К содержанию
РецензированоUZ2025

TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASASI BITIRUVCHILARINING IXTISOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA INTERAKTIV VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Yo‘ldoshev Mirzobek Nurilloyevich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish uchun interaktiv va innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va pedagogic yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: interaktiv ta’lim, innovatsion yondashuvlar, muhandislik ta’limi, texnik kompetensiya, amaliy kompetensiya, virtual laboratoriyalar, raqamli texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish. Zamonaviy texnika oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida ixtisoslik fanlarini o‘qitishda interaktiv va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada muhandislik ta’limida zamonaviy texnologiyalar, interaktiv metodlar va innovatsion pedagogik yondashuvlar orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, loyiha asosida o‘qitish, masofaviy va raqamli ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunga kelib, “Innovatsiya” so‘zi yurtimizning har bir sohasida qo‘llanilmoqda, innovatsiya atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, yangilik degan ma’noni anglatadi. Demak yangilangan ta’lim tizimi hozirgi zamon yoshlarini salohiyatini yuksaltira oladigan, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi standartlariga javob bera oladigan bo‘lishi lozim. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bu jarayon ta’lim sifatini oshiradi. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqotni qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, talabani e’tiborini darsga qaratishiga xizmat qiladi. Chunki bugungi axborot texnalogiyasi davrida yoshlarning turli gadjetlarga qiziqishi yuqori, internet tarmoqlari orqali katta ma’lumotlar oqimiga ega. Bunday holat yaxshi albatta lekin, bu manbaalar manfaatli bo‘lishi bilan birga ba’zan zararli bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. Shunung uchun ham bugungi davr yoshlarini ravon fikrlay oladigan komil shaxs qilib yetishtirish ustuvor vazifa etib belgilangan[1]. Hozirgi kunda interfaol o‘qitishning ko‘plab turlari mavjud. Zamonviy innovatsion o‘qitishgadarslarda interfaol usullardan foydalanishni misol qilish mumkin. Innavatsion o‘qitish nafaqat eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, balki talim-tarbiya usuli hamdir. Bunda ta’lim beruvchi va oluvchi o‘rtasida muloqotni qizg‘in bo‘lishi yoki o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashina olishlari rivojlanadi. Ayniqsa texnika fanlarini o‘qitish, jihozlarning ishlash jarayonini bevosita ko‘rish, jarayonda qatnashish bu o‘quvchining tasavvurini oshiradi. Interfaol o‘qitish usullariga misollar: Faol ta'lim: Sinfda faol o‘rganish strategiyalarini kiritish o‘quvchilarni jalb qilishi va mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Faol ta'lim usullarining ayrim misollari guruh muhokamasi, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha asosida o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Differentsial ta'lim: Talabalar turli darajadagibilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Differentsiallashtirilgan ta’lim strategiyalaridan foydalangan holda, o‘qituvchilar har bir 227 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi talabaning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun o‘qitishni moslashtirishi mumkin. Bu o‘quv materiallarini moslashtirish yoki kontentni etkazib berish tezligini o‘z ichiga olishi mumkin. Texnologiya integratsiyasi: Texnologiya integratsiyasidan turli yo‘llar bilan foyda olishlari mumkin, masalan, tadqiqot uchun onlayn resurslardan foydalanish yoki loyihalarga kompyuter yordamida dizayn dasturlarini kiritish. O‘qituvchilar texnologiyadan talabalarning faolligini oshirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish vositasi sifatida foydalanishlari mumkin[2]. Assisment usuli: Baholash samarali pedagogikaning muhim tarkibiy qismidir, chunki u o‘quvchilarning muvaffaqiyati haqida fikr bildiradi va o‘qitish amaliyoti haqida ma'lumot beradi. Formativ baholash va o‘z-o‘zini aks ettirish kabi ta'lim strategiyalarini qo‘llash orqali o‘qituvchilar talabalarning ta'lim natijalarini doimiy ravishda yaxshilashga yordam berishi mumkin Ixtisoslik fanlarini o‘rganish jarayonida labaratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni maxsus jihozlangan xonalarda olib borilishi, mavzuni to‘liq o‘rganilishini ta’minlaydi. Lekin ba’zi jihozlar o‘quv binosida bo‘lmasligi yoki aynan shu dastgoh bilan tanishish uchun ishlab chiqaruvchi korxonaga borish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Shu kabi vaziyatlarda, dars jarayonida raqamli texnologiyadan foydalanish, mavzuga oid jarayonni kuzatish imkonini beradi. Innovatsion o‘qitish usullarining quyidagi afzalliklari mavjud[3]. Tadqiqotni rag‘batlantirish – o‘qitishga innovatsion yondashuvlar talabalarni fiklashlarini kengaytirish uchun, yangi narsalar va vositalarni kashf etishga undaydi. Muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini takomillashtirish – ijodiy o‘qitish usu

Доказательный фрагмент

«Bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish uchun interaktiv va innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish uchun interaktiv va innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muhandislik ta’limi, amaliy kompetensiya, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, texnik kompetensiya, innovatsion yondashuvlar, virtual laboratoriyalar, loyiha asosida o‘qitish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники