Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY- MEROSIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZI MASALASI
TURMUSH TARZI MASALASI · Samadov Aktam Rafiqovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzining o‘tmishdagi holati va uning zamonaviy muammolari tahlil qilingan. Fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida sportning barkamol avlod ijtimoiy hayotiga sog‘lomlik, go‘zallik singari estetik voqelikni olib kirishi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: sport, san’at, sog‘lom avlod, jismoniy yetuklik, jismoniy mashg‘ulot, sog‘lomlik, mutafakkirlar merosi, ma’naviyat. Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida sog‘lom turmush tarzi, ayniqsa yoshlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi” Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilinganligi – bu sohadagi maqsadlarimizga erishish naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatimizda bir necha bor “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi jamiyatda sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi ko‘pgina talab va omillarga bog‘liq ekanini yana bir isbotladi. Bu to‘g‘risida birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi: “...farzandlarimizni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sport bir qatorda san’at tarbiyasi, musiqiy tarbiya ham beqiyos ahamiyatga egadir. Chunki jismoniy tarbiya va sport odamning irodasini tarbiyalab, sog‘lig‘ini mustahkamlashga hissa qo‘shsa, musiqiy san’ati uning ruhiga oziq beradi, qalbini, eng nozik tuyg‘ularini kamolga yetkazadi”[1,231]. Mamlakatimiz o‘tmishida mutafakkir olimlar jismoniy harakatlar, tabiat omillari, atrof- muhit ta’siri hamda iste’mol qilinuvchi meva va sabzavotlarni inson tanasiga sog‘lomlashtiruvchi ta’sirlari haqida ko‘plab asarlar yozishib, izlanishlar olib borganlar. Qadim zamonlarda sharq tabobat ilmi rivojlandi, ko‘plab olimlar va tabiblar, inson tanasining qismlari faoliyati, tuzilishi, kasalliklarning kelib chiqishi, ularni davolash, sog‘lomlashtirish vositalari haqida ko‘plab izlanishlar olib borganlar va asarlar yozganlar. Asarlarda inson organizmini sog‘lomlashtiruvchi harakatlar, dori-darmonlar, vositalar va muolaja turlarining tarkibi ularning ta’siri va ahamiyati keltirilgan. O‘rta asrda yashab o‘tgan ijod qilgan tabobatchi olimlar Ibn Sino ta’limotini davom ettirib inson organizmini tuzilishi, uni sog‘lomlashtiruvchi muolajalar, tadbirlar, dori- darmonlar va vositalar haqida ma’lumotlar qoldirgan. Bunday ilmiy izlanishlar natijasida Sharqda ham jismoniy tarbiyaning tibbiy asoslari yaratilgan. Markaziy Osiyoda X asrgacha jismoniy mashg‘ulotning kishi organizmiga ta’siri to‘g‘risida ma’lum bir ta’limot bo‘lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mushg‘ulotning roli katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab berdi. U muntazam jismoniy mashq qilib turish, boshqa me’yorlarga (ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish) qatiy rioya qilish sog‘liqni saqlashda eng muhim va asosiy vositalardan biridir, deb ta’kidlagan. Ibn Sino kishining anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda „Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy 60 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi mashg‘ulotga taьrif beradi. Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy mashq bilan mustaqil shug‘ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo‘lib, har qanday kasalliklarni yengib o‘tishga qodir bo‘lishini isbot qilishga harakat qiladi. O‘zbek kurashi 3500 yillik tarixga ega. U Movarounnahr hududida paydo bo‘lgan dastlabki yakka kurash turlari sirasiga kiradi. Qadim-qadimdan bu yurtning to‘y va tantanalarida, milliy bayramu shodiyonalarida mard va alp yigitlar kurash tushib, xalqning olqishini olgan. Kurash mohiyatan halol yo‘l bilan g‘alaba qozonishni anglatadi. Bundan 2500 yil muqaddam taniqli grek faylasufi va tarixchisi Gerodot o‘z kundaliklarida kurash hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan qadimgi xalqlarning urf-odatlari va an’analari qatoridan mustahkam joy olganini bayon etadi. Afsonaviy Alpomish dostonida kurash eng sevimli va keng tarqalgan yakka sport turi hisoblangani qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda: “Bizning zaminimiz bahodirlar va himoyachilarimiz bo‘lgan polvonlar va botirlarga azaldan boy hamda ularni mehir bilan parvarish qilib kelmoqda”[2,37]. Xalq milliy o‘yinlari milliy qadriyatlar tarkibidagi Sharq xalqlarining eng sevimli ommaviy ma’naviy tadbirlaridan biridir. “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘”mish, “Qirq qiz”, “Tohir va Zuhra” kabi xalq og‘zaki ijodi doston-larida tilga olingan ko‘plab o‘yinlar va “Navro‘z”, hayit, to‘ylar va turli xil an’anaviy marosimlar, udumlar qadimdan kurashsiz, ko‘pkari (uloq) siz, poygasiz va boshqa ko‘p milliy o‘yinlari
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzining o‘tmishdagi holati va uning zamonaviy muammolari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sog‘lom turmush tarzining o‘tmishdagi holati va uning zamonaviy muammolari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sog‘lom avlod, jismoniy yetuklik, ma’naviyat., sog‘lomlik, mutafakkirlar merosi, sport, san’at, jismoniy mashg‘ulot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945