Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH VOLEYBOLCHILARNI MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISH
NEW RENAISSANCE · Obidov Sardor Raxmanovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This thesis contains instructions and suggestions on the development of physical qualities of students through volleyball. Key words: volleyball, physical education, student, development, training, result, quality. Har qanday sport turida yuqori sport natijalariga erishishda sportchining jismoniy tayyorgarlik darajasi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, har bir aniq sport turida sportchi jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolari ayni vaqtda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Harakat sifatlari tarbiyalanadigan, harakatlarni yuqori texnikasi va samarali taktikasi amalga oshiriladigan voleybolda ham jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati ancha katta hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bо‘linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri sifatida shug‘ullanuvchilarning tо‘laqonli jismoniy taraqqiyoti va har tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga qaratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik zarur hayotiy malakani takomillashtirishga va asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir. Maqsadi maxsus jismoniy tayyorgarlikning poydevori bо‘lgan umumiy jismoniy tayyorgarlik bazasini yaratishdir. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning vazifalari - asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish, organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish, harakat malakalarining hajmi va ijroiy chegarasini kengaytirish va sog‘liqni mustahkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish, organizmning tashqi va ichki salbiy ta’sirlariga bо‘lgan bardoshini oshirishdan iborat. 135 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Maxsus jismoniy tayyorgarlik - tanlangan sport turida yuqori natijalarga erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir. Vazifalari: -voleybolga xos maxsus harakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch-tezkorlik, chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va h.) rivojlantirish; -о‘yin texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan kombinatsiyalarni rivojlantirish; -о‘yin taktikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan kombinatsiyalarni rivojlantirish; Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va shiddat jihatidan munosib meyorda qо‘llaniladi. Nazariy va psixologik tayyorgarlik: “Psixologiya” - ruhiyat va xislatlarni о‘rganuvchi fanni ifodalaydi. Demak, “psixologik tayyorgarlik” jumlasini о‘rniga “psixik tayyorgarlik” jumlasini qо‘llash aniqroq bо‘ladi deyish mumkin. Jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajaga chiqarishda bir necha muhim shartlarni amalga oshirish darkor. Jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda voleybol sport turi vositasida jismoniy tayorgarlik akmeologiyasini shakllantirish shartlari: - vaqtni tо‘g‘ri tashkil etish; - faol harakatlanish pozitsiyani shakllantirish; - texnika va taktikani tо‘g‘ri qо‘llash; - tezkor fikrlash hamda vaziyatni oldindan kо‘ra bilishga о‘rgatish; - ixtisoslashtirilgan tartibli mashqlar tizimini ishlab chiqish; - mashqlar yuqumliligining yoshga qarab darajalarini aniq belgilash; Akmeologik yondashuv esa uning eng yuqori darajaga chiqish yо‘llarini asoslash bilan xarakterlanadi. Buning uchun: - voleybolga mos bо‘lgan harakatli о‘yinlar orqali rivojlanish dinamikasi va shakllanganlik darajasi bо‘yicha datlabki jismoniy sifatlarini shakllantirishga doir nazariy va amaliy ishlar jarayoni mexanizmi takomillashtiriladi; - progressiv rivojlanishga hamda birinchi navbatda shaxsning professionalizmi va muayyan mehnat subyektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillarni shakllantirish, yosh voleybolchilarning sifat kо‘rinishini о‘zgartirish tizimi ishlab chiqiladi; 136 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Akmeologik xulosalar natijalarining katta amaliy ahamiyati shundaki, ular insonni qanday sharoitlarda intellektual, jismoniy va ma’naviy faollik chо‘qqisiga olib chiqqanligi tо‘g‘risida ma’lumotni ifodalaydi.
Доказательный фрагмент
«This thesis contains instructions and suggestions on the development of physical qualities of students through volleyball.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis contains instructions and suggestions on the development of physical qualities of students through volleyball. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- volleyball, physical education, student, development, training, result, quality, sifat., rivojlanish, natija, о‘quvchi, jismoniy tarbiya, Voleybol, mashg‘ulot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026