К содержанию
РецензированоUZ2026

MAXSUS EHTIYOJLARGA EGA O‘QUVCHILAR UCHUN INKLUZIV TA’LIMDA RAQAMLI YECHIMLAR VA INNOVATSION METODLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Zayniddinova Aziza Ismoil qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Buxoro Innovatsiyalar Umiversiteti (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shish, ya’ni inkluziv ta’limni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion uslublarning ahamiyati tahlil etilgan. Muallif, eng avvalo, inkluziv ta’limning asosiy prinsiplarini: imkoniyatlar tengligi, individual yondashuv, takomillashtirilgan metodika va texnologiyalarni moslashtirish zarurligini ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek, maqolada Shvediya, Angliya, Rossiya, Fransiya, Turkiya va Germaniya tajribalari misolida jahon miqyosida maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash amaliyotlari ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalar (onlayn platformalar, gamifikatsiya, nutqni matnga yoki matnni nutqqa aylantiruvchi dasturlar, ekran o‘qish vositalari) orqali inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish yo‘llari alohida qayd etilgan. Shuningdek, mazkur jarayonda dizayn, texnik qo‘llab-quvvatlash, kadrlar malakasini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash muhimligi ta’kidlanadi. Muallif xulosa sifatida maxsus ehtiyojlarga ega bolalar bilan ishlashda raqamli inqilob davrining yangi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish “har bir shaxs muhim” degan ijtimoiy qadriyatni praktika darajasida kuchaytirishini uqtiradi. Kalit so‘zlar: inkluziv ta’lim, maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilar, raqamli texnologiyalar, innovatsion metodlar, gamifikatsiya, speech-to-text va text-to-speech dasturlari, robototexnika, ekran o‘qish vositalari. Inkluziv ta’lim zamonaviy pedagogikaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Chunki inkluziv yondashuv ijtimoiy adolat, imkoniyatlar tengligi va har bir shaxsning individual qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, rivojlanishida turli darajadagi cheklovlar mavjud bolalar yoki sog‘lig‘i tufayli an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etilishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar) ham jamiyatning ajralmas qismi sanaladi. Shu boisdan, pedagogik jarayonni turli texnologik imkoniyatlar asosida moslashtirish, ularga individual ko‘mak berish, rag‘batlantirish va ijtimoiy integratsiya jarayoniga keng jalb etish, ayniqsa, raqamli inqilob davrida yana-da dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ta’lim jarayonidagi global islohotlar, texnik taraqqiyot, ilm-fan yutuqlari maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda yangi ufqlar ochib bermoqda. Ma’lumki, XX asrning oxirlaridan boshlab raqamli texnologiyalar pedagogik uslublarga jadal sur’atlarda kirib kela boshladi. Hozirda bu jarayon o‘zining eng yuqori nuqtalaridan biriga etgan bo‘lib, “G‘arbiy Yevropa”, “Shimoliy Yevropa”, “Shimoliy Amerika” va Osiyoning rivojlangan davlatlarida texnologiyalarni maktab va oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etish odatiy holga aylanib bormoqda (Skolverket, 2019). O‘z navbatida, maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilar uchun raqamli dastur va qurilmalar, texnik-protez moslamalar, onlayn platformalar, nutqni 26 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo matnga aylantiruvchi yoki aksincha, matnni ovozli shaklga o‘tkazuvchi dasturlar kabi ko‘plab yechimlar joriy qilinmoqda. Inkluziv ta’lim – bu nogironligi yoki rivojlanishida turli xildagi cheklovlari bo‘lgan o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga maksimal darajada jalb qilish maqsadida shakllantirilgan yondashuvdir (UNESCO, 2009). An’anaviy maxsus ta’lim, ko‘proq, o‘quvchilarni alohida muassasalarga yo‘naltirish hamda standartlashtirilgan model asosida o‘qitishni ko‘zda tutardi. Bugungi kunda esa individual yondashuv, ijtimoiy integratsiya, psixologik-pedagogik ko‘mak va o‘quv jarayonini moslashtirishning zamonaviy usullari taklif etilmoqda. Inkluziv ta’lim asosan quyidagi prinsip va maqsadlarni o‘z ichiga oladi: 1. Imkoniyatlar tengligi - barcha o‘quvchilar uchun bitta eshik: shu jumladan, jismoniy nuqsonlar, eshitish yoki ko‘rish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, aqliy salohiyatda farqlar mavjud bo‘lsa ham, “bir sinf, bir jamoa” shiori asosida ta’lim olish. 2. Har bir o‘quvchining ehtiyojlari, qiziqishlari, rivojlanish sur’ati inobatga olinadi. Talab va qobiliyatlarga mos dasturlar, rejalashtirilgan moslashtirilgan topshiriqlar. 3. O‘quv-uslubiy jarayon, metodika va texnologiyalar, zarurat tug‘ilganda, qayta ko‘rib chiqiladi, takomillashtiriladi. 4. O‘quvchilarning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga sharoit yaratish; jamoaviy faoliyatlar, madaniy tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar yoki to‘garaklarga jalb qilish. 5. Ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar hamda keng jamiyat o‘quvchilarga qulay muhit yaratib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Shvediya bu borada yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, Skolverket (Shvediya Ta’lim agentligi) doimiy ravishda “xar bir bola qadrli” degan tamoyilni ilgari suradi va maxsus ehtiyojli bolalarni oddiy sinflarda boshqalardan ajratmasdan o‘qitishni yoqlab keladi (Skolverket, 2019). Ingliz tajribasi ham shu tamoyilga mos ravishda rivoj topgan: Angliya maktablarida “Special Educational Needs and Disabilities” (SEND) dasturi asosid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shish, ya’ni inkluziv ta’limni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion uslublarning ahamiyati tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shish, ya’ni inkluziv ta’limni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion uslublarning ahamiyati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
robototexnika, speech-to-text va text-to-speech dasturlari, ekran o‘qish vositalari., raqamli texnologiyalar, maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilar, gamifikatsiya, innovatsion metodlar, inkluziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники