К содержанию
РецензированоRU2026

TALABALARDA MUSIQA TURIZMI VOSITASIDA TOLERANTLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING MAZMUNI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Aziza Abdumannatova (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Освещено содержание обеспечения методики развития толерантности у трех будущих учителей средствами музыкального туризма. Ключевые слова: будущее, музыка, педагог, туризм, инструмент, толерантность, развитие, методология, совершенствование, содержание. Annotations. The content of the methodology for developing tolerance in three future teachers by means of musical tourism is covered. Keywords: future, music, teacher, tourism, instrument, tolerance, development, methodology, improvement, content. Faylasuf olim J. Tulenov “Hayot falsafasi” nomli kitobida qo‘shiq va musiqa mehnatning yo‘ldoshi ekanligi, u xalq hayotining, tarixining ajralmas qismi ekanligiga e’tiborni qaratib, “Xalq nima uchun musiqani sevadi? Chunki musiqa mehnat unumini oshirishda qudratli omillardan biridir. Qo‘shiqlar ham, o‘yinlar ham xalq tomonidan o‘nlab yillar davomida yaratilgan, qiyomiga yetkazilgan, xalq ularda qimmatli narsalarnigina qoldirgan. Bironta ham odam o‘zining qisqa hayoti davomida bunday ishni qila olmaydi- bu ish faqat Xalqning qo‘lidan keladi. Xalq barcha ma’naviy boyliklarning ham ijodkori ham asrovchisidir”, - deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat dunyoda qo‘shiq aytmaydigan, dilrabo qo‘shiq, musiqa va baytlardan zavqlanmaydigan xalq, millat va elat bo‘lmasa kerak. Ajdodlarimizdan qolgan qo‘shiqlar, ertaklar, termalar, dostonlar, bayt va laparlar, barcha folklor asarlari – insoniyat ko‘nglidagi g‘am – anduhning badiiy ifodasi inson aql – idrok va tafakkurining bitmas – tuganmas xazinasidir. Bugungi kunning asosiy vazifalardan biri ana shu ulkan ma’naviy xazinadan to‘g‘ri va oqilona foydalanishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bu sharafli va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchi, ustoz – murabbiylar mehnatiga bog‘liq. Yangi O‘zbekistonning bo‘lajak yangi o‘quvchisi avvalo vatanparvar, bolalarni, pedagogik ishini sevishlari, pedagogik mahoratlarini tizimli ravishda oshirib borishlari, mehnatsevar, irodali, notiq, ijodkor, sabrli, bag‘rikeng – bo‘lishlari lozim. Ushbu fikrlar bevosita bo‘lajak musiqa o‘qituvchilar uchun ham taaluqlidir. Mamlakatimizda malakali musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash ustuvor sohalardan biri sifatida e’tirof etilib, uning moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish darsliklarning va o‘quv- uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratishga yetarlicha e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining dastlabki samarasini bermoqda. 37 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki, dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki turizm, jahon iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining say harakatlari bilan turizmni rivojlantirish mamlakatimzni ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy rivojlanishining aosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Sohani rivojlantirish uchun qabul qilingan qaror va farmonlar, tegishli me’yoriy hujjatlarning ijrosi ta’minlanib, muayyan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Mamalakatimizda turizmning ziyorat, ekologik, ma’rifiy, gastronomik, ta’lim, sport, davolash – sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turlari bilan bir qatorda musiqa turizmi ham rivojlanib bormoqda. Musiqa turizmning rivojlanishda yangi musiqiy janrlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, ommalashuvi muhim omil bo‘lmoqda. Har yili dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan musiqa festivallarida ishtirokchilarning jumladan yoshlarning soni ortib bormoqda. Muhimi, musiqa sadolari – qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifodalaydi. Shu bois, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mumtoz musiqa merosimizni asrab – avaylash va o‘rganish, uni kelajak avlodga o‘z holicha yetkazish musiqa turizmi vositasida turli millat va elat vakillarini bir- biriga yaqinlashtirish, ular o ‘rtalaridagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, bag‘rikenglik sifatlarini rivojlantirish maqsadida ko‘plab ko‘rik – tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, respublikamizda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro maqom, baxshichilik san’ati anjumanlari, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa san’ati festivali, “Buyuk ipak yo’li” Xalqaro san’ati festivallari bevosita musiqa turizmining rivojlanishiga ojobiy ta’sir ko ‘rsatmoqda, turtki bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yo‘nalishi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”. Darvoqe, Musiqa san’ati barkamol avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topshida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatyotganligi rost. Musiqa ohanglari har qaysi millat va elat vakillarining dil to

Доказательный фрагмент

«Освещено содержание обеспечения методики развития толерантности у трех будущих учителей средствами музыкального туризма.»

Образец извлечения

Демо-превью

Освещено содержание обеспечения методики развития толерантности у трех будущих учителей средствами музыкального туризма. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
future, music, teacher, tourism, instrument, tolerance, development, mazmun., turizm, o‘qituvchi, takomillashtirish, metodika, vosita, musiqa, tolerantlik, bo‘lajak, rivojlantirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники