Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ И ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ ВАЖНОСТЬ В РАЗВИТИИ.
RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI. · Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi · Odiljonova Sabohatoy Akbarjon qizi · Xalilov Boburxon
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada O‘smirlik davrida psixologik va fizeologik o‘zgarishlarning rivojlanishdagi ahamiyati hususida so‘z yuritilgan. O‘smirlik davri eng inqirozli davr sifatida yosh davrlari ichida ajralib turadi. O‘smirlik davrida psixologik va fizeologik o‘zgarishlarning shaxs sifatida rivojhlanishidagi ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: o‘tish yoshi, o‘smirlik davri, psixologik, fiziologik, krizis davr, psixik rivojlanish, empatsiya, qiyin davr. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Davlatimiz qonunchilik tizimini mazmuni haqida munosabat bildirib ta’kidlaganlaridek – “Bugun O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan bir davrda biz “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan bosh tamoyilga amal qilmoqdamiz, ushbu so‘zlarining mazmun mohiyati bugunda yurtimizda sodir etilayotgan o‘zgarishlar insonparvarlik, bunyodkorlik va xalqchililik asosida sodir bo‘layotganini va barcha say-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tabiatidan kelib chiqayotganini ko‘rsatadi. O‘tish yoshini turli olimlar turlicha chegaralaydi. O‘smirlik davri asosan 10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ba’zi o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi.[1]“Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas “ aynan mana shu ta’rif o‘smirlik davri uchun juda xosdir. Bu yoshda o‘smir rivojlanishda keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. O‘smirlik-bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatidan o‘ziga xos xususiyatlari bilan harakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotida turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakeri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘otga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga talluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Og‘iz boshlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘proq darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminroq bo‘lib qoladi, do‘rrillaydi. Garchi bu davrda mushaklar tez surʼat bilan o‘ssa ham mustaxkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish surʼati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning besunaqay hatti-xarakatlarida, yurish-turishlaridagi qupollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.[1] Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha aʼzolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi.Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki jinsiy yetilishning boshlanish davri o‘g`il bolalarda 12-13 yoshda, qiz bolalarda 11-12 yoshda boshlanadi. Ko‘pchilik o‘g`il bolalar hozirgi vagtda jinsiy yetilish 15-16 yoshda, qiz bolalarda 13-14 yoshlarda kuzatiladi. O‘qituvchilar sinf rahbarlari datsavval shuni chuqur anglashlari lozimki. Jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotiga ta’sir qilishdan ularning psixik rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlarda jinsiy etilish bilan birga shu paytgacha ularga noma’lum bo‘lgan qandaydir xislar, kechinmalar qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish noma’lum mazmundagi kitoblarga qiziqishlarning paydo bo‘lishi tabiiydir. O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligini oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga_bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 513 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. tushuna boshlaydi o‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari “’qanday qilib to‘gri yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish mumkni?” kabi savollar juda qiziqtiradi. Organizmning fiziologik o‘zgarishining tezlashuvi natijasida bu yoshda bola o‘zida hayajon, ko‘tarinki kayfiyatda uyg‘onish va baʼzan o‘z-o‘zini yerga urish hissini sezadi. Bu davrda bola o‘ziga nisbatan ko‘proq diqqat -eʼtiborni talab qiladi. U o‘zini katta odam deb hisoblaydi va shaxsiga nisbatan kattalardek munosabatni talab qiladi. Lekin maktabda, kollej yoki litseyda va uyda uning mavqei avvalgidek qolaveradi. Natijada bolada o‘smir yoshi inqirozi boshlanad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘smirlik davrida psixologik va fizeologik o‘zgarishlarning rivojlanishdagi ahamiyati hususida so‘z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘smirlik davrida psixologik va fizeologik o‘zgarishlarning rivojlanishdagi ahamiyati hususida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fiziologik, кризисный период, krizis davr, physiological, psychological, o‘tish yoshi, crisis period, psixologik, подростковый возраст, физиологический, transitional age, психологический, o‘smirlik davri, переходный возраст, adolescence
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025