Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TURK TILIDAGI SAYLOVGA OID SOF TURKCHA SO‘ZLAR
Zoxidov Boxodir
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена словам, связанным с выборами, которые рассматриваются как основа демократии и опора Республики, являющейся неотъемлемой частью Турецкой Республики. В качестве объекта исследования был определен анализ слов, связанных с выборами, заимствованных из иностранных языков в турецком языке. Ключевые слова: Термин, выборы, чисто турецкие слова, термины, связанные с выборами. Annotation. This article is devoted to elections and election-related words, which are considered an integral part of the Republic of Turkey, the foundation of democracy and the pillar of the Republic. The object of the research was determined as the analysis of election- related words adopted from foreign languages in the Turkish language. Keywords: Term, election, pure turkish words, election-related terms Kirish. Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda. Saylov terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning inson aqliy faoliyati va tajribalarining konseptual bosqichlari orqali namoyon bo‘lishida kuzatiladi. Mazkur terminologik tizimda saylov tizimidagi bugungi kunda funksional jihatdan yetakchi terminlar vazifasini bajarayotgan terminlar o‘z ifodasini topadi. Keng ma’noda saylov bir nechta variant o‘rtasida qilingan tanlovni anglatadi. Kundalik hayotimizdagi ko‘plab qarorlarimiz va xatti-harakatlarimiz doimo qiladigan tanlovlarimiz natijasidir. Biroq, ushbu bayonotda ham qo‘llaniladigan konstitutsiyaviy huquq va siyosatshunoslik atamasi sifatida saylov torroq ma’noga ega: tegishli saylovchilar tomonidan davlat lavozimini bajaradigan shaxs yoki boshqaruv kengashini belgilash, ko‘p sonli nomzodlar orasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan parlament va mahalliy hukumatlar kabi turli davlat idoralaridagi saylovlar nazarda tutilgan. Maqsad va vazifalar: Mazkur tadqiqot ishining maqsadi, kelib chiqishi sof turkcha bo‘lgan saylovga oid terminlarni aniqlash va tahlil qilish. Ishning vazifalari quyidagilar: - Turk tilidagi saylovga oid teminlarni aniqlash; - Kelib chiqishi sof turkcha bo‘lgan saylovga oid terminlarni aniqlash; Usul: Turk tilidagi saylovga oid terminlarni aniqlash uchun tahlil qilish uslidan foydalanildi. 51 ` Tadqiqot manbasi: Erdoğan Günalning, “Türkiye’de Seçim Sistemlerinin Siyasal Kurumlar Üzerindeki Etkileri” nomli asari hisoblanadi. Tadqiqot obyekti: Tadqiqot obyekti turk tilidagi sof turkiy bo‘lgan saylovga oid terminlarning tahlili va shu terminlarning etimologik tahlili etib belgilandi. Natija va mulohazalar: Turkiyada saylovlar demokratik tuzumning ajralmas qismi sifatida mamlakatning siyosiy kelajagini shakllantiruvchi muhim jarayon hisoblanadi. Saylovlarning ahamiyatini quyidagi jihatlardan baholash mumkin: Saylovlar xalqning davlat ishlariga aralashish va o‘z irodasini bevosita amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan eng muhim maydon hisoblanadi. Fuqarolar o‘z ovozlari bilan mamlakatni boshqaruvchi vakillarni belgilab, shunday qilib, xalq hokimiyati degan demokratik tizimning asosiy tamoyilini amalga oshiradilar. Turkiyada saylovlar ham ichki siyosat, ham tashqi siyosat uchun muhim oqibatlarga olib keladi. Saylov natijasida hokimiyatga kelgan partiya yoki koalitsiya hukumati mamlakatning ichki va tashqi siyosatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu holat Turkiyaning mintaqaviy va global siyosatdagi o‘rnini ham ta’sir qilishi mumkin." Seçmen-saylovchi Saylovlarda saylov huquqiga ega insonlarga “seçmen” deyiladi. Turk tilidagi seç- fe’liga +man qo‘shimchasi orqali hosil bo‘lgan. Seçmen so‘zi tarihda ilk manba sifatida TDK, turkcha lug‘at, 1. nashr (1945) ko‘rsatishimiz mumkun. Seçim-Saylov Turk tilidagi seç- fe'liga +im qo‘shimchasi qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan. Mamlakatda prezident, parlamentar va shunga o‘xshagan oldindan belgilangan nomzodlar orasidan davlat arboblari yoki mahalliy boshqaruvchilarni tanlash bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha ishlar va tartib-qoidalarga aytiladi. 1. Seçim bölgesi-saylov uchastkasi Seçim bölgesi bu nomzodlarni saylash uchun saylov o‘tkaziladigan yer. 2. Seçim çevresi-saylov okrugi Oliy saylov komissiyasining (Yüksek seçim kurulu) 2011-yil 26-fevraldagi qaroriga ko‘ra, deputatlar soni 18 nafargacha bo‘lgan viloyatlar saylov okrugi hisoblanadi. 19 dan 35 gacha deputati bo‘lgan viloyatlar ikkita saylov okrugiga, 36 va undan ortiq saylov okrugi bo‘lgan viloyatlar esa uchta saylov okrugiga bo‘lingan. Bu saylov okruglari raqamlar tartibida nomlanadi. 1. Seçim kampanyasi-Saylovoldi tashviqoti Saylovoldi tashviqoti– bu partiyalar yoki nomzodlar o‘zlarini jamoatchilikka tanishtirish, saylovchilar e’tiborini umumiy siyosiy jarayonga, xususan, o‘z tomoniga tortish uchun foydalanadigan siyosiy muloqot jarayonidir. Hozirgi kunda yig‘ilishlar, mitinglar, jamoatchilik bilan al
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена словам, связанным с выборами, которые рассматриваются как основа демократии и опора Республики, являющейся неотъемлемой частью Турецкой Республики.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена словам, связанным с выборами, которые рассматриваются как основа демократии и опора Республики, являющейся неотъемлемой частью Турецкой Республики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Term, election, pure turkish words, election-related terms, saylov, saylovga oid terminlar, sof turkiy so’zlar, Termin
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Международный журнал искусственного интеллектаMamayusupova S.M., Senior Lecturer +12025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020