Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О ФОРМИРОВАНИИ «Я» РЕБЕНКА В ДОШКОЛЬНОМ ПЕРИОДЕ ЗНАЧЕНИЕ РОДИТЕЛЕЙ И СЕМЬИ.
Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjonovna · Turg`unova Mubinaxon To‘ychiboy qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarda kechadigan inqiroz,bolalarning shaxs sifatida shakllanishida hamda “MEN”i shakllanishida ota-ona va oilaning ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zi: ontogenez, “Men”, avtoritar, demokratik, rivojlanish, yosh davri, shakllanish. Ontogenezda insonning shaxs sifatida shakllanishida, yetuk inson bo‘lib rivojlanishida har bir yosh davrlarining o‘rni beqiyos. Ammo bolaning shaxs sifatida shakllanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va “MEN”i vujudga kelishida “Maktabgacha yosh davri” muhim ahamiyatga ega. Bog`cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin: 1-davr: 3-4 yosh oralig`ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog`liqdir; 2-davr: 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish bilan bog`liqdir; 3-davr: bu davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.[2] Birinchi davrda bola onasining bag`ridan chiqib (bog`chaga chiqadi, ko‘chada do‘stlari bilan o‘ynashni boshlaydi), ijtimoiylashuv jarayoniga qo‘shilishni boshlaydi va bevosita bolada har bir yosh davrlarda bo‘lganidek turli inqirozlar boshlanadi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish(yurish, yugurish) bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o‘z holicha qandaydir ishlarni bajarish, ijtimoiy muhitda shaxs sifatida yashash istagini tug`diradi. 3 yoshli bolalar o‘zlarini kattalar bilan taqqoslay boshlaydilar, hatto kattalar qilayotgan ishlarni, ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladilar. Men katta bo‘lsam mashina haydayman, “Men sizga katta tort olib kelaman”, “Mening 100 ta qo‘g`irchog`im bo‘ladi” kabi istaklarni kelasi zamonda gapirsa ham bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bu harakatlar qaysarlik va qat`iylik bilan namoyon bo‘ladi[1]. 3-3,5 yoshlar oralig`ida bolalar o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiradilar va bu asosan o‘zlariga beradigan yuqori bahosi asosida shakllanadi.[2] Ikkinchi davrdagi ya`ni 4-5 yosh orasidagi bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma`lum bir xulosani bera olmaydilar.[2] Mazkur davrda bolalarning ‘’MEN’’ endigina yuzaga chiqishni boshlagan bo‘ladi hamda ular o‘zini ota- onalarining unga bergan bahosi bilan baholaydilar. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va tsimulyatori bo‘lib xizmat qiladi.[2] Har bir davrda insonning o‘z-o‘ziga baho berishi,(MEN) I mavjud bo‘ladi va u turli omillar ta`siriga hamda insonlarga bog`liq bo‘ladi . Aynan ushbu davrda ota-onaning bolaga bo‘lgan bahosi shunchalik ahamiyatga ega bo‘ladiki , bu omil bolaning kelajakda o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lishida, muvaffaqiyatga erishishida va ‘’Buyuk inson’’ bo‘lib yetishida juda katta ta`sir ko‘rsatadi. Tarixdagi buyuk insonlar hayotiga nazar tashlasak ham bu bolaning hayotida qanchalik muhim ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida esa Edisonning hayotidagi qisqa hikoyani olishimiz mumkin. “Yangi uyga ko‘char mahali Tomas bolalik uyining har bir qarichini ko‘zdan kechirdi. Xizmatkorlardan o‘ziga qadrdon jihozlarni mashinaga avaylabgina yuklashlarini iltimos qildi.Bolaligida kiyimlari saqlangan shkafning yuqorisidan onasining sevimli qizil g`ilifli jomadoni chiqdi. Tomas uni ehtiyotkorlik bilan stol ustiga qo‘yib, ochdi. Onasiga tegishli buyumlar orasidan chiqqan sarg`ish qog`ozni oldi. Maktub ostiga uning imzosi chekilgan ekan. Bu imzo Tomasga onasi bilan bog`liq xotirani eslatib yubordi. U paytda Tomas birinchi sinfda o‘qir edi. O‘sha u muallima unga bergan, onasiga berishi zarurligini tayinlagan maktubni volidasiga keltirib berdi. Xatga ko‘z Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 500 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. tashlayotgan onaizorning g`amgin ko‘zlarida yosh aylandi, so‘ng farzandini bag`riga bosdi.“Ustozim nima deb yozibdi” deb so‘radi o‘g`il onasidan.“U seni o‘ta qobiliyatli ekaningni, bu maktab senga to‘g`ri kelmasligini aytib, mendan biror nufuzli maktabga o‘tkazishimni so‘rabdi’’, ona jilmayishga harakat qilib javob qaytardi. Jomadondan topilgan, vaqt urintirib qo‘ygan maktubni Tomas o‘qib hayratga tushdi. “Sizning o‘g`lingiz ruhiy kasal. Iltimos, uni ixtisoslashgan boshqa biror maktabga joylashtirsangiz. Hurmat bilan muallima”. 19 va 20 asrning tengsiz daholaridan biri Tomas Edison kipriklari bexosdan namlandi. Onasining qanchalar oqila ayol bo‘lganiga yana bir bora amin bo‘lib, volidasini duo qilib, go‘zal taqdiri uchun undan minnatdor bo‘ldi.”[3] Albatta, har bir bolaning oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota- ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlkari ham mavjuddir: Ota-onalar bolalar xulq atvorini bosh
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarda kechadigan inqiroz,bolalarning shaxs sifatida shakllanishida hamda “MEN”i shakllanishida ota-ona va oilaning ahamiyati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarda kechadigan inqiroz,bolalarning shaxs sifatida shakllanishida hamda “MEN”i shakllanishida ota-ona va oilaning ahamiyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- democratic development, I, онтогенез, демократическое развитие, avtoritar, demokratikrivojlanish, authoritarian, авторитарный, ontogenez, Я, “Men”, ontogenesis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026