К содержанию
РецензированоUZ2025

TURKISTONDAGI – BIRINCHI DRAMMA

Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · Tursunova Shahzoda Mehriddinovna

Современная наука и исследования · 03 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola Turkistonda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri bo’lmish M. Behbudiyning faol harakatlari va tadbirlari haqida. Sovet davrida millat uchun shunday oyna kerak ediki jaholat va mutasiblikdan vos kechish uchun Turkiston jadidchiligining asoschisi bulmish Mahmudxo’ja Behbudiy maydonga chiqadi. Mahmudxo’ja Behbudiy “Millat ozod bo’lib, o’zining mustaqil davlatini o’rnatmaguncha ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmaydi” deb jadidchilik harakatini boshladi. Kalit so’zlar: M.Behbudiy, jadidchilik maktabi,“Padarkush” dramasi, “Til masalasi” maqolasi, “Kutubxonai Behbudiya”,” Samarqand” gazetasi, siyosiy faoliyati, sayohatnomasi, publitsistik, Munavvarqori. Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vataning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo’lmoq kerak edi. Binobarin millat uchun shunday inson kerak ediki- u millatni rivojlantirishi, ilm- ma’rifatli qilishi uchun ruxlantira olishi zarur edi. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni ijtimoiy faoliyatini yana kuchaytirishga undadi. Endi u adabiy, publisistik, noshirlik, jurnalistik yo’nalishlarda ham keng qamrovli ishlarga qo’l urdi. Uning dastlabki faoliyati jadidchilik maktablari bilan bog’liq. M. Behbudiy butun faoliyatini millatni ilm- ma’rifatli qilishga qaratdi, buning uchun u usuli jadid maktablari tarmog’ini kengaytirish, ular uchun o’quv dastur va darsliklar yaratish, o’quvchilarni o’quv qurolari bilan taminlash, kutubxonalar, nashriyotlar tashkil qilish ishlari bilan muttasil shug’ullandi. 1904-1909 yilarda u o’zbek va tojik tillarida “Risolayi asbobi savod”, ”Kitobat ul-atfol” ( Bolalar maktublari ), “Muxtasar jug’rofiyayi Rusiy” kabi darsliklarni yaratdi. Svod alifbodan boshlanadi.Shuning uchun ham jadid pedagoglari “usuli savtiya’ metodida faoliyat ko’rsata boshlagan maktablar uchun alifbo darsliklari yaratishga birinchi darajali masal sifatida qaradilar. M.Behbudiy ushbu usul zaminida Turkiston o’lkasida birinchi bo’lib alifbo darsligini yaratdi va uni ”Risolayi asbobi savod” deb nomladi, asar tojik tilida. 770 Fevral, 2025-Yil Muallif alifboni bosmadan chiqarishdan oldin bir yil davomida Abdulqodir Shakuriy maktabida tajribadan o’tkazdi, alifboga ba’zi bir o’zgarishlar kiritdi va 1905-yilda Samarqandda bosmadan chiqardi. Ush bu alifbo jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatida bir necha bor nashr qilindi va kuproq Buxoro, Samarqand maktablarida 1920-yilga qadar qo’lanildi. Mualif asar oxirida yozuvga o’ragtish maqsadida husnixatdan namunalar beradi. M.Behbudiyning muhim darsliklarda biri “Kitobat ul-atfol” dir. Kitobning nomlanishi haqida: bazi tadqiqotchilar ushbu darslikning nomlanishini “Bolalar uchun kitob”, “Bolalar uchun yozuv kitobi” kabi shakilarda tarjima qiladilar. Bu kitobni “Bolalar maktublari“ deb tarjima qilish maqsadga muvofiq . CHunki kitobda bolalarni turli mazmundagi rasmiy, norasmiy, xususiy xatlar yozishga o’rgatish, yozma nutqini o’stirish masalalari atroflicha tahlil qilingan va turli mazmun maqsadda yozilgan maktublaridan namunalar berilgan. 1913-yildan Bexbudiy matbuot ishlari bilan shug’ullanadi. Apreldan “Samarqand” gazetasini chqaradi. Gazeta turkiy va fors tillarida, haftada 2 marta, dastlab ikki, so’ng 4sahifada chop etilgan. 45ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishni to’xtagan. O’sha yilning 20- avgustidan u “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi. Bu suratli haftalik mahalla asosan o’zbek tilida bo’lib unda ixcham forsiy she’r, maqolalar, Ruscha e’lonlar ham berib boriladi… “Boshida haftada bir marta ikkinchi yildan e’tiboran 15kunda bir qatla chiqib, 20oy chamasi davom qildi… Kavkas, Tatariston, Eron, Avg’oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqaladi… Jadidlarning sevimli jurnalari edi. Shuning uchun ular tomonidan hurmatlandi, sevib o’qildi”-deb yozgan edi Ziyo Said. Jurnal redaksiyasi muharirning yangi shahardagi uyida joylashgan. Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg’in shug’ulandi. “Nashriyodi Behbudiya” nomi bilan o’z xususiy nashriyotini ochdi. Fitratning “Bayonoti sayohi hindi” asarini 1913-yilda ruschaga tarjima qildirib, nashr etdi. Turkiston xaritasini tuzib bosmadan chiqardi. Kutubxonani yo’lga qo’ydi. O’sha davr vaqtli matbuotida “Behbudiy kutubxonasi” haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelasiz. 1914-yilning 29-mayida Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlanadi. Mualif sayohati arafasidagi kayfiyatini shunday ifodalaydi. “7 sanadan beri ikki dafa Buxoro va bir dafa Farg’onani ziyoratidan boshqa safarga chiqanim yo’q edi. Azbaski, tiriklik qalasig’a mubtalolik, ro’zg’or qaydig’a giriftorlik sayohat ne’maytidan mahrum etar. 7yillik xonanishinlik, digar tarafdan aloyiqi ro’zg’or tijorat va 7-8 risolalar tahrir va nashri, dorulqazo ishlari, xususan, bir sanadan beri sobiq “Samarqand” jaridasi va hozirgi “Oyna” idorasining ishlari ruhan va jisman zaif etdi. A’zoyu havaslariga kasolat paydo bo’ldi. Singir (asab)… , g’ayri muntazam ishlaydur. 771 Fevral, 2025-Yil Istirohat va sayohatga mashvarat berarlar.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Turkistonda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri bo’lmish M.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Turkistonda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri bo’lmish M. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teratr, dramaturgiya, nopoklik, Behbudiy, bilimsizlik, beparvolik., jaxolat, fojia
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники