К содержанию
РецензированоUZ2026

ANTONIMLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI (OʻTKIR HOSHIMOVNING"IKKI ESHIK ORASI"ASARI MISOLIDA)

Hikmatxon Ahmedova · Karimova Go'zalxon

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tilshunosligimizda antonimlarni belgilash mezonlari boʻyicha qarashlar oʻz ifodasini topgan. Antonimlarning oʻziga xos xususiyatlari Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari misolida yoritilgan. Ot , sifat, ravish, fe'l soʻz turkumlari doirasidagi antonimik juftliklarga ushbu asardan misollar keltirilgan. Asardagi leksik antonimlar va yasama antonimlar alohida tahlil qilingan. Maqolada mantiqiy markaz prinsipi haqida maʼlumotlar berilgan hamda bu prinsipga tilshunoslarimizning bildirgan fikrlari ham yoritib borilgan. Kalit soʻzlar: antonim, mantiqiy markaz, ot, fe'l, ravish, sifat, leksik antonim, yasama antonim. Antonim atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, u «qarama-qarshi nom», «zid nom» degan ma’nolarni bildiradi. Demak, antonimlar tillardagi qarama-qarshi ma’noni anglatuvchi so'zlardir. Dunyoda hammanarsa juftlik prinsipiga asoslanganligi ma’lum. Juftlik borligi uchun dunyoda taraqqiyot bor. Lekin har qanday juftlik ham taraqqiyot, rivojlanishning asosi bo'la olmaydi. Faqat bir birini bir vaqtning o'zida ham inkor qiladigan, ham taqozo qiladigan juftlikkina rivojlanish va muvozanat asosi bo‘la oladi. Antonim so‘zlar tilni leksik yarusidagi ana shunday juftlikning oddiy namunasidir Masalan, 1. Bizning hovlimizning devori past , "Qora ammam"ning devori baland ( past- baland).2. Mehr bilan qahr - orasi bir qadam ( mehr- qahr). 3. Oqsoqol bilan bobom uzun- qisqa boʻlib koʻcha eshikdan chiqib ketishdi ( uzun- qisqa). Til birliklarining oʻzaro zid munosabatdagi maʼnolarini anglatishi asosida guruhlanishiga antonimiya deyiladi. Antonimiya ikki til birligi orasidagi munosabatga asoslanadi. Bulardan biri ikkinchisiga nisbatan antonim boʻlib, ikkisi birlikda antonimik juftlikni hosil qiladi. Sinonimiya qatorida ikki va undan ortiq til birligi qatnashadi. Chunki ular ayni bir voqelikni nomlaydi, ifodalaydi. Antonimiya munosabatida esa ikki til birligi qatnashadi, chunki bunday munosabat biri ikkinchisining aksi boʻlgan voqelikni nomlaydigan til birliklari orasida voqe boʻladi. Antonim juftliklarning har biri oʻz sinonimiga ega boʻlishi mumkin. Bu 160 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ularning turli uslubga xosligidan kelib chiqadi. Sinonimlar va antonimlar oʻzaro zid bogʻlangan. Til birliklarining uslubiy xoslanganlik qonuniyati sinonim va antonimlarni oʻzaro bogʻlab turadi. Masalan : Yer bilan osmon antonimik juftlik. Osmon leksemasi bilan sinonimik qator hosil qiladigan koʻk, falak kabi leksemalar yer leksemasi bilan antonimik juftlik boʻla oladi. 1. Yerga qoʻysam chang, osmonga qoʻysam gard yuqadi, deymi.2. Yoʻq! Zuhra kelin yerdayam yoʻq, koʻkdayam ! Adabiyotlar tahlili va metodologiya Tilshunoslikda antonimlar mavzusi toʻla oʻrganilmagan temalardan biridir. Uning tildagi ifodasi antonimiya nomi ostida talqin qilinib, koʻplab ilmiy ishlar maydonga keladi.Antonimlar mavzusi boʻyicha rus tilshunosligida 30 dan ortiq ilmiy ish yaratilgan. Rus tilida antonimlarga oid toʻplangan boy materiallarning mahsuli sifatida, rus tilshunosligida birinchi marta 1971- yilda taniqli tilshunos olim L.A.Vvedenskaya tomonidan yaratilgan. 1972- yilda antonimik lugʻat nashr etildi. Turkologiyada antonimlar haqida bir qancha maqolalar yozilgan, darsliklarda dastlabki umumiy ma'lumotlar berilgan boʻlsa- da , mazkur temaga bagʻishlangan monografik asarlar 1970- yillar davomida maydonga kela boshladi. Birinchi navbatda qozoq tili antonimlarini maxsus oʻrgangan Musinning hamda ozarbayjon tilidagi antonimlarni tahlil qilgan K.A.Talibovning ilmiy tekshirish ishlarini koʻrsatib oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbek tilshunosligida esa antonimlar haqidagi ilk qarashlar S. Mutallibov va S.Usmonovlarning maqolalarida oʻz ifodasini topgan . Keyinchalik R.Shukurov hamda B. Isabekovlar antonimlar mavzusida ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Antonimlarning tuzilishi jihatidan turlarga ajratish masalasi ham toʻliq oʻz yechimini topmagan. Nemis tilidagi antonimlarni oʻrgangan V.M.Zavyalova va ozarbayjon tilshunosi K.A.Galibovlarning ishlarida bu masalaga alohida etibor berilgan. Zavyalova nemis tilidagi antonimlarni tuzilish jihatidan 8 turga boʻladi. 1) har ikki komponenti juft soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ; 2) bir komponenti tub, ikkinchisi yasama soʻzlardan tashkil topgan antonimlar; 3) bir komponenti tub, ikkinchi prefiksli soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ; 4) bir komponenti suffiksli, ikkinchi prefiksli soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ; 5) har ikki komponenti prefiksli soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ; 6) bir komponenti suffiksli-prefiksli , ikkinchi prefiksli soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ; 161 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 7) bir komponenti suffiksli , ikkinchi qoʻshma soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ) 8) har ikki komponenti qoʻshma soʻzlardan tashkil topgan antonimlar . K.A. Talibov esa, ozarbayjon tilidagi antonimlarni tuzilish jihatdan 6 turga ajratadi: 1) har ikki komponenti tub soʻzlardan tashk

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tilshunosligimizda antonimlarni belgilash mezonlari boʻyicha qarashlar oʻz ifodasini topgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tilshunosligimizda antonimlarni belgilash mezonlari boʻyicha qarashlar oʻz ifodasini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ravish, antonim, yasama antonim., fe'l, leksik antonim, ot, sifat, mantiqiy markaz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники