Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILAR YOZMA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARINI QO‘LLASHGA TAYYORLASHNING METODIK JIHATLARI
Abduraxmonova Dinara Yusupovna
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan. Mazkur paragrafda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda yozma nutqni shakllantirishga doir metodik yondashuvlar, samarali pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar ko‘rib chiqiladi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida lingvodidaktik kompetensiyani rivojlantirish, yozma nutq faoliyatiga oid mashg‘ulotlarni tashkil etish, baholash va muammolarni bartaraf etish mexanizmlari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Quyida keltirilgan metodlar o‘qituvchilarning o‘quvchilar yozma nutqni rivojlantirish bo‘yicha fundamental pedagogik yondashuvlarga tayyorlashga qaratilgan: 1.Nazariy metodlar. Nazariy metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarga yozma nutq kompetensiyani shakllantirish tamoyillari, lingvodidaktik asoslari va metodologiyasini tushuntirishga qaratilgan. a) Analiz va sintez. Analiz va sintez ilmiy tadqiqotning muhim metodologik asosi bo‘lib, yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish jarayonida tizimli yondashuvni ta’minlaydi. Analiz – yozma nutqiy kompetensiyaga oid ilmiy adabiyotlarni batafsil o‘rganish, ularning nazariy asoslarini ajratib ko‘rsatish va mavjud pedagogik konsepsiyalarni tahlil qilish orqali muayyan xulosalarga kelishga yo‘l ochadi. Mazkur jarayonda yozma nutqiy faoliyatga oid lingvistik, psixolingvistik va didaktik jihatlar kompleks tadqiq etilib, yozma nutqiy kompetensiyaning tarkibiy tuzilishi aniqlanadi hamda uning har bir komponentining mazmun-mohiyati belgilanishi bilan birga, ularning o‘zaro aloqadorlik darajasi baholanadi va pedagogik amaliyotda qo‘llash mexanizmlari 26 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference ishlab chiqiladi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida yozma nutqiy kompetensiyaning o‘quv jarayonidagi roli, uni rivojlantirish metodlari hamda lingvodidaktik tamoyillari aniqlanadi. Sintez tahlil qilingan nazariy manbalar, ilg‘or pedagogik tajribalar va lingvodidaktik konsepsiyalar asosida yaxlit tizimni shakllantirishga yo‘naltirilib, yozma nutqiy kompetensiya rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini belgilash, metodologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish hamda o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish qulaylik tug‘diradi. Yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda analiz va sintezning uyg‘un qo‘llanilishi pedagogik jarayonda kompleks yondashuvni ta’minlayshga qaratilgan. Tahlil orqali aniqlangan ilmiy-nazariy dalillar sintez jarayonida umumlashtirilib, ularning amaliyotga tatbiq etilish mexanizmlari ishlab chiqiladi hamda mazkur jarayonda lingvodidaktik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish, o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatidagi xatolarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish strategiyalarini ishlab chiqish muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Analiz va sintezning birgalikda qo‘llanilishi nazariy hamda amaliy yondashuvlarning integratsiyasini ta’minlaydi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning yozma nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish uchun mustahkam ilmiy asos yaratib berishi mumkin. b) Modellashtirish. Modellashtirish yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan didaktik tizimlarni ilmiy asosda shakllantirish, ularning tarkibiy tuzilishini aniqlash va pedagogik jarayonda samarali integratsiyasini ta’minlaydi. Modellashtirish metodini qo‘llash jarayonidda lingvodidaktik qonuniyatlar, kognitiv psixologiya tamoyillari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik konsepsiyalar ishlab chiqish imkoniayi mavjud. Modellashtirish jarayonida, avvalo, yozma nutqiy kompetensiyaning didaktik asoslari tizimli tadqiq etilib, uning mazmuniy komponentlari va funksional jihatlari aniqlanadi, so‘ngra komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi, pedagogik jarayonda qo‘llanilish darajasi hamda ta’sirchanligi eksperimental tahlil va empirik tekshirish asosida baholanadi. Modellashtirish differensial va integrativ yondashuvlar uyg‘unligi asosida yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning bosqichlari, mezonlari va didaktik shartlarini aniqlab olish kerak. Shakllantirilgan modelning samaradorligini aniqlash esa pedagogik tajribalar, eksperimental tadqiqotlar va empirik ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Didaktik modellar amaliyotga joriy etilgach, ularning ta’limiy jarayondagi natijadorligini turli parametrlar 27 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference bo‘yicha baholash mumkin bo‘lib, bu baholash o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatida yuzaga keladigan dinamik o‘zgarishlar, lingvistik va uslubiy me’yorlarga muvofiqlik darajasi, kognit
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutqiy kompetensiya, Bo‘lajak boshlang‘ich sinf, o‘quvchilarning yozma nutqi, metodik jihatdan tayyorlash., yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026