Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
MAHALLIY BYUDJETLARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · OSHIRISH STRATEGIYALARI · Xidirova Dilobar Zayniddinovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 321-338 · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirish strategiyalari tahlil qilinadi. Mahalliy byudjetlar davlat moliya tizimining muhim qismi bo‘lib, ularning barqarorligi hududiy rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning kafolati hisoblanadi. Tadqiqot doirasida moliyaviy barqarorlik tushunchasi ochib berilgan hamda uni ta’minlash bo‘yicha asosiy omillar ko‘rib chiqilgan. Tezisda mahalliy daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, xarajatlarni optimallashtirish, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish kabi strategik yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, mahalliy byudjet tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar va ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: mahalliy byudjet, moliyaviy barqarorlik, byudjet taqchilligi, daromad diversifikatsiyasi, mahalliy iqtisodiyot, byudjet siyosati, innovatsion moliyaviy boshqaruv. Kirish. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi davlatning umumiy iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy barqarorlik, asosan, mahalliy daromadlarning yetarliligi, byudjet mablag‘larining samarali taqsimlanishi va hududiy iqtisodiy o‘sish bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi global iqtisodiy sharoitda, ayniqsa pandemiyadan keyingi davrda, mahalliy hokimiyatlar oldida byudjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan yangi strategiyalar ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Moliyaviy barqarorlik deganda, mahalliy byudjetning o‘z xarajatlarini qoplash, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun yetarli darajada mablag‘ bilan ta’minlanganligi tushuniladi. Barqaror byudjet quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi davlatning moliyaviy tizimi mustahkamligi va hududiy iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liq. Barqaror moliyaviy boshqaruv nafaqat iqtisodiy o‘sishning muhim sharti, balki ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilash uchun ham muhim hisoblanadi. Biroq, ko‘plab hududlarda byudjet taqchilligi, daromadlarning noaniq prognoz qilinishi va mablag‘larning samarasiz 199 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference taqsimlanishi moliyaviy barqarorlikka tahdid solmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ma’lum strategiyalar ishlab chiqish zarur. Boshqa tomondan, byudjet xarajatlarini samarali boshqarish moliyaviy barqarorlik uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Xarajatlarni optimallashtirish uchun davlat mablag‘larini aniq rejalashtirish va ularni maqsadli ishlatish talab etiladi. Ko‘pincha, isrofgarchilik va korrupsiya natijasida mahalliy byudjet mablag‘lari yetarlicha samarali sarflanmaydi. Shu sababli, raqamli byudjet tizimlarini joriy etish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini tatbiq etish shaffoflikni ta’minlaydi. Bundan tashqari, davlatga qarashli aktivlarni, jumladan, binolar va yer maydonlarini samarali boshqarish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish mumkin. Mahalliy byudjetlarning barqarorligini oshirish uchun moliya risklarini kamaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet taqchilligini minimallashtirish va xarajatlarni optimallashtirish orqali moliyaviy risklarni pasaytirish mumkin. Shuningdek, global iqtisodiy inqirozlar va fiskal beqarorlik kabi omillar hududiy byudjet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday sharoitda mahalliy obligatsiyalarni chiqarish va davlat qarz portfelini samarali boshqarish orqali moliyaviy mustahkamlikni saqlash mumkin. Bundan tashqari, byudjetni prognoz qilish tizimlarini joriy etish orqali kelajakdagi moliyaviy tahdidlarni oldindan aniqlash va ularga qarshi tegishli strategiyalar ishlab chiqish lozim. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning yana bir muhim omili hududiy iqtisodiy o‘sish bilan uyg‘unlikda ishlashdir. Mahalliy byudjetlar barqaror bo‘lishi uchun hududiy iqtisodiy rivojlanish doimiy o‘sib borishi lozim. Buning uchun sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash zarur. Masalan, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va soliqlarda ma’lum imtiyozlar berish orqali kichik va o‘rta biznes subyektlarini rivojlantirish mumkin. Shuningdek, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish ham mahalliy byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun daromad manbalarini kengaytirish, xarajatlarni samarali boshqarish, moliyaviy risklarni minimallashtirish va hududiy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish zarur. Ushbu strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali mahalliy byudjetlar barqarorligi mustahkamlanadi, bu esa hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy hokimiyat organlari raqamli texnologiyalar va zamonaviy moliyaviy boshqaruv usullarini joriy etish 200 SOLUTION OF SOCIAL
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirish strategiyalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirish strategiyalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- daromad diversifikatsiyasi, byudjet siyosati, byudjet taqchilligi, mahalliy iqtisodiyot, mahalliy byudjet, moliyaviy barqarorlik, innovatsion moliyaviy boshqaruv.
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025