Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAXSUS ELEKTRODLAR BILAN PAYVANDLAB QOPLANGAN KOLOSNIKLARNI YEYILISHGA SINASH NATIJALARI
ORCID ID: --- (Andijon davlat texnika instituti,) · MAXSUS ELEKTRODLARBILANPAYVANDLAB QOPLANGAN KOLOSNIKLARNI (Andijon davlat texnika instituti,) · YEYILISHGASINASH NATIJALARI (Andijon davlat texnika instituti,)
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada paxta tolasini chigitdan ajratuvchi arrali jin mashinalarining turli omillar ta’sirida ishchi yuzasi yeyilgan jin kolosniklari olinib, ularga tanlab olingan, maxsus yeyilishga chidamli elektrodlar yordamida hamdabelgilangan payvandlash rejimi ostidapayvand qoplama qoplandi. Tayyor qoplama qoplangan namunalarni yeyilishga sinash qurilmasiga o‘rnatilib 30 daqiqa davomida belgilangan yuklamalarda yeyilishga sinaldi. Natijalarni aniqliligini ta’minlash maqsadida har bir tajriba 3 marotabadan amalga oshirildi hamda yeyilish qiymatlari mikrometr yordamida o‘lchandi. Olingan natijalar asosida eng yuqori yeyishga chidamlilik hossasiga ega bo‘lgan namuna aniqlanib, uni mavjud kolosnikga nisbatan yuqori samaradorligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: Jin kolosniklari, payvandlab qoplash, elektrodlar, yeyilish miqdori, yeyilishga sinash. Kirish. Tolani chigitdan ajratib olish jinlash jarayoni bo‘lib, paxta xomashyosidan tayyor mahsulot olishdagi texnologik jarayonlarning eng avvalidagi va uning sifati, unimdorligi undan keyingi texnologik jarayonlarning samaradorligini belgilaydigan jarayon xisoblanadi[1]. Tolani chigitdan ajratish ikki asosiy valikli jinlash va arrali jinlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi[2]. Arrali jinlash usuli ish unumdorligi valikli jinlash usuliga nisbatan yuqori bo‘lganligi uchunxozirgi zamonaviykorhonalar tomonidan afzal ko‘rilmoqdavaqo‘llanilmoqda. Arrali jinlash - mashinaning asosiy ishchi qisimlari arrali silindr va kolosniklarni tayanch buruslariga o‘rnatish orqali xosil qilingan panjaradan iborat bo‘lgan bu ikki asosiy ishchi qisimlarning bir-biri bilan bo‘ladigan texnologik muloqoti natijasida tolani chigitdan ajratilib olinishidir. Panjaralar orasigachigit sig‘maganligi sababli upanjara orasidan o‘tmaydi[3]. Kolosnik – murakkab shaklga ega, Cч 15-35 markadagi cho‘yandan tayyorlangan va ishlash jarayonida ularni o‘rnatish orqali malum katalikdagi tirqish hosil qilib chigitlarni tutib qolish uchun qollaniladigan detal hisoblanadi[4]. Chigitdan tolani ajratish jarayonida bir qancha omillar tasirida tolani ishqalanishi, arra diskining tirqish markazida joylashmasligi va arraning tebranishi kabi omillar ta’sirida kolosniklar ishchi yuzasi yeyiladi [5]. Yeyilish natijasida kolosnikli panjara orasidagi tirqish kengayib undan tola bilan birgalikda chigit postlog‘i ham o‘tib ketishi natijasida tolaning sifatini buzilishiga olib keladi. Paxta tozalash korxonalarida olib borilgan kuzatishlar arrali jin mashinasi kolosniklarining o‘rtacha hizmat muddati 3-4 oyni tashkil qilishini ko‘rsatdi [6]. Bunda www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 kolosniklarning ishchi yuzasi 1,0 mm dan ortiq yeyilishi bilan yaroqsizga chiqariladi. Bu miqdor kolosnikning 2% gacha hajmini tashkil etadi.Bunday yeyilgan kolosniklarni yangisiga almashtirish qolgan ko‘p qisimli metalning isrof bo‘lishi va iqtisodiy jihatdan zarar keltirishi kabi omilllar sabab mantiqsizhisoblanadi[7]. Kolosniklarning ish resursini oshirish ustida ko‘plab olimlar hamda izlanuvchilar ish olib borishgan. E.N.Avazovich arrali jin mashinalarida mavjud kolosniklarning konstruktsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib brogan va jin kolosniklarining ishlash muddatini oshirishda kolosnikning ishchi qismi uchun 65Г markali legirlangan almashuvchan elementli plastinkadan foydalanish tavsiya qilgan[8]. R.X.Mustafin tomonidan kolosniklarning ishlash muddati va ular ishchi qismidagi yeyilishlar o‘rganilgan. Kolosniklarning ish muddatini oshirish uchun kolosnikning ishchi qismiga qattiq qotishmaliplastinkani o‘rnatish tavsiya qilingan[9]. Sh.Sh.Shonasirov kolosniklarini yeyilgan ishchi qismlarini tiklash uchun plazmali qoplash usulini taklif etgan [10]. Ammo usulni amalga oshirish uchun kerakli materiallar va texnologik jihozlar yetishmasligi sababli ishlab chiqarishga keng joriy etilmagan. Materiallar va uslublar. Bu muammoning asosiy yechimi yeyilgan kolosniklarni qattiqlik, yeyilishga chidamlilik kabi mexanik xossalalri yuqori bo‘lgan materiallar [11] bilan payvandlab qoplab ularning ish resursini oshirish hisoblanadi. Tajribalar o‘tkazish uchun ishchi qismi yeyilgan kolosniklar olindi. Ularning yuzasiga T-590, Z408, Cв-08Г2С, УОНИ-13/45 elektrodlardan foydalanib qoplama qoplandi. Bunda eritib qoplash rejimi: payvandlash toki 90- 110 A, yoy kuchlanishi 24-28 V, tok qutbliligi teskari, elektrod diametri 3-4 mm. Qoplangan yuzalarni kamida 90% kontaktda bo‘lishini ta’minlash uchun namunalar jilvirlash dastgohida maxsusmexanik ishlovberib tekislandi[12]. 1-rasm. Eritib qoplanganjinkolosniklari Eritib qoplangan kolosniklarni yeylishga sinashda “Arrali jin kolosniklarni yeyilishga sinash qurilmasi” dan foydalanildi. Tanlab olingan payvandlash materiallari bilan eritib qoplangan har bir namuna bir hil rejimda 30 daqiqadan yeyilishga sinovdan o‘tkazildi. Kolosnik ishchi yuzada yeyilishi hosil bo‘lishi uc
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada paxta tolasini chigitdan ajratuvchi arrali jin mashinalarining turli omillar ta’sirida ishchi yuzasi yeyilgan jin kolosniklari olinib, ularga tanlab olingan, maxsus yeyilishga chidamli elektrodlar yorda…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada paxta tolasini chigitdan ajratuvchi arrali jin mashinalarining turli omillar ta’sirida ishchi yuzasi yeyilgan jin kolosniklari olinib, ularga tanlab olingan, maxsus yeyilishga chidamli elektrodlar yorda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektrodlar, Jin kolosniklari, yeyilish miqdori, payvandlab qoplash, yeyilishga sinash.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026