К содержанию
РецензированоUZ2026

QADIMGI HOVUZ BO‘YIDAGI MAJMUA XO‘JA-ZAYNIDDIN INSHOATI

Insights Across the · Shavkatov Shahzod

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026

Аннотация

This article studies the Khoja-Zayniddin complex, one of the most important architectural monuments of Central Asia. It provides information about its history, architectural features, and socio-cultural significance. It also analyzes the role of this complex in modern tourism and the preservation of cultural heritage. Keywords: Khoja-Zayniddin, Central Asian architecture, historical monument, cultural heritage, shrine, pool, tourism. Qadimiy Buxoroning durdonalari juda ko‘p bu durdonalardan biri Xo‘ja Zayniddin jome masjidi bo‘lib u eski mahallaning Xo‘ja Zayniddin ko‘chasida 68 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 3 Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo‘yida joylashgan. Xoʻja Zayniddin majmuasi XVI-asr birinchi yarmi Buxoro xonligining Shayboniylar sulolasi davrida Buxoro qozikaloni lavozimida boʻlgan Xoʻja Zayniddin tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy sharafiga usta Mir Doʻstumbiy tomonidan qurilgan. Mazkur majmua ham xonaqoh ham masjid vazifasini bajargan. Inshoot koʻp xonali va gumbazli boʻlgan, oʻrtada hovuz mavjud. Xonaqo-masjid ayvonli, ustunlardan iborat boʻlib, gumbazli xona qismi naqshlar bilan bezatilgan. Masjid- xonaqoda tahoratxona va Hoji Rahmatulla hujralari ham mavjud. Majmua hovuzi katta burchakli, toshlardan koʻtarilgan. Hovuz XVI asrning birinchi yarmida bunyod etilgan bo‘lib Buxoro amiri Amir Olimxon tashabbusi bilan 1913-yilda majmuaning hovuzida taʼmirlash ishlari olib borilib, huvuzning janubi- sharqida „obpartar“ marmardan yasalgan yangi moslama bilan almashtirilgan. U ajdarhoning ochiq ogʻizi uslubida bezatilgan. Quldurum naqshli bezaklar bilan bezatilgan. Xoʻja Zayniddin majmuasida 1970-1975-yillarda taʼmirlash ishlari olib borilgan boʻlib, hozirda yaxshi saqlangan. Xoʻja Zayniddin masjid xonaqohi gʻarbiy devorida joylashgan mehrob ichi ganchkor naqshlar bilan bezatilgan. Masjid-xonaqoh ustunlari yaxshi saqlangan. Hozirgi kunda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasining “Hujjatlar fondi” foto kolleksiyasida Xoʻja Zayniddin majmuasi foto suratlari mavjud jumladan 1973-yilda muzey fondi ekspanatlar qatoridan joy olgan “Orde” kolleksiyasida 853 f/f invertar raqamli foto surat saqlanadi (1-rasm). 1-rasm 2-rasm 69 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 3 3-rasm “Rempel” kolleksiyasi o‘rin olgan 8090/12 f/f invertar raqamli foto surat 1939-yilda rasmga tushirilgan bo‘lib Rempelning qolgan foto suratlari bilan birga 1946-yilda muzey foto suratlari qatoridan joy olgan (2-rasm). Hujjatlar fondi foto kolleksiyasiga 1958-yilda Y.A.Polyakova tomonidan rasmga olingan 1025 f/f raqmli foto surat S.N.Yurenevning vasiyatiga ko‘ra 1973-yil uning barcha kolleksiyasi muzeyga fondiga qabul qilinadi (3-sarm). Benkov Pavel Petrovich. Mashhur rassom P.Benkov, 1879-yilda Rossiyaning Qozon shahrida tug‘ilgan. 1985-1901-yillar Qozon rassomlik maktabida, 1901-1906- yillar Sank Peterburg Badiiy Akademiyasida, keyinchalik esa Fransiyaning Parij shahridagi “Julyen” nomli Akademiyasida tahsil olgan. 1928-yillarda O‘zbekistonga kelgan rassom dastlab Buxoro shahrida yashab, ijod qilgan. U 1928-1940 yillarda O‘zbekiston tasviriy san’atida o‘z o‘rnini topdi. Rassom O‘zbekiston o‘tmishi va o‘sha davrning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan asarlar yaratgan. P.Benkov o‘zining tarixiy asarlarida maishiy va portret janrlarida o‘zbek xalqining turmush tarzi va an’analarini real voqeyliklar asosida aks ettirib, shuningdek tabiat manzaralarini yaratishda ham sermahsul ijod qilgan. Buxoroning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy, milliy an’analari, quyoshli o‘lkaning betakror go‘zalligi rassomning yetuk ijodkor bo‘lib yetishishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Uning asarlarida asosan Buxoroning qadimiy ko‘chalari, tarixiy yodgorliklari aks ettirilgan. Labi-Hovuz majmuasi, Xo‘ja-Zayniddin masjidi asarlarida hayotning 70 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 3 boqiyligi va ayni paytda davrning o‘zgaruvchanligi impressionistik uslubda yorqin ranglar jilosi orqali aks ettirilganligining guvohi bo‘lamiz. Hozirda, Buxoro Tasviriy san’at muzeyi ko‘rgazma zallida P.Benkovning ikki durdona asari “Kuzgi uzumzor hamda Xo‘ja Zayniddin hovuzidagi uzumzor” ko‘rgazmada o‘z o‘rniga ega bebaho asarlardan hisoblanadi. Ushbu asarlarda, Pavel Petrovich Benkovni serquyosh o‘lkaning nafaqat issiq, rangbarang tabiatini, balki uning qadimiy tarixi, xar bir arxetektura yodgorliklari hashamatli minora-gumbazlari, masjid, madrasalari, insonlarining qiyofasi, kiyimlari... tor ko‘chalari, ulardagi shinamgina uylar va ayniqsa ichkaridagi xovlilarning ko‘rinishlari judayam qiziqtirgan. Shuning uchunmi musavvirning "Kuzgi uzumzor" asaridagi Buxoroning ichkari hovlilari tasviri o‘ta mohirona ishlangan. Hovlilarning ko‘rkamligi, kulrang devorlari, kuz faslidagi tillorang sariq, qizil-sarg’ish tok barglarining quyosh nuridagi jilosi kuchli bir xissiyot bilan tasvirlangan. Asarni uzoq kuzatar ekansiz, g

Доказательный фрагмент

«This article studies the Khoja-Zayniddin complex, one of the most important architectural monuments of Central Asia.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article studies the Khoja-Zayniddin complex, one of the most important architectural monuments of Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khoja-Zayniddin, Central Asian architecture, historical monument, Xo‘ja-Zayniddin, turizm., ziyoratgoh, tarixiy yodgorlik, O‘rta Osiyo me’morchiligi, madaniy meros, hovuz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники