Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
KORXONANING INNOVATSION FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH
MANAGEMENT AND ECONOMY · Akramboyev Azizbek Rustamjon ug‘li
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Изучение факторов, влияющих на систему управления инновационной деятельностью предприятия, позволяет каждой компании классифицировать факторы, влияющие на развитие системы управления инновациями. Ключевые слова: Фактор, инновация, мотивация, диспропорция. Annotation: Studying the factors influencing the management system of a company's innovation activities allows each enterprise to classify the factors affecting the development of the innovation management system. Keywords: Factor, innovation, motivation, disparity. Korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish shundan dalolat beradiki, faoliyatning ma’lum bir turini boshlagan har bir korxonaga innovatsiyalarni boshqarish tizimini rivojlantirishda ham ijobiy, ham salbiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. OmiI – har qanday jarayon, hodisaning sharti, harakatlantiruvchi kuchi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda ta’sir etuvchi omillarni asosan ichki va tashqi hamda tashkiliy va tuzilmaaviy omillarga ajratish mumkin. Korxonada innovatsion faoliyatni osonlashtiradigan va to‘sqinlik qiluvchi ushbu omillarning bir necha guruhini taklif etamiz: 1. Ichki omillar: 1.1. Innovatsiyalarni motivatsion ta’minlash va xodimlarning ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga undaydigan boshqaruv (sertifikatlar, mukofotlar, qo‘llab-quvvatlash va boshqalar), xodimlar bilan munosabatlar, ularni innovatsiyaga rag‘batlantirish omillari. 1.2. Innovatsion resurslar – kadrlar xususiyatlari, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar, shuningdek, aloqa ta’minoti kabi birlashtirilgan omillar. 2. Tashqi omillar: Fundamental fanlarning rivojlanish darajasi va korxonaning tashqi sharoitlarga moslashishning haqiqiy qobiliyati, atrof-muhitning murakkabligi va nomutanosibligi darajasi, raqobatbardoshligi. 73 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference 3. Tashkiliy va tuzilmaaviy omillar: Innovatsion jarayon strukturasi markazlashtirish, rasmiylashtirish va murakkablik darajasiga situatsion ta’sir ko‘rsatadigan tashkiliy tuzilma parametrlari. Bir qator olimlar innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni institutsional-huquqiy, texnik-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, axborot, kadrlar va ijtimoiy-psixologik omillarga bo‘lishni taklif qiladilar. Fikrimizcha, innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi iqtisodiy va texnologik (moliyaviy va moddiy-texnika vositalari zaxirasi darajasi, innovatsion faoliyat uchun zarur infratuzilma va moddiy rag‘batlantirishning mavjudligi); siyosiy va huquqiy; tashkiliy va boshqaruv (tashkiliy boshqaruv tuzilmasining holati, yetakchilik uslubi); ijtimoiy-psixologik va madaniy (ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy tan olish, o‘z-o‘zini anglash imkoniyatlarini ta’minlash, o‘zgarishlarga qarshilik mavjudligi, mavjud an’analar, mehnat jamoasidagi psixologik iqlim) kabi umumiy omillarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. M. Mescon, M. Albert, F. Hedouri, N. Kasyakova va O. Kuzmin kabi olimlar o‘z ishlarida innovatsion faoliyat va uni boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi omillarni tashqi (ilmiy-texnika taraqqiyoti, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy, yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar) va ichki (korxonaning maqsad va vazifalari, mehnat resurslari, boshqaruv usullari, jamoada psixologik iqlim, texnologiyalar, tashkiliy-huquqiy shakl) omillar turkumida tavsiflashadi. Tadqiqotda o‘rganilgan ilmiy adabiyotlar sharhini umumlashtirish va ishlab chiqarish korxonalari materiallarini tahlil qilish korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarish tizimiga ta’sir qiluvchi quyidagi omillarni aniqlashga imkon berdi: Moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi; Ijtimoiy-psixologik iqlim; Boshqaruv uslubi (boshqaruv va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar); Tizimning kadrlar salohiyati (kadrlar malakasining tuzilishi va darajasi, tashkilotchilik qobiliyati, intizomi, ijodiy faolligi); Mehnat natijalarini va rag‘batlantirish samaradorligini baholash tizimi (xodimlarni rag‘batlantirish); Innovatsion faoliyatni boshqarish tizimining moslashuvchanlik va harakatchanlik darajasi (o‘zgarishlarga tez javob berish); Aloqa jarayonlari va tizimning axborot bazasi (axborot ta’minoti, axborot tizimining tuzilishi, axborot oqimining uzilishi, axborot shovqini); Boshqaruv va me’yoriy qarorlarni amalga oshirish darajasi. 74 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Ushbu omillar innovatsion faoliyatni boshqarish muvaffaqiyatining zaruriy sharti sifatida boshqaruv subyektlarini tegishli moliyaviy va moddiy resurslar bilan ta’minlashdir. Moddiy resurslar – bu innovatsion faoliyatni boshqarish tizimi xodimlari tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida foydalaniladigan mehnat obyektlari hisoblanadi. Kerakli moddiy va moliyaviy resurslarni o‘z vaqtida olish kutilmagan to‘siqlarning oldini olishga yordam beradi hamda to‘g‘ri belgilangan boshqaruv qarorlarini ama
Доказательный фрагмент
«Изучение факторов, влияющих на систему управления инновационной деятельностью предприятия, позволяет каждой компании классифицировать факторы, влияющие на развитие системы управления инновациями.»
Образец извлечения
Демо-превьюИзучение факторов, влияющих на систему управления инновационной деятельностью предприятия, позволяет каждой компании классифицировать факторы, влияющие на развитие системы управления инновациями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Factor, innovation, motivation, disparity, innovatsiya, Omil, motivatsiya, nomutanosiblik.
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХудойқулова Ҳуррият Бердиевна2019