Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОТВЕТСТВЕННОСТЬ В ПСИХОЛОГИИ ДЕТЕЙ В ДЕТСКОМ ПЕРИОДЕ
Karimova Xolinisoxon To‘xtamurod qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar; ularning psixikasidagi o‘zgarishlar , ba’zi holatlarda kuzatiladigan og‘ishlar, bartaraf etish zarur bo‘lgan muammoli vaziyatlar izohlanadi. Kalit so‘zlar: psixologik rivojlanish, xarakter, psixologik xususiyat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy me’yor, pedagogika, psixologiya, xulq-atvor. Psixik rivojlanish ona qornidan boshlab shakllanishi barchamizga ma’lum. Odam rivojlanishining har bir bosqichida psixologik rivojlanish jarayoni turlicha kechadi. Maktabgach yosh davri 3-7 yoshlarni qamrab oladi va bu yosh oralig‘i rivojlanayotgan bola ongida muhim ahamiyat kasb etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mashhur rus pedagogi Lesgaft ham bu davrga shunday ta’rif beradi: Insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Biz maktabgacha yosh davrini bevosita ,,bog‘cha davri’’ deb atashimi mumkin. Tabiiyki, bog‘cha davridagi bolalarning aksariyati serharakat va o‘yinqaroq bo‘ladilar. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, bu yoshdagi bolalar ko‘rgan narsalarini uqib, o‘zlashtirib olishga layoqatli bo‘ladilar, garchi ulr o‘zlashtirayotganlarini salbiy yoki ijobiy ekanligini farqlay bilmasalarda. Ma’um yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga masadga muofiq ravishda ta’lim-tarbiya berib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham pedagoglarga, ya’ni tarbiyachilarga juda katta mas’uliyat nazari bilan qaraladi. Bog‘cha davridagi bolalarning bir nechtasini kuzatishimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki, bolalar o‘zining ichki dunyosiga ega bo‘ladilar va u yashayotgan muhit, oila sharoiti, ota-ona munosabatlari bolaning ichki dunyosiga salbiy yoki ijobiy ta’sirini o‘tkazmay qolmydi, albatta. Agar uyida bolaga e’tibor bo‘lsa, u tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarishdan qochmaydi, lekin aksincha bo‘lsa, bola tarbiyachining topshiriqlariga nisbatan e’tiborsizlik ko‘rsatadi. Nega bunday? Chunki, ota-onalar talabchan,o‘z farzandining kelajagiga e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lsalar farzandi bog‘chadan qaytganidan so‘ng kuni qanday o‘tganligi haqida so‘raydilar va bunga javob berish uchun ham bola nimalarnidir o‘zlashtirishga kirishadi. Agar ota -ona farzandini shunchaki kuni o‘tishi uchungina yuborsa, bog‘chadan kelganidan so‘ng unga e’tibor bermasa bola ham shu holatga moslashadi.Ota-ona e’tibori maktabgacha yosh davrida bo‘lgan bolalar psixologiyasi uchun juda ham muhim. Zero, inson tarbiyasida, ijtimoiy me’yorlari talabida tarbiyalashda eng muhim, eng birinchi ijtimoiy nazorat instituti bu oiladir. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, ,,Yoshlarimiz tarbiyasi qanchalik mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi’’. Shunday ekan tarbiya berishda kechikmaslik darkor, ayniqsa, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasi juda ham mo‘rt bo‘ladi. Shunday paytda bolaning shaxs sifatida shakllanishi uchun e’tibor va mas’uliyat talab etiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqi birmuncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘ziga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Masalan, har xil narsalarga qiziqish bildiradilar, ko‘p savollar beradilar va bu savollarga javob talab qiladilar. Qisqa qilib aytishimiz mumkinki, bola bu davrda muloqotga tashna bo‘ladi. Shunday paytda ota-ona yoki tarbiyachilari ular bilan iloji boricha ko‘proq suhbat qurishlari, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashi, savollariga o‘rinli javob berishlari zarur bo‘ladi. Bola yashayotgan muhit shunday bo‘lishi kerakki, u hech qachon yolg‘izlanib qolmasin. Muammoli vaziyatlardan biri shuki, ota-onalar bola bilan suhbat qurishni xohlamaydilar, aniqrog‘i vaqt ajratmaydilar, o‘zlarini Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 553 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. bolaning savollaridan xalos etish maqsadida bolani televizor yoki telefon bilan ovuntiradilar.Bu esa albatta, bolaning ruhiyatiga sezilarli darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Keyinchalik esa ota-onalar farzandining televizor ko‘rishdan yoki telefondagi o‘yinlarni o‘ynashdan to‘xtata olmayotganlaridan e’tiroz bildiradilar. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati o‘yindir. Inkor etib bo‘lmaydigan mashg‘ulot-o‘yin har qanday bolani o‘ziga jalb eta oladi. O‘yinlar ham bolalarnng yoshiga qarab turli shakllarga ega. 3-4 yoshli bolalarni predmetli o‘yinlar, ya’ni rangli, rasmli o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish olimlar tomonidan tav
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar; ularning psixikasidagi o‘zgarishlar , ba’zi holatlarda ku…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yosh davrida rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar; ularning psixikasidagi o‘zgarishlar , ba’zi holatlarda ku… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- характер, психологическая черта, social norm, xarakter, psixologik rivojlanish, социальная норма, психологическое развитие, education, psychological trait, образование, psixologik xususiyat, character, psychological development, ijtimoiy me’yor, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945