Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЗРЕЛОСТИ И СТАРШЕГО ПЕРИОДА
o‘qituvchisi Yoqubalieva Dilafruz
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada yetukli va keksalik davrining psixologik xususiyatlari haqida mulohaza yuritilgan. Yetuklik davrining psixologik, fiziologik xususiyatlari o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: o‘rta yetuklik, yetuklik bosqichlari, gerontopsixologiya, yetuklik davri inqirozi, olimlar fikrlari, yetuklik davri yoshlari, yetuklik davri psixologiyasi. Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajdatiladi: -ilk yetuklik(yoshlik); -o‘rta yetuklik; -yetuklik(qarilik va kesayish). Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuklikning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin: -jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko‘proq kognitiv takomillashish bilan bog‘langan rivojlanishning yangi xarakteri; -yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish; -xarakterning ayrim xislatlari(qat'iylik, umidvorlik, vijdonlilik, hamdardlik bildirish). "Kattalik" va "yetuklik " tushunchalari aynan bir xil emas. Yetuklik hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt riviojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi. Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. G. Olportning ta'kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyaning funksional avtonomligi bilan belgilanadi. G. Olportning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi; A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan; B) boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik; D) emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish; E) borliqni real idrok qilish, harakatlardagi faollik; F) o‘z-o‘zini tushunish, tajribani tajribaga soladi, tizimlashtiradi va individual individual hatti- harakatlarga ma'no beradi. Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davrlashtirishini misol sifatida keltiradi. A) 21-28 yosh - hayotiy bazisni egallash; B) 28-35 yosh- topilgan hayot asoslarini tasdiqlash ; D) 35-42 yosh- ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga yo‘nalganligi; E) 42-49 yosh- maniakal- depressiv davr; F) 49-56 yosh- shaxsiy qartayish bilan kurashish; G) 56-63 yosh- donolik; H) 63-70 yosh- o‘z hayotida yana muvaffaqiyatga erishish mumkinligini anglash, “ikkinchi yoshlik” imkoniyati. Lekin inson hayot yo‘lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi xarakterga ega bo‘lib, jiddiy empirik asoslarga ega emas. Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi chegarasini 17 yoshdan (D.Birren), 21yoshdan (D.B. Bromley), 20 yoshdan ayollar, 21 yoshdan erkaklar (xalqaro klasifikatsiya bo‘yicha), 25 yoshdan (W.Bunak) boshlanadi, deb hisoblagan. O‘rta yetuklik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha ko‘rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha (D.Veksler), 25 yoshdan 40 yoshgacha (D.Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D.Birren), 36-60 yoshgacha ( yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha). Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi haqida ham turlicha qarashlar mavjud: 55yoshdan (W.Bunak, W.Ginzburg, D.Bromley, D.Veksler), 60 yoshdan (G.Grim va ko‘pchilik demograflar), 75 yoshdan (D. Birren). Ilk yetuklik bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish, to‘liq huquq va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug‘ullanish Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 527 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta'lim olish tugallanadi, kasbiy rollar egallanadi, ma'lum muloqot doirasi shakllanadi. G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivijlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atrofida (28-34), 40-45, 55-60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liq. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xususiyatlar aniqlandi: Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga ega. Birinchi bosqich- funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bo‘lib, tug‘ilgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich- psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashuvi 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bo‘la boshlaydi. 30 yoshda ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi. Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi qarama-qarshi va murakkab struktura
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yetukli va keksalik davrining psixologik xususiyatlari haqida mulohaza yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yetukli va keksalik davrining psixologik xususiyatlari haqida mulohaza yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maturity stages gerontopsychology, этапы зрелости геронтопсихология, puberty crisis, olimlar fikrlari, o‘rta yetuklik, мнения учёных, yetuklik davri inqirozi, кризис полового созревания, gerontopsixologiya, средний срок созревания, yetuklik bosqichlari, the opinions of scientists, medium maturity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026