К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLARDA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASINI YUKSALTIRISHDA AXLOQIY QADRIYATLARNING O‘RNI

QADRIYATLARNING O‘RNI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada keyingi yillarda jamiyatning axloqiy sohasida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar tadqiq etilgan. Unda jamiyat taraqqiyotining muhim bug‘ini sanaladigan yoshlar axloqiy qadriyatlarini ijtimoiy hayotdagi jarayonlar bilan uyg‘unlashtirishda faol fuqaroilk pozitsiyasi masalalari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: jamiyat, ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar, faol fuqarolik pozitsiyasi, yoshlar, din, madaniyat, adolat, tenglik. Axloqiy qadriyatlar jamiyatda o‘z-o‘zidan mavjud emas, balki keng dunyoning bir qismi sifatida insoniyat hayotining mag‘zi sanaladi. U jamiyat bilan birgalikda rivojlanadigan tarixiy hodisa sifatida yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasining kuchayishiga xizmat qiladi. O‘zbek olimlari yoshlardagi faol fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorligini yuksaltirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tganlar. Jumladan, S.Otamurodov bu borada shunday deydi: “Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taarqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi, kishlarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq-odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qadriyatlari taraqqiy etadi, davlat adolat tamoyillariga tayanib boshqarish amal qiladi”[1]. Madaniyat axloqiy qadriyatlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, uning jamlanma samarasi jamiyatning rivojlanish darajasi va yo‘nalishini belgilab beradi. Jamiyatning uyushgan va tartibli munosabatlar tizimi sifatida rivojlanishi ayrim qadriyatlarning samaradorligiga ishonish, ularning daxlsizligini jamiyatning axloqiy me’yori sifatida tan olishni nazarda tutadi. Bu qadriyatlar qayta ishlab, to‘liq qo‘llab- quvvatlanib, jamiyatni asrash va rivojlantirish manfaatlari yo‘lida yoshlarni tarbiyalash va ularning xulq-atvorini tartibga solish uchun asos va ko‘rsatmalar beradi. Fuqarolik pozisiyasi masalalarini o‘rganar ekan, E.Ya.Batalov fuqarolik qadriyatlari tabiatan demokratik, ya’ni asosiy demokratik tamoyillar va g‘oyalarni ifoda etadi, degan xulosaga keladi. Tadqiqotchi plyuralizm, siyosiy va diniy bag‘rikenglik, ochiqlik va hamkorlik qilishga tayyorlik, qonun va shaxsni hurmat qilish fuqarolik qadriyatlari deb hisoblaydi[2]. Demokratiya plyuralizm, ko‘ppartiyaviylik tizimi, o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish tamoyiliga amal qilishni nazarda tutadi. O‘z hududida ko‘plab xalqlarni birlashtirgan mamlakatimiz suvereniteti barcha xalqlar va etnik guruhlarning to‘la tengligini, o‘z fuqarolari uchun jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini nazarda tutadi. Zamonaviy jamiyatning axloqiy qadriyatlari bilan shug‘ullanadigan tadqiqotchi T.S.Protko davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning yangi normalarini topish kerakligi haqida yozadi. Ijtimoiy hayotning davom etishiga hissa qo‘shadigan asosiy fuqarolik qadriyatlari sifatida demokratiyani, qonun ustuvorligini, inson huquqlarini ta’kidlaydi. Bu tushunchalar yaqin munosabatda bo‘lib, jamiyatning demokratiya tomon taraqqiy etishiga imkon beradi. Axloqiy qadriyatlarning mavjudligi shaxsning, har qanday ijtimoiy jamoaning, umuman fuqarolik jamiyatining ma’naviy dunyosiga kiruvchi ijtimoiy g‘oyalar, nazariyalar, qarashlar, 50 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi aqidalarning mavjudligi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu qadriyatlar jamiyat predmetlari ehtiyojlarini aks ettiruvchi, inson madaniyati taraqqiyotining umumiy yo‘nalishini belgilab beruvchi, ijtimoiy hayot shakllarini yuksaltiruvchi, ularni sifat jihatidan yangi holatga aylantiruvchi tushuncha va hukmlarning murakkab dialektik munosabatini ifodalaydi. Axloqiy qadriyatlar haqiqatga, shu jumladan, qachon, funksional ulanish va bog‘liqliklar turli tarmoqlari ichiga to‘quv bor. Ular murakkab qatlamlarda birlashadi va o‘zaro kesishadi. Axloqiy qadriyatlar ma’naviyatning barcha shakllariga kiritilishi ularning insoniy munosabatlarni tartibga solish va voqelikni o‘zlashtirish yo‘li sifatida harakat qilish qobiliyati bilan izohlanadi. A.Samadov va M.Ergashevaning fikricha, yoshlardagi faol fuqarolik pozisiyasi shaxsning tashqi muhit bilan bog‘liq falsafiy dunyoqarashida ijtimoiy fanlarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanib boradi. “Atrof-muhit haqidagi fanlarning axloq, madaniyat va mafkura orbitasiga chiqishi jamiyatning ekologik muammolarini hal etishda madaniyatning tabiiy-ilmiy va gumanitar tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’siri muammolari rivojlanishini anglatadi”[3]. Axloqiy qadriyatlarning asosiy vazifasi ijtimoiy faoliyatning ob’ektiv imperativlarini subektiv maqsadlarga, harakatlar va harakatlarning motivlariga aylantirishdir. Bu qadriyatlar mavjud tizimni mustahkamlashdan iborat bo‘lib, ular umumiy ahamiyat va umumiy majburiyat mezoniga javob beradi, ya’ni o‘z a’zolarining xatti-harakatlarini me’yorlashtirish orqali jamiyat yaxlitligiga xolisona xizmat qiladi.

Доказательный фрагмент

«Maqolada keyingi yillarda jamiyatning axloqiy sohasida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar tadqiq etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada keyingi yillarda jamiyatning axloqiy sohasida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar tadqiq etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
faol fuqarolik pozitsiyasi, yoshlar, din, ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar, jamiyat, tenglik., adolat, madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники