Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BEMORLAR PSIXOLOGIYASI VA MULOQOT KO’NIKMALARI
Ergashev Bekzod Jaloliddin oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article highlights the secrets of doctors' communication with patients. There are certain conditions for interacting with a patient, of course. A doctor gains the moral right to communicate with a patient only after studying the patient's presumed diagnosis, personality, profession, social conditions, intellectual level, worldview, knowledge level, and external psychological characteristics, and after mentally preparing themselves for this interaction. Keywords: Patient, doctor, medicine. ПСИХОЛОГИЯ ПАЦИЕНТА И НАВЫКИ КОММУНИКАЦИИ Аннотация. В данной статье освещаются секреты общения врачей с пациентами. Безусловно, существуют определённые условия для взаимодействия с пациентом. Врач приобретает моральное право на общение с пациентом только после изучения предполагаемого диагноза, личности, профессии, социальных условий, уровня интеллекта, мировоззрения, уровня знаний и внешних психологических характеристик пациента, а также после психологической подготовки к этому взаимодействию. Ключевые слова: Пациент, врач, медицина. Kirish: Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi. 151 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga «ko'prik» sola olish san'ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi. Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo'lsa, shunga mos maqomda, akademik bo'lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o'zining tuzatib bo'lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to'g'ri keladi. Shifokor bemorni o'rab turgan atrof-muhitga katta e'tibor bermog'i lozim. Uning botiniy va zohiriy ko'rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta'sir o'tkazishi mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo'lishi, albatta, uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu - botiniy ta'sirdir. Zohiriy ta'sir esa bemor atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko'rinadi. Bu ta'sirga, atrofdagi shovqin-suronlar, qo'shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo'Iib tuyulgan tovushi, mimikasi, jestlari ham kiradi. Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko 'z o 'ngida ma 'lum ma'noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z axloq normalarini to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy haqqi bo'Imaydi. Shifokor ma'naviyati deganda, ma'nili fikrlashi, so'zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi. Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo'yishga eng muhtoj narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub'ekt bo'lmog'i kerak. Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste'mol qilmasligi, ya'ni so'zda me'yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga baayni zarur gaplardan so'zlamog'i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:«... Yaxshi so'zlarni so'zlagin, foyda topgaysan, yomon so'zni aytishdan o'zingni tiygin, salomat bo'lgaysan...» Zero, «Inson a'zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat qiladigani til bo'Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir». Material va metodlar: Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va yengil his etishi kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib turadi. 152 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Shifokor bemor ko'nglini ko'tarib agar u yosh bo'Isa, «hali to'yingizda osh yeymiz, xizmat qilamiz», yoshi ulug'roq bo'Isa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko'ngilga yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg'ariyning: «Bilag'on odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so'z ta'sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas. Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi». Nutq og'zaki so'zlashuvga xos bo'lgani bois, u ayrim nuqsondan holi bo'lmaydi. O'zbekiston xalq
Доказательный фрагмент
«This article highlights the secrets of doctors' communication with patients.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the secrets of doctors' communication with patients. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Patient, doctor, medicine, tibbiyot., Bemor, shifokor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026