К содержанию
РецензированоUZ2010

RESPUBLIKAMIZDA ARXIVLARNING SHAKLLANISHI VA TARMOQLI RAVISHDA KENGAYIB BORISHI

RAVISHDA KENGAYIB BORISHI · Muyiddinov Bekali

Современная наука и исследования · 2 · 2010

Аннотация

Through this article, it is thought about the development of the archival sphere in our republic in a wide network by region during the years of independence, about the main tasks of the archives. Key words: Uzbekistan, Archive, Central State Historical Archive of the USSR, cinema, photo, sound documents, scientific and technical documents, personal funds, Bukhara, Samarkand, Kokand, National News Agency of the Republic of Uzbekistan. Hozirgi kunda Respublikamizda 103 ta davlat arxivlari, 116 ta shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi va 7500 dan ortiq idoraviy arxivlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarda 8000 dan ortiq arxiv muassasasi xodimlari faoliyat ko’rsatmoqda. Arxiv muassasalari faoliyatini tashkil etish, boshqarish, ularni huquqiy-me’yoriy asoslari 2010-yil 15-iyun qabul qilingan” Arxiv ishi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonunida o’z aksini topgan. Arxivlar davlat va nodavlat hamda idoraviy, shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari shuningdek shaxsiy arxivlar bo’lishi mumkin. Respublikamiz arxiv tizimida davlat arxivlari asosiy arxiv muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 1958-yili O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi hamda O’zSSR Oktyabr inqilobi va sotsialistik qurilish Markaziy davlat arxivining 540 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 (1931-yilda tashkil topgan) qushilishi natijasida tashkil topdi. 1991-yildan esa O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb nomlanadi. Arxivda milliy davlat chegaralanishiga qadar Turkmaniston, Qirg’iziston va O’zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O’zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanadi. O’zbekiston Respublikasi MDAning asosiy vazifalari: - arxiv yo’nalishi bo’yicha hujjatlar bilan jamlash; - arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy-ma’lumot apparatini rivojlantirish va takomillashtirish; - arxivda saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlovini ta’minlash; - arxivning axborot bazasini kengaytirish; - hujjatlardan har tomonlama foydalanish va ularni nashr qilishni tashkil etish; - arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohalarida ilmiy- tadqiqot ishlar olib borish; - o’z yo’nalishi bo’yicha hujjatlar bilan ishlashda ilmiy-uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 2 milliondan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi nafaqat Respublikamizda balki, Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biri hisoblanadi. Hukumatning 1962-yil 2-iyundagi 403-sonli qaroriga binoan qimmatli yozma manbalarni, tibbiyot hujjatlarini saqlashni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi tashkil qilingan. Keyinchalik ilmiy-texnikaviy hujjatlarga bo’lgan talabni oshganligi sababli, 1965-yilda, mazkur arxivda texnika bo’limi ham tashkil qilindi. XX asrning 60-yillarning o’rtalarida o’lkamizda ilmiy- texnikaviy hujjatlarga talab va qiziqish oshgan davr bo’ldi. 1965-yil 26-martda usha davrdagi hukumat qarori bilan mazkur arxiv O’zbekiston Respublikasi tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy davlat arxiviga o’zgartiriladi. Qarordan so’ng respublikamizda ilmiy-tibbiy va texnikaviy hujjatlarni o’rganish, ularni davlat saqloviga topshirishni tashkil qilish amalga oshirila boshlandi. 1965-yildagi hisobotlarda ko’rsatilishicha, ushbu yildagi hujjatlarning umumiy soni 30000 dan ortiqni tashkil qilgan. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida 146 ta idora va tashkilotlar hujjatlari yig’ilgan bo’lib, jumladan 54 tasi tibbiyot muassasalariga tegishli hujjatlardir. Arxiv bugungi kunda 207907 jamg’arma manbaiga ega bo’lib, shulardan 77782 tasi ma’muriy hujjatlar, 33059 tasi ilmiy- texnikaviy hujjatlar, 94647 tasi kasallik tarixi, 2419 tasi shaxsiy fondlar saqlangan bulsa, 2006 yilga kelib, jami arxiv fondi 285000 taga etgan, ulardan ma’muriy hujjatlar 89963 ta ilmiy-texnikaviy hujjatlar 35080 ta, kasallik tarixi 156500 ta, shaxsiy fondlar 3457 tani tashkil qiladi. Arxivda jami 28 ta xodim mehnat qiladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan arxivlar orasida O’zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi alohida o’rin tutadi. Arxivda hujjatlarning asosiy qismini suratli hujjatlar tashkil qiladi. Ularning eng qadimiylari XIX asrning 70-yillarigi hosdir. 541 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Bu suratlarda Samarqand, Buxoro, Qo’qon shaharlarining ko’rinishlari va har xil diniy urf-odatlarning ko’rinishlari aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivida shu kungacha 16317 saqlov birligida kino hujjatlar, 223052 saqlov birligida suratli hujjatlar, 14040 saqlov birligidan ziyod ovozli hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv hujjatxonalari muntazam ravishda kino, surat va ovozli hujjatlar bilan to’ldirilib turila

Доказательный фрагмент

«Through this article, it is thought about the development of the archival sphere in our republic in a wide network by region during the years of independence, about the main tasks of the archives.»

Образец извлечения

Демо-превью

Through this article, it is thought about the development of the archival sphere in our republic in a wide network by region during the years of independence, about the main tasks of the archives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbekistan, Archive, Central State Historical Archive of the USSR, cinema, ovozli hujjatlar, Buxoro, Samarqand, surat, Qo’qon, O’zbekiston, ilmiy-texnikaviy hujjatlar, shaxsiy fondler, kino, O’zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi., Arxiv, O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники