К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU RAYHON BERUNIYNING DAVLAT BOSHQARUVI VA MA’RIFATLI JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY-TA’LIMIY QARASHLARI

HAQIDAGI FALSAFIY-TA’LIMIY QARASHLARI · Abduazimov Davronbek Baxtiyor o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article describes Abu Rayhan Beruni's philosophical views on enlightened society and state administration. Keywords: statehood, public administration, Turkish Kaganate, Ashin, Tuu, Movarounnahr, Khorasa enlightened society, good manners, bad vices, state, state administration, qualities of a leader. Tarix sahifalaridan ma’lumki, o‘rta asr sharq allomalari davlat, jamiyat, uning vujudga kelishi, shakllanishi va vazifalari to‘g‘risida salmoqli asarlar yozib qoldirgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) ilmiy asarlarida ham davlat va jamiyatning vujudga kelishi va tadrijiy rivojlanish bosqichlari tahlil etilganining guvohi bo‘lamiz. Davlat deb, avvalam bor, jamiyatning yaxlitligi va yagonaligini ta’minlaydigan siyosiy tashkilotga, maxsus boshqaruv apparatiga, mexanizmiga ega bo‘lgan, siyosiy hokimiyat sifatida umum majburiy qonunlar qabul qiluvchi hamda ularga rioya etilishini nazorat qiluvchi, o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlovchi institutga aytiladi1. 1 Sh.A.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. T. TDYU.2018 1213 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Hech qaysi bir davlat birdan tuzilib, o‘z faoliyatini yuritib ketolmagan. Davlatchilik an’analari asrlar osha bir davlatdan boshqasiga o‘tib, sayqallanib yana ham takomillashtirilib kelingan. Qadimgi sharq va g‘arb olimlarini ham davlat va davlatchilik muammolari doim qiziqtirib kelgan. Shu munosabat bilan ular o‘z asarlarida, falsafiy qarashlarida ushbu masalalarga jiddiy e’tibor qaratgan. Ayniqsa, sharq mutafakkirlaridan Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomulmulk, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz bu mavzuda nihoyatda qimmatli ma’lumotlar qoldirishgan. Bugun mamlakatimiz hayotida oila, jamiyat va davlat degan tushunchalarning mazmun- mohiyati o‘zgacha ahamiyat kasb etgan. Oila tinch bo‘lsa, jamiyat tinch, jamiyat tinch bo‘lsa, davlat farovon bo‘ladi. Inson, avvalambor, oilada o‘z shaxsiyatini kamol toptiradi. Lekin u jamiyat bilan aloqalarga kirishi bilan jamiyat tartib-qoidalari, undagi munosabatlarga doir xulq- atvor, xarakterlarini shakllantiradi. Marhum adib, yozuchi Tohir Malik aytganlaridek: “Hech kim hayotda jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi, jamiyat uni u yoki bu yo‘ldan ketishga sababchi bo‘ladi”. Xuddi shunday fikrlarni buyuk qozoq shoiri Abay ham o‘zining “Naqliya so‘zlar” (“Nasihatlar”) asarida ta’kidlab: “Bola yomon bo‘lsa, ayb jamiyatda” degan fikrlarni ilgari suradi. Shulardan ko‘rinib turibdiki, jamiyat inson hayotining ajralmas bo‘lagi, unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi birlik hisoblanadi. Chunonchi, Abu Rayhon Beruniy ma‘rifatli jamiyat haqida qator fikrlarni keltirib o‘tadi. U kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Alloma fikricha, bu illatni yo‘qotishning muhim vositasi uning tag tomirini kesib tashlashdir. Yomonlikning turlari bisyor, ammo ularning mohiyati uch sigmentdan iboratdir: ta’ma, g‘azab hamda ilmsizlik2. Abu Rayhon Beruniy o‘zining falsafiy asarlarida , xususan, “Qadimgi avlodlar obidalari” insonga xos xususiyatlar va ularning jamiyat hayotiga ta’sirini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqidagi fikrlardir. Beruniyning asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq-atvorida mavjud bo‘lgan ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to‘xtalib o‘tadi. Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o‘z fikrini bayon qiladi. Oqil odamlarning taraqqiyoti va ular ruhiyatining rivojlanishi hech bir to‘siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo‘ladi deb tushuniladi3. Yana bir o‘rinda, mehnat haqida so‘z yuritib, mehnat insonning xulq-atvorini tarbiyalovchi vosita sifatida qaraydi. 2 Z.Turaqulov, S.Rahimov. Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiya haqida. T. “O‘qituvchi”.1992 3 X.Qodirov. Al-Beruniy va uning asarlari. T. “Ilm-Ziyo”. 2010 1214 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 U insonning sabrini, matonatini, bardoshini kamol toptiradi, chiniqtiradi. Mehnat bilan band bo‘lmagan inson bekorchilikdan keladigan turli illatlar bilan chalg‘ib qoladi, hayotidagi muhim vazifalaridan, yo‘lidan chalg‘itadi4. Beruniyning mazkur fikrlari o‘tmishdagi va hozirgi jamiyatdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish va kelib chiqish omillarini bartaraf qilish g‘oyalarining qanchalik dolzarbligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda ham yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga doir sa’y-harakatlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mutafakkir tarbiya va tartib-intizom bilan jamiyatni ma’rifatli qilish mumkinligini bot-bot takrorlaydi. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy davlat o‘z tuzilishi, boshqaruv shakli g‘oyatda puxta va mustahkam asoslarga qurilishi kerakligini, aks holda, unda istiqomat qiluvchi fuqarolarning farovonligiga putur yetishi mumkinligidan ogohlantiradi. Davlatni idora qiluvchi rahbarga quyidagicha ta’rif b

Доказательный фрагмент

«This article describes Abu Rayhan Beruni's philosophical views on enlightened society and state administration.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes Abu Rayhan Beruni's philosophical views on enlightened society and state administration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
statehood, public administration, Turkish Kaganate, Ashin, Tuu, yomon illatlar, davlat, davlat boshqaruvi, ma’rifatli jamiyat, yaxshi xulqlar, hukmdor fazilatlari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники