ijro etilgan spektakllardan: „Jar“, „Xotinlar gapidan chiqqan hangoma“, „Sabʼai sayyor“, „Alisher Navoiy“, „Abulfayzxon“, „Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Qalliq oʻyin“, „Mashrab“, „Muhabbat sultoni“, „Daraxtlar tik turib jon beradi“, „Hamlet“, „Qirol Lir“, „Yetti faryod“ va boshqalar soʻnggi yillar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. Mustaqillikning ilk yillarida ro’y bergan iqtisodiy qiyinchiliklar madaniyat sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Teatrlar moliyaviy muammolarga duch keldi, repertuarni yangilash, yangi sahna asarlarini yaratish masalalari dolzarb bo’lib qoldi. Shunga qaramay, bu davrda teatr jamoalari o’z ijodiy salohiyatini saqlab qolishga, tomoshabinlar bilan aloqani mustahkamlashga intildi. Milliy o’zlikni anglash va milliy dramaturgiyaning rivojlanishi Mustaqillik yillari o’zbek teatri uchun milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni targ’ib etish davri bo’ldi. Bu davrda milliy dramaturgiya rivojlandi, o’zbek adiblarining asarlari sahnalashtirildi. Xususan, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi jadid adiblarining asarlari qayta tiklanib, sahna yuzini ko’rdi. Bu esa tomoshabinlarda milliy g’urur tuyg’usini oshirishga, o’zbek madaniyatiga bo’lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi. Xususan hududiy teatrlardan bo’lgan Samarqand viloyati teatrlarining rivoji eʼtiborga loyiqdir. Samarqand musiqali drama teatri milliy va zamonaviy asarlarni uyg’unlashtirish orqali nafaqat viloyatda, balki butun respublika miqyosida o’ziga xos ijodiy o’rinni egalladi. Teatr sahnasida sahnalashtirilgan “O’tkan kunlar” spektakli milliy teatr sanʼatining yu
Доказательный фрагмент
«This article examines the development of theatrical art after Uzbekistan gained independence, the harmony of national and modern trends, and the role of theater in spiritual and cultural development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the development of theatrical art after Uzbekistan gained independence, the harmony of national and modern trends, and the role of theater in spiritual and cultural development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek theater, independence, national art, international cooperation, modern, O’zbek teatr san’ati, xalqaro hamkorlik, Kattaqo’rg’on shahar drama teatri., Samarqand viloyati teatrlari, milliy sanʼat, mustaqillik, zamonaviy texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026