К содержанию
РецензированоUZ2025

FILOLOGIK TA’LIMNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

NEW RENAISSANCE · FOYDALANISH METODIKASI · Bozorova Mohira Ahrorovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article provides feedback on the methodology of using innovative technologies in teaching philological education. Keywords: language, modern information, pedagogical technologies, material world, brainstorming, boomerang, blitz-survey, cluster, case study, hermeneutic conversation. Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab qunt bilan o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ona tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma ravishda to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi. Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan tashqari ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham o‘rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi. Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida an’anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Keyingi yillarda breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180- bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir. 237 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Kakografiya so‘zi lotincha kakos – yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos – yozmoq so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet]. Rus tilida какофонический, какофония degan so‘zlar mavjud bo‘lib, ularga lug‘atlarda quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz, nosoz, g‘aliz; uyg‘unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig‘indisi degan izohlar beriladiki, bu so‘z semantikasiga salbiy baho yuklaydi [3, 414-bet]. Shunga ko‘ra, kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin. Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo‘yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo‘qotib, dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi. Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari bilan bog‘liq amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach, “Mustahkamlash darslari” yoki “Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqqa qaratiladi. Tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirmaydilar. So‘larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. Shuningdek, o‘quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga, so‘zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, orden, obod, marvarid, shanba, mas’ul, daryo kabi so‘zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma’sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi bo‘yicha ona tili darslarida yetarlicha bilim va malakaga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”dagi “Ayrim unlilar va undoshlar imlosi” yuzasidan tegishli nazariy ma’lumotlar mavzular o‘tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi: So‘zlarni o‘qing, xato yozilgan o‘rinlarni topib, o‘zbek tilning imlo qoidalariga mos ravishda ularni to‘g‘rilang va daftaringizga ko‘chirib yozing. Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya, kampyuter, maylis va hokazo. 238 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 To‘g‘ri yozilishi: buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq, rektor, konferensiya, kompyuter, majlis. Kakografik yo‘nalishdagi bunday topshiriqlarni bajarish bilan quyidagi natijalarga erishish mumkin:  O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi;  O‘quvchilar ona tilidan olingan bilim va malakalar

Доказательный фрагмент

«This article provides feedback on the methodology of using innovative technologies in teaching philological education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides feedback on the methodology of using innovative technologies in teaching philological education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language, modern information, pedagogical technologies, material world, moddiy olam, klaster, til, zamonaviy axborot, keys-stadi, blits-so‘rov, aqliy hujum, pedagogik texnologiyalar, bumerang, germenektiv suhbat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники