Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMIDA LOYIHALASHGAN TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI · Malikova Dilrabo Ravshan qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limini PBL usuli asosida loyihalashning nazariy asoslari va imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqolaning maqsadi – PBL usulini ona tili ta’limiga integratsiya qilishning ilmiy asoslarini aniqlash va uning o‘quv jarayonidagi samaradorligini ko‘rsatishdir. Kalit so‘zlar: loyiha asosidagi ta’lim (PBL),pedagogik loyihlash,lingvistik kompetensiya ,kognitiv rivojlanish. Theoretical Foundations of Project-Based Learning in Primary School Mother Tongue Education ANNOTATION This article is dedicated to studying the theoretical foundations and possibilities of designing mother tongue education in primary schools based on the PBL method. The aim of the article is to determine the scientific foundations of integrating the PBL method into mother tongue education and to demonstrate its effectiveness in the learning process. Keywords: Project-Based Learning (PBL), pedagogical design, linguistic competence, cognitive development. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida o`quvchilarning mustaqil fikrlash,nutq va taffakurini rivojlantirish orqali ijtimoiy faol shaxsga aylantirish asosiy maqsadlardan biri hisoblandi.Shu o‘rinda,boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning asosiy birligi hisoblanadi.Ta’lim tizimini bugungi kunda samarali 177 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 tashkil etishning metod va metodikalari zamon bilan hamnafas rivojlanib bormoqda misol tariqasida loyihlashgan ta’limni keltirishimiz mumkin. Boshlang‘ich ta’lim tizimida ona tili ta’limi o‘quvchilarning til bilimi, nutqiy faoliyati va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi. Zamonaviy ta’limda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun loyihalash usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Loyihalash – bu o‘qituvchilarning ta’lim maqsadlarini aniq belgilash, o‘quv materiallarini tizimlashtirish va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish orqali dars jarayonini rejalashtirish usulidir. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini loyihalash o‘quvchilarning til bilimiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyihaviy ta’lim – ta’lim modeli bo‘lib, unda o‘qituvchi tomonidan loyihalash ko‘rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot)ga erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o‘quv faoliyati tashkil etiladi1. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda asosiy poydevor hisoblanadi. Zamonaviy ta’limda loyiha asosidagi ta’lim (PBL – Project-Based Learning) usuli o‘quvchilarni faol ishtirokchilarga aylantirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida tan olinmoqda. Loyiha asosidagi ta’limning nazariy asoslari 20-asr boshlarida Jon Dyui (John Dewey) tomonidan ishlab chiqilgan tajriba orqali o‘qitish g‘oyasiga borib taqaladi. Dyui ta’lim jarayonini real hayot bilan bog‘lash muhimligini ta’kidlab, shunday degan: “Ta’lim hayotga tayyorgarlik emas, balki hayotning o‘zidir”2. Bu tamoyil PBLning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarda faol ishtirok etishga undash bilan chambarchas bog‘liqdir. Lev Vygotskiy ta’limning ijtimoiy jarayon ekanligini ta’kidlab, quyidagicha yozgan: “Til fikrlashning asosiy vositasidir”. PBL usulida guruh loyihalari orqali o‘quvchilar bir-biri bilan muloqot qiladi, bu esa ularning lingvistik va kognitiv rivojlanishiga yordam beradi. Vygotskiyning bu nazariyasi ona tili ta’limida PBLning muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi. 1 Umida SHavqi qizi Tog‘ayeva “Ona tili o’qitish metodikasi modulini takomillashtirishda loyihaviy ta’limdan foydalanish” Scientific progress. 2021 2 Dewey, J. (1938). “Experience and Education”. New York: Macmillan. 178 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Jan Piaje esa 7-11 yoshdagi bolalarning konkret operatsion bosqichda ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar mavhum tushunchalarni emas, balki amaliy va ko‘zga ko‘rinadigan faoliyatlarni yaxshi o‘zlashtiradi. PBLning loyiha faoliyatlari aynan shu yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishiga mos keladi, chunki ular real vaziyatlarga asoslangan muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini loyihalash o‘quv jarayonini tizimli rejalashtirish va tashkil etishga asoslanadi. Bu jarayon o‘qituvchidan til bilimi bo‘yicha bilimlarni o‘quvchilarga samarali yetkazish, ularning nutqiy va yozma faoliyatlarini rivojlantirish uchun aniq maqsadlar qo‘yishni talab qiladi. Loyihalashning nazariy asoslari quyidagi elementlarga tayandi: - Pedagogik maqsadlar: Ona tili ta’limida o‘quvchilarning til bilimi, o‘qish, yozish va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limini PBL usuli asosida loyihalashning nazariy asoslari va imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limini PBL usuli asosida loyihalashning nazariy asoslari va imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Project-Based Learning (PBL), pedagogical design, linguistic competence, lingvistik kompetensiya, kognitiv rivojlanish., pedagogik loyihlash, loyiha asosidagi ta’lim (PBL)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945