Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLARARO RAQOBATNING PAYDO BO‘LISH TARIXI VA NAZARIY YONDASHUVLAR
NEW RENAISSANCE · Jumayeva Z.Q. · Nurmatova F.Sh.
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada banklararo raqobatning paydo bo'lish tarixi, uning evolyusiyasi va nazariy yondashuvlari tahlil qilingan. Bank tizimida raqobatning rivojlanishi, bank xizmatlari sifatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o`sishga ijobiy ta’sir ko`satishi ta’kidlangan. Kalit sozlar: bank, banklararo raqobat, tijorat banklari, moliyaviy barkarorlik, bank tizimi, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy xizmatlar. Banklararo raqobatning paydo bo`lishi va evolyusiyasiga nazar tashlaydigan bo`lsak, banklararo raqobat muhitining takomillashib borishi jarayonida bank xizmati turlari sonining va mavjud xizmatlar sifatining oshib borganligining guvoxi bulamiz. Chunonchi, ko`pchilik mutaxassislarning fikriga ko`ra, tijorat banklari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi tufayli emas, balki pul muomalasini tartibga solish va kredit operatsiyalarini rivojlantirishning zarurligi munosabati bilan paydo bo`lgan. Dastlabki banklar kapitalizmning manufaktura bosqichida bank uylari shaklida paydo bo`ldi va ular sudxo`rlardan farqli ravishda, sanoat va savdo kapitalistlariga nisbatan past foizlarda kredit bera boshladilar1. Dastlabki bankirlar, banklardagi harakatsiz turgan yirik mablaglarni xo`jalik sub’ektlariga vaqtinchalik foydalanishga berish yo‘li bilan katta miqdorda daromad olish mumkinligini tushunib yetdilar. Natijada tijorat banklarida kredit operatsiyalari yuzaga keldi. Kredit operatsiyalarining rivojlanishi, o‘z navbatida, banklar depozit operatsiyasining rivojlanishiga olib keldi. Banklararo raqobat rivojlanmagan dastlabki paytlarda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning faqat bitta shakli mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa, mijozni bir marotabalik kreditlash shakli edi. Asta- sekin banklararo raqobat kuchayib, mijozlarda uzlari uchun qulay shakllarda kredit olish istagi paydo buldi. 1 Трахтенберг И.А. Современный кредит и его организация. Москва, 1931. —С.191. 361 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Va nihoyat, tijorat bank ishi rivojlanishining hozirgi zamonaviy bosqichida har biri mijoz uchun o‘ziga xos qulayliklarga ega bo`lgan bir nechta kreditlash shakli yuzaga keldi. Bank faoliyatida raqobatni rivojlanishi yuqori darajadagi ko‘rsatkich hisoblandi. Banklararo raqobat juda ko‘p omillarga bogliq bo‘lib, boshda bozorlardagi raqobatni shakllantirishdan tubdan farq qiladi hamda ehtiyotkorlik bilan munosabada bulishni talab qiladi. Banklararo raqobat haqidagi nazariy qarashlarning evolyutsiyasi bank tizimida raqobatning rolini va ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Asli Demirguc-Kunt va Harry Huizinga (2004) o‘zlarining "Bozor intizomi va depozitlarni sug‘urtalash" nomli maqolalarida banklararo raqobatni tadqiq qilishadi. Bu ishda ular ikki omil – davlat tomonidan omonatlarni sug‘urtalash tizimi va banklararo raqobatning o‘zaro ta’sirini tahlil qilishgan. Ular banklararo raqobat bozor intizomini oshirishi va bank tizimi risklarini kamaytirishi mumkin degan xulosaga kelishadi. Banklar o‘rtasidagi yuqori darajadagi raqobat resurslarni yanada ehtiyotkorlik bilan boshqarishga va ishonchli bank amaliyotlari o‘tkazishga undaydi, chunki banklar mijozlar ishonchi va o‘z biznesining barqarorligi uchun raqobatlashishi kerak2 deb ta’kidlashadi. Xavier Vives (2016) “banklararo raqobat bank tizimining samaradorligiga hissa qo‘shishini va monopollashish darajasini pasaytirishi, innovasiyalar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishini ta’kidlaydi3. Bu ikkala yondashuv ham banklararo raqobat, moliyaviy barqarorlik va bank tizimining samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Ularda bank sohasida raqobatning ahamiyati va uning bank tizimining samaradorligi hamda barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Xavier Vives (2016) shuningdek, bozor konsentrasiyasi va uning banklararo raqobat va barqarorlikka ta’siri bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. U raqobatning bozor tuzilishi va bank faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan turli mexanizmlarni muhokama qiladi. U raqobat va barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash uchun samarali tartibga solish zarurligi haqidagi g‘oyalarni ilgari suradi. Fikrimizcha, Xavier Vivesning (2016) raqobat va barqarorlik o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratishi bank sektorida samarali boshqaruv siyosatini shakllantirish va nazorat qilishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi bilan izohlanadi. 2 Asli Demirguc-Kunt and Harry Huizinga. (2004) Market discipline and deposit insurance. Journal of Monetary Economics, vol. 51, issue 2, 375-399 3 Xavier Vives. (2016) Competition and Stability in Banking: The Role of Regulation and Competition Policy. Published by: Princeton University Press. Pages: 344. 362 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 O‘zbekistonlik iqtisodchi olim Mirzaev (2009) “banklararo raqobat deb, odatda, tijorat banklari o‘rtasida resurslar jalb qilish va mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada banklararo raqobatning paydo bo'lish tarixi, uning evolyusiyasi va nazariy yondashuvlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada banklararo raqobatning paydo bo'lish tarixi, uning evolyusiyasi va nazariy yondashuvlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bank, banklararo raqobat, bank tizimi, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy xizmatlar., moliyaviy barkarorlik, tijorat banklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026