Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДЕТЕЙ
Maxamattayirova Mehrigiyo (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
ushbu maqolada kelajak avlod egalari bo‘lgan bolalarni psixikasini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar shuningdek, uning rivojlanish davrlari bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Psixika, yosh avlod, kelajak, mobile, idrok, bolalar, bolalar psixologiyasi, in’ikos. Bolalarning psixik jihatdan o‘sishida ta’lim va tarbiya g‘oyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi XIX asrlarning o‘rtalaridan tobora ko‘p ta’kidlana boshlandi. Bolalar psixikasining o‘sishi bilan ta’lim va tarbiyaning o‘zaro munosabati haqidagi masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozir ko‘p. Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo‘lgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi.[1-6] Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo‘lib, obyektlarning belgilari va alomatlarini turli darajada to‘g‘ri idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa obyektlarning munosabatlari va tuzilishining tavsiflarini ifodalaydi. In’ikosning xususiyati materiyaning tashkil topganlik darajasiga bog‘liq, chunki u organik va noorganik tabiatda, hayvonot olamida, ijtimoiy hayotda o‘ta sodda va yuksak tashkil topgan tizimda sifat jihatdan xilma- xildir.[3-27] Ta’lim va psixik o‘sish bir-biridan mustaqildir, degan nazariyaning namoyandalari ta’lim va psixik o‘sishni bir-biriga duch kelmaydigan ikkita parallel jarayon deb hisoblaydilar. Bu nazariyaning namoyandalari aqliy qobiliyatni aniqlash uchun dastlabki testlarni vujudga keltirgan edilar (Bine va Simón). Bu namoyandalar va ularning hozirgi izdoshlari aqliy qobiliyat «tug‘ma» bo‘lib, unga ta’lim ham, muhit ham ta’sir etmaydi, degan fikrga asoslanadilar. Ta’lim va psixik taraqqiyot bir-biridan mustaqil, degan nazariya amalda ta’lim-tarbiya ishlarining hammasini bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olmasdan tuzishga olib keldi.[2-13] Bolalar psixologiyasi — psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va alohida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar psixologiyasini ko‘pincha yosh psixologiyasi deb ataydilar. Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo bo‘lishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma-xil faoliyatning rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini o‘rganishda ko‘ndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Birinchi holatda birgina psixik jarayonning o‘zi bir vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli bo‘lgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari ko‘p yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa o‘z navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo‘lgan ishonch, hurmat,qo‘llab-quvvatlash, unga bo‘lgan e'tiborlarini his qildirish, mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan holatlar o‘rgatiladi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 331 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Bola psixik rivojlanishi va organizm yetilishining biologik omillariRivojlanishning biogenetik konsepsiyasi tarafdorlari shaxsning asosiy psixik xislatlari insonning hayotiy taqdirini belgilovchi uning tabiatini o‘ziga (biologik boshlanish) joylashtirilganligini taxmin qiladi. Ular intellekt, shaxsning amoral xislatlari va boshqalarni genetik dasturlashtirilgan, deb hisoblaydilar. [2-79] “Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko‘zlari bilan anglaydi. Ota- onaga nima yomon bo‘lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko‘rsa, bola uchun u inson yaxshi bo‘ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o‘zi xulosa qilishga o‘rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko‘zgudagi sizning aksingiz. Bolaning ongi gul barglariday nozik va go‘zaldir. U eng ahamiyatsiz haqoratlarga nisbatan zaifdir. Shuning uchun uni sevgi va mehr bilan tarbiyalash kerak. Shuni tushunish kerakki, bolaning manfaatlarini ko‘zlab, bolalar ruhiy tushkunlikka tushganda, bolaning farovonligi va porloq kelajagi uchun yordam so‘rash kerak”- deb Doktor Sravanti Sanivarapu ta’kidlagan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: bizning kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash hamda hozirgi turli axborot vositalari davrida yoshlarimizning turlicha psixik xastaliklar bilan dunyoga kelayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz, ushbu holatlarni bartaraf etish hamda bunday hola
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada kelajak avlod egalari bo‘lgan bolalarni psixikasini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar shuningdek, uning rivojlanish davrlari bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada kelajak avlod egalari bo‘lgan bolalarni psixikasini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar shuningdek, uning rivojlanish davrlari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- мобильный, Психика, mobile, kelajak, the future, yosh avlod, perception, idrok, молодое поколение, будущее, Psyche, восприятие, Psixika, young generation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026