К содержанию
РецензированоUZ2024

XX ASRNING SO‘NGI CHORAGI DRAMALARINING YANGI TALQINI

Komilova Shaxnoza Turabudinovna

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir. Ushbu maqolada xitoy adabiyotining XX asr so‘ngi choragi rivojlangan postmodernizm ( 后 现 代 主 义 ), hamda bu davrda yaratilgan dramaturglar asarlari xususida ma'lumotlar keltirilgan. Postmodernizm bilan taqqoslaganda, klassikadan modernizmgacha bo‘lgan uch xil yo‘nalishning bir biriga yaqin jihati ham bor, ya'ni ularning barchasi estetik izchillikka intiladi yoki anchagina sof estetik zavq berish xususiyatiga ega. Kalit so‘zlar: “postmodernizm” (“ 后 现 代 主 义 ), (“ 现 代 ”), “realizm” , “modernizm”, “zamonaviy”, “eksperimental drama” A new interpretation of the dramas of the last quarter of the 20th century Annotation. The field of dramaturgy is from Complex fields, and apart from the three stages of classical, modern and, in general, postmodern, modernism and realism also have their place in this direction. This article covers the postmodernism(后现代主义) of Chinese literature that developed in the 90s of the 20th century, as well as the works of playwrights created during this period. Compared to postmodernism, there is also an aspect close to one of the three different directions, from classical to modernism, that is, they all strive for aesthetic consistency or have the characteristic of giving a lot of pure aesthetic pleasure. Key words: "postmodernism" ("hòuxiàndàizhǔyì"), ("xiàndài"), "realism", "modernism", "modern", "experimental drama" 100 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Postmodernistik drama 1990-yillarda Xitoy dramasi sahnasida juda katta obro‘- e’tibor qozondi. Shu bilan bir qatorda dramaturgiya doiralarida postmodern dramalarning paydo bo‘lishining ham sabablari ko‘p edi. Shubhasizki, “postmodernizm” (“后现代主 义 hòuxiàndài zhǔyì”) – so‘zi asli lotin tilidan tarjima qilingan, lekin bu umumiy tushuncha bo‘lib, uning asl kelib chiqish joyini aniq aytish qiyin. Tarixda “Zamonaviy” (“现代”) so‘zining ma’nosi XVIII asr o‘rtalarida Fransiyada shakllangan deb hisoblasak bo‘ladi, biroq teatrga birmuncha kechroq kirib keldi, XIX asrga kelibgina Shimoliy Yevropalik Ibsen, Setrinlimburgga qadar ular zamonaviy dramalar deb hisoblangan, ularda o‘rta sinf vakillarining ijtimoiy muammoli dramalarini yozish boshlangan. Bundan tashqari, “realizm” ham, “modernizm” ham “zamonaviy” sanoat mahsuli bo‘lib, ular 1960-1970-yillarda boshlangan “postmodern” dramadan farq qiladi. 1 Shuni tushunish kerakki, dramaturglarning shaxsiyatiga alohida e’tibor berish bilan bir qatorda, modernizmning turli g‘oyalari noan’anaviy bo‘lgani uchun doimiy ravishda turli xil bannerlar ostida raqobatlashmoqda va hatto bir necha yil ichida Grotovskiyning "Qashshoqlik dramasi", "Pan-drama", "Parallel" (“貧困戲劇”、“泛戲劇”、“平行戲劇 ”) va boshqa shu kabi asar nomlarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir. Postmodernizm bilan taqqoslaganda, klassikadan modernizmgacha bo‘lgan uch xil yo‘nalishning bir biriga yaqin jihati ham bor, ya’ni ularning barchasi estetik izchillikka intiladi yoki anchagina sof estetik zavq berish xususiyatiga ega. Bu, ayniqsa, Metrlinkning “Ko‘rlar” (特林克的“盲人们”), Bekketning “Godoni kutish” (贝 克特的 “等待戈多”) va Grotovskiyning “Qashshoqlik” (还有格洛托夫斯基的贫困戏 剧) kabi dramalarida modernizm ruhi juda keskin tasvirlangan bo‘lib, ularning barchasi badiiy mavhumlik va minimalizm bilan bir qatorda, barcha o‘tkinchi hoy - havas, narsalardan voz kechish va diqqatni kuchli jamlash haqida bir necha bor ta’kidlangan.2 1 中国现代文学史 1917—2010(精编版)/朱栋霖主编.北京:北京大学, 2011 . 2 話劇:表演藝術. 胡星亮,文學博士,安徽大學特聘教授、博士生導師。 101 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Albatta, bundan ham muhimi, bu postmodern dramaning an’analarga qarshi isyon ko‘tarishi, uni buzib tashlash xususiyati borligida edi. Yangi avlod xitoy dramaturglarining isyonkor, eksperimental, innovatsion va postmodern dramasi o‘z kuzatuvchilarini jalb qiladi. Ularning izlanishlari “eksperimental drama” deb ataladi. Bu davrning ko‘zga ko‘ringan dramaturglaridan biri Meng Jinghui shunday dedi: Men Jingxui shunday dedi: “Menimcha, bu tushuncha bizning hozirgi istaklarimizni yanada mosroq aks ettiradi, demak, biz nafaqat sizdan farq qilamiz, biz yaratgan dramalar sizning mumtoz dramalaringizdan farq qiladi, biz o‘zimizning maxsus kuchli dramalarimizni yaratmoqchimiz.”3 Ana shu noan’anaviy ruhiyat ularni o‘sha paytdagi dramaturgiyasining holatidan norozi ekanligini, “o‘zlarining ayniqsa kuchli dramaturgiyasini” yaratish, eksperimentlarini o‘tkazishni xohlayotganliklarini ochiq da’vo qilishiga sabab bo‘ldi. An’anaviy dramalarga qarshi chiqish va yangilarini yaratish xitoylik postmodern dramaturglarning shioriga aylandi. Natijada, 1990-yillarda Xitoy teatr sahnasi

Доказательный фрагмент

«Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"postmodernism" ("hòuxiàndàizhǔyì"), ("xiàndài"), "realism", (“ 现代”), “eksperimental drama”, “modernizm”, “postmodernizm” (“ 后 现代主义), “zamonaviy”, “realizm”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники