К содержанию
РецензированоRU2024

МЕЖЛИЧНОСТЬ МОБИЛЬНОГО МИРА В ПРОЦЕССЕ ОБЩЕНИЯ МЕСТО В ОТНОШЕНИЯХ

MUNOSABATDAGI O‘RNI · o‘qituvchisi Xonto‘rayeva Dildora Abdulhayevna.

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada insonlarning bir-biriga o‘zaro ta’sir olishi munosabatlari, bir-biriga bo‘lgan e’tibor, do‘stona, qo‘ni-qoshni, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash, birgalikdagi faolyatni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lib, ularni shakllantirish uchun asos bo‘lishga xizmat qiluvchi yondashuvlari ochib berilgandir. Muloqot inson hayoti faolyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar bir-birini tabiatini o‘zlashtirish va o‘z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qiladi.Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obroz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning munosabat jarayonida ishtirok etadi. YE. Melibruda quyidagicha takidlagan: “Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamyatga egadir”. Muloqot – hamkorlikda faolyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayonidir. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqatda, munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madanyatni egallab boradi ,yangi tug‘ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan maxrum bo‘lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o‘z psixik taraqqiyoti bo‘yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi. Mazmun – maqsadlari va vositalarga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra moddiy, kognitiv, konditsiv, motivatsion, faoliyatli turlarga bo‘lish mumkin . Vositalariga ko‘ra esa maktublar, taklifnomalar va hozirgi kunda ommalashib ketgan uyali aloqa vositalariga bo‘lish mumkin. Men ushbu maqolamda mana shu mobil uyali aloqa haqida to‘xtalib o‘tsam maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xar bir narsani yaxshi va yomon tomoni bo‘lgani kabi uyali aloqaning ham yaxshi va yomon tomoni bordur, ya’ni yaxshi tomoni bu insonlarni uzog‘ini yaqin mushkullarini oson qiladi. Internet olamidan esa bilmaganini o‘rganib unumli foydalish ham mumkin. O‘smirlarda faollik qiziqish kuchli bo‘lganligi uchun ilm-fandagi texnika yangiliklari ularning o‘ziga jalb qiladi. Eng oxirgi rusumdagi telefon egasi bo‘lish, eng oxirgi yangi model mashinasini minish o‘smirlarni qiziqish ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Bu qiziqish natijasida biror narsa yaratib ko‘rishga, biror yangi faoliyat olib borishga intiladilar. Buning natijasida, telefonlarda shu qiziqqan faoliyatiga doir videorliklar, yangiliklarni qiziqish bilan tomosha qilishni boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda mashina harakatlari, rusumlari, uni minish usullariga qiziqsa, aksar qiz bolalarda ovqat qilish, turli xil shirinliklar tayyorlash, bezak, taqinchoq buyumlarni yasash, hamda kiyinish usullariga oid videoroliklar ko‘rish ehtiyojlari ortadi. Shu bilan birgalikda bu ehtiyoj zaminida telefon internet bilan birgalikda undagi boshqa saytlarga kirib ko‘radi. Ma’lumotlarga ko‘ra , 2021-yilda dunyo bo‘ylab telefonlardan foydalanuvchilarning soni 5,3 milliardga yaqinlashdi, bu dunyo aholisini 67 foizini tashkil qiladi. Bilamizki, mobil telefonlardan foydalanishning afzal tomonlari bilan birga, salbiy oqibatlari ham mavjud. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 463 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Ayniqsa , bolalar ta’lim – tarbiyasida . Bunda telefonlarning asab tizimiga , inson sog‘ligiga ayniqsa bolalar sog‘ligiga zarari haqida targ‘ibot tashviqotni kuchaytirib , undan foydalanish madaniyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish kerak. Va albatta , bu masalada ota-ona ma’suliyati birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Farzandga mobil telefon olib berdimi, endi u balog‘atga yetgunga qadar “ bola telefonda kimlar bilan gaplashyapti , qaysi internet sahifalaridan foydalanyapti , albatta nazorat qilib turish kerak. Maktab ta’lim beradi , tarbiyani esa oiladan oladi. O‘zidan kattaga birinchi bo‘lib salom berishni odat va qadriyatga aylangandek , mobil telefondan to‘g‘ri va unumli foydalanish ham ota-ona tomonidan shu darajada qadriyat sifatida shakllantirilishi kerak. Zero kelajagimiz shu yoshlar qolidadir. Xulosa : Men ushbu maqolani yozish davomida bir qancha kitoblarni o‘qidim , izlandim va o‘z ikirlarmini bayon qildim. Zero buni o‘qib ota-onalar farzandlariga e’tiborini kuchaytirsa, yoshlarimiz esa ijobiy tomonga o‘zgarib o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi mening bo‘lsa boshim ko‘kka yetgunga qadar quvongan bo‘lardim va maqsadim ham shu. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. F.I.Xaydarov , N.I. Xalilova “Umumiy psixologya ”. 2.Alisherova Z.T. “Bola shaxsida mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi ” 3. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of psychological culture of students. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 428- 431. 4. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada insonlarning bir-biriga o‘zaro ta’sir olishi munosabatlari, bir-biriga bo‘lgan e’tibor, do‘stona, qo‘ni-qoshni, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash, birgalikdagi faolyatni tashkil etish bilan bog‘li…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada insonlarning bir-biriga o‘zaro ta’sir olishi munosabatlari, bir-biriga bo‘lgan e’tibor, do‘stona, qo‘ni-qoshni, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash, birgalikdagi faolyatni tashkil etish bilan bog‘li… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cooperation, Teens, умственное развитие, O‘smirlar, Muloqot, Содержание, Тинейджеры, mental development, сотрудничество, Mazmun, hamkorlik, Content, psixik taraqqiyoti, Коммуникация, Communication
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники