Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GORMONAL O‘ZGARISHLAR FONIDA MENOPAUZA DAVRIDA YURAK HURUJINING ORTISHI
Bekmurodova MalikaRoʻzimurod qizi · Ilmiyrahbar :Toirov Doston Rustamovich · HURUJINING ORTISHI
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Menopauza davrida ayollarda estrogen gormoni darajasining pasayishi yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, menopauza bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlar yurak hurujining (miokard infarkti) rivojlanish xavfini oshiradi. Bu jarayon asosan lipid almashinuvining buzilishi, qon bosimining oshishi, insulinga sezuvchanlikning pasayishi va endotelial disfunksiya bilan bog‘liq. Shuningdek, menopauzadan keyin arteriyalarning qattiqlashishi va ateroskleroz rivojlanishining tezlashishi kuzatiladi. Ushbu maqolada menopauza davridagi gormonal o‘zgarishlarning yurak hurujiga ta’siri, asosiy xavf omillari va ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilinadi. KALIT SO‘ZLAR: Menopauza, arterial gipertoniya, qandli diabet, dislipidemiya, estradiol, insulinrezistentligi, ateroskleroz, aritmiya. KIRISH: Menopauza - ayollarda reproduktiv davrning yakunlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, organizmda murakkab gormonal, metabolik va fiziologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ushbu jarayonda estrogen va progesteron gormonlari sekretsiyasining kamayishi yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Estrogenning protektiv xususiyatlari yo‘qolishi natijasida lipid almashinuvi buziladi, aterogenik dislipidemiya rivojlanadi, qon tomirlarning endotelial disfunksiyasi kuchayadi va arterial qattiqlik oshadi. Shuningdek, menopauza davrida simpatik asab tizimining faollashishi va renin-angiotenzin-aldosteron tizimining kuchayishi natijasida arterial gipertenziya rivojlanish xavfi ortadi. Insulin rezistentligi va visseral yog‘ to‘planishining ko‘payishi esa metabolik sindrom shakllanishiga olib keladi, bu esa yurak hurujining patogenezini yanada chuqurlashtiradi. Shu sababli, menopauzadan keyingi yurak-qon tomir kasalliklarining, ayniqsa, miokard infarktining oldini olishmuhimahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada menopauza bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlarning yurak hurujiga ta’siri va umumiy organizmdagi o’zgarishlar tahlilqilinadi. MATERIALLAR VA USLUBLAR: Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1- klinikasi terapiya bo‘limida 2022—2025-yillar davomida olib borilgan bo‘lib, menopauza davrini kechirayotgan va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq turli etiologiyali shikoyatlar bilan murojaat qilgan 40 nafar ayol ishtirok etdi. Bemorlarning yoshi 40 dan 70 yoshgacha bo‘lib, ular ikkita yosh guruhiga ajratildi: 40–55 yosh –22 nafar bemor (55%); 56–70yosh – 18 nafar bemor (45%). Bemorlarni tekshirishquyidagibosqichlarni o‘zichiga oldi: Klinik baholash – umumiy ahvoli, arterial bosim, tana massasi indeksi, menopauzaning o davomiyligi va yurak-qon tomirkasalliklari bilan bog‘liq shikoyatlar qayd etildi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Biokimyoviy tahlillar – qonda lipid profili (xolesterin, past va yuqori zichlikdagi o lipoproteinlar, triglitseridlar), glyukoza darajasi, insulin rezistentligi indeksi (HOMA-IR), yurak markyorlari (troponin I va T, natriyuretik peptidlar) va gormonlar (estradiol, progesteron, follikulostimulyatsion gormon)darajasi o‘rganildi. Instrumental tekshiruvlar – yurakning funksional holatini baholash maqsadida o elektrokardiografiya (EKG), exokardiyografiya (Exo-KG), Holter monitoringi va koronar angiografiya o‘tkazildi. Endotelial disfunksiya baholash – doppler ultratovush tekshiruvi yordamida yurak-qon o tomirtizimitonusi vaendoteliyning reaktivligi o‘rganildi. Statistik tahlil – barcha olingan natijalar "Statistica 6.0" dasturi yordamida qayta ishlanib, o statistikahamiyatlilik darajasi p<0,05deb qabul qilindi. Tadqiqot menopauza bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlarning yurak-qon tomir tizimiga ta’sirini baholash, yurak hurujining rivojlanish xavfini oshiruvchi omillarni aniqlash va profilaktik choralar ishlab chiqishga qaratildi. NATIJALAR VA TAHLIL: Tadqiqot natijalari menopauza davrida yuzaga keladigan gormonal o‘zgarishlar yurak-qon tomir tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tadqiqotda ishtirok etgan 40 nafar ayolning katta qismi yurak kasalliklari xavf omillariga ega bo‘lib, ularning yoshga qarab farqlanishi kuzatildi. 1.Yurak-qontomir kasalliklari xavfomillari Arterial gipertoniya (AG) menopauza vaqtida sezilarli oshdi: 40–55 yosh: 10 nafar (45%); 56–70yosh: 15nafar(83%) -jami: 25nafar (62,5%). Yosh o‘tishi bilan arterial gipertoniya ko‘rsatkichi keskin oshgan. Bu, ayniqsa, estrogen darajasi pasayishi va arterial devorlarning elastikligini yo‘qotishibilan bog‘liq. Ortiqcha vazn va semizlik yurak kasalliklari xavfini oshiradi: 40–55 yosh: 9 nafar (41%); 56–70yosh: 11nafar(61%) -jami: 20nafar (50%). Menopauza davrida moddalar almashinuvining buzilishi va insulin rezistentligi ortiqcha vazn to‘planishiga olib keladi. Bu esa yurak ishemik kasalliklari rivojlanish xavfini oshiradi. 2.Biokimyoviy tahlillarnatijalari Qonda glyukoza miqdori oshishi (qandli diabet rivojlanishi xavf
Доказательный фрагмент
«Menopauza davrida ayollarda estrogen gormoni darajasining pasayishi yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.»
Образец извлечения
Демо-превьюMenopauza davrida ayollarda estrogen gormoni darajasining pasayishi yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ateroskleroz, insulin rezistentligi, estradiol, aritmiya., qandli diabet, Menopauza, arterial gipertoniya, dislipidemiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025