Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAXMANINOV IJODIDA SHARQONA OHANG XUSUSIYATLARI.
Omonjonova Odinaxon Farruxjon qizi · Sh.E Ibragimova
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, the oriental melodies and their characteristics in the melodies of Rachmaninoff's work, the interest of Russian composers in Eastern countries and the role of oriental melodies in the works of Russian composers are briefly discussed. In Rachmaninov's works, there is talk about oriental principles and the Western-Eastern style of performance that appeared in the composer's works. Kalit so`zlar : Raxmaninov, orientalizm , SHarqona ifoda vositalari, lo`li musiqalari uslublari, ijrochilik manerasi. Ключевые слова: Рахманинов, ориентализм, восточные средства выразительности, цыганский музыкальный стиль, цыганская манера исполнения. Key words: Rachmaninov, Orientalism, Eastern means of expression, Gypsy music styles, performance style. Musiqa san`atida betakror asarlar yaratish va musiqiy asarlarini ijrochi va tinglovchilar qalbidan joy olishi kompozitordan yetuk qobiliyat va juda katta mehnat talab qiladi. Mana shunday qobiliyat egalaridan biri, buyuk kompozitor, mahoratli ijrochi va yirik dirijyor Sеrgеy Vasilеvich Raxmaninov butun jahon 7 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference musiqachilarining kontsеrt rеpеrtuaridan o‛rin olgan yorqin va hissiyotlarga boy asarlarning muallifidir. Uning asarlari o`zining dramatizmi, musiqiy talqini va o`zgacha xarakteri bilan ajralib turadi. Ko`plab janrlarda asarlar bastalagan kompozitorning ijod namunalari turfa xil va rang baranglikka ega bo`lib, har birida Vatan sog`inchi, milliylikni qadrlash g`oyalari ilgari suriladi. Kompozitor turli janrlarda ijod qilganligini yana bir bor ta`kidlash joiz. U opеra va simfoniyalar, vokal-simfonik, orkеstr, kamеr-cholg‛u va fortеpiano uchun asarlar, romanslar va xorlar yozgan. Aynan kompozitorning ijodida sharq ohanglari bilan ajralib turadigan asarlari ham mavjud. XVIII va XIX asrda rus kompozitorlarining Sharq mamlakatlari madaniyatiga bo`lgan juda katta qiziqishi tufayli, sharqona ohanglar rus klassik musiqalarida namoyon bo`la boshladi. Dastlab, M.I Glinka, “Qudratli to`da” va A.G.Rubinshteyn kabi rus kompozitorlari o`z kompozitsiyalarida musiqiy tafakkurlaridan kelib chiqqan xolda sharqona kuylarni 3 xil yo`nalishda kiritishgan: 1) |Asarning sharqona nomlanishi orqali aks ettirish; 2) Sharqona kuylarga hos bo`lgan ifodaviy vositalarni qo`llash orqali sharq ohanglariga o`xshatma (bular kuy ichidagi harakati bilan namoyon bo`ladi: pog`onasimonlik, asosiy tayanch tovushlarni atrofidagi tovushlar bilan qurshab ijro qilinishi, melizmlar va yana bir yorqin vosita - orttirilgan sekunda orqali); 3) Sharq kuylari sitatalaridan foydalanish va o`zgacha uslubda garmonizatsiya qilish; Ushbu uch yo`nalish ko`pincha, birlashganini ko`rish mumkin. Xususan, M.I. Glinka “Ruslan va Lyudmila” operasida “Forscha xor”, Rimskiy- Korsakovning “Shaxrizoda” simfonik syuitasi, Balakirev “Islamey” va boshqa bir qancha kompozitorlarning asarlarini misol keltirish mumkin. Raxmaninov ijodida ham sharq ohanglari va melizmlarni seziladi va kompozitorning ijodiy yo`li davomida sharqona hususiyatlar turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Ahamiyatli tomoni shundan iboratki, Raxmaninovning rus orientalizmi musiqa madaniyatida alohida sahifa deyilsa mubolag`a bo`lmaydi. Raxmaninov Vena klassiklari (Gaydn, Motsart, Bethoven) va rus “Qudratli to`da” vakillaridan farqli o`laroq Sharq musiqasi tamoyillariga ekzotik-etnografik yoki illyuzor orientalistik nuqtai nazardan emas, balki, sharqona uslubning bevosita ifodalari asosida izchil yondashgan. Butun ijodiy jarayonida mazkur uslubni teran anglash va to`laqonli aks ettirishga astoydil intilgan. [1,18-bet] 8 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Raxmaninov asarlarini tahlil qilganda, sharqonalik husuisyatlari, qanday ifodalanganligiga e`tiborni qaratish lozim [4,77-bet]. Kompozitorning ijodidagi Pushkin she`riga yozilgan “Не пой, красавица” (Kuylama sohibjamol) romansida sharqona bo`yoqlar va Birinchi simfoniyada sharq ohanglarini eslatuvchi kichik elementlar va motivlari uchraydi, shu bilan birga ikkinchi fortepiano uchun konsertini birinchi qismi yondosh partiyasining mavzusida ham sharqona ohanglar yangraydi. Bunda Raxmaninov uslubidagi sharq va rus musiqasining qorishib ketganligi va yangi sharqiy jihatning namoyon bo`lishini ko`rish mumkin. Raxmaninov ijodida Sharq musiqasiga xos turfa xususiyatlar quyidagi yo`nalishlarda namoyon bo`ladi: 1) Asar nomining Sharqqa aloqadorligi - aniq ko`rsatilgan bevosita bog`liqlik (misol uchun: “Sharq raqsi”, “Sharq eskizi”, “Tsigancha kaprichio”); 2) Asarning Sharqqa aloqadorligi janran, shaklan yoki usluban ta`kidlangan ramziy bog`liqlik ( “Vokaliz”, “Elegiya”) ; 3) Yuqoridagi 2 xususiyatlarsiz, lekin, sharqona uslub (ritmik usul, kuychanlik, bezaklarning tufa xilligi) ga ega bilvosita bog`liqlik.[1,19-bet] Raxmaninovning sharqga bo'lgan qiziqishi ijodining butun davriga xosdir. Umuman olganda, “rus musiqiy orientallik” kompozitorning turli janrdagi a
Доказательный фрагмент
«In this article, the oriental melodies and their characteristics in the melodies of Rachmaninoff's work, the interest of Russian composers in Eastern countries and the role of oriental melodies in the works of Russian…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the oriental melodies and their characteristics in the melodies of Rachmaninoff's work, the interest of Russian composers in Eastern countries and the role of oriental melodies in the works of Russian… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Rachmaninov, Orientalism, Eastern means of expression, ijrochilik manerasi., orientalizm, Raxmaninov, lo`li musiqalari uslublari, SHarqona ifoda vositalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945