Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ VA GʻARB NOTIQLIGINING KISHILIK JAMIYATIDAGI O‘RNI
NEW RENAISSANCE · Barnoyeva Moxichexra Otabek qizi
Современная наука и исследования · 2 · 73-82 · 2025
Аннотация
This article talks about the art of oratory, which is considered one of the main features of official communication, and provides a lot of information about the countries that laid the foundation stone for the civilization of oratory, speakers and preachers, writers and thinkers who contributed to the development of rhetoric. It also provides information about the factors that are the basis for the emergence, development, and development of the art of oratory. Keywords: Oratory, orator, preacher, formal communication, oratory, civilization, Eastern and Western oratory. Muloqot insonning ijtimoiy ehtiyojlaridan biri hisoblanib,aloqa oʻrnatish, maʼlumot almashish,xabar berish, fikrlarni bayon qilish, istaklarini bildirish,birgalikda faoliyat olib borish uchun ishlatiladi. 331 NEW RENAISSANCE 2025 FEBRUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 2 Kishilik jamiyatining dastlabki davlaridanoq, insonlar muloqotga kirishi uchun turli xil tovush va vositalardan foydalanishgan. Inson ongi va tafakkurining taraqqiy etish jarayonida, muloqotga kirishish koʻnikmasi ham shakllanib,rivojlanib, gurkirab bordi. Bugungi kunda, muloqot tushuncha orqali verbal va noverbal vositalar,shu jumladan ogʻzaki va yozma (grafik tasvirlar, infografika, xaritalar va diagrammalar kabi), shuningdek,turli singnallar va xatti-harakatlar orqali xabarlarni insonga yetkazish va qabul qilish jarayoni tushuniladi. Inson nutqiy faoliyati uning dunyoqarashi,kelib chiqishi, madaniyati,ijtimoiy mavqei,bilim tajribasidan kelib chiqqan holda yuzaga keladi.Muloqot jarayonida inson o’z ehtiyojidan kelib chiqib rasmiy yoki norasmiy muloqotga kirishadi. Rasmiy muloqotning rivojlanish nuqtasi esa notiqlik san’ati yaʼni ritorika bilan uzviy bog’liq hisoblanadi. Notiqlik san’atidan mohirona foydalanish soʻzlovchining tinglovchilar bilan yaxshi munosabat oʻrnatilishiga ko’zlangan maqsadga oson va tez erishishiga tinglovchilar auditoriyasini notiqni qo’llab-quvvatlashlariga,yaxshi munosabat bildirishiga yordam beradi. Gʻarb notiqligi qadimiy Yunoniston va Rimdan kelib chiqqan bo'lib, ularning ijtimoiy tizimlarida va siyosiy muhitlarida muhim oʻrin turgan. Gʻarbda oratorlik san’ati har doim ham mantiqiy, rasyonallik va tuzilganlikka asoslangan. Notiq odatda aniq, tartibli va puxta dalillarga asoslanib, auditoriyani ma'lum bir qarorga keltirishga intiladi. Sharq notiqligi esa o'zining noyob xususiyatlari bilan ajralib turadi. Sharq madaniyatida oratorlik tushunchasi ko'pincha ruhoniy, diniy va ma'naviy sohalar bilan chambarchas bog'liqdir. Sharq notiqligi ko'pincha hikoyalar, she'rlar, majozlar, misollar va dostonlardan foydalanishni lozim topadi. Ularning asosiy maqsadi auditoriyaning qalbini va ruhini uyg'otish hisoblanadi. Sharq notiqlik an'analarida tahlil yoki mantiqiy isbotlarga qaraganda, ko'proq hissiyot va axloqiy ta'limotlarga asoslanadi. Masalan,Islom dini va Qur'onni o'rganish jarayonida notiqlar diniy haqiqiyatni va etika tamoyillarini auditoriyaga yetkazishda hikoya va tasvirlardan keng foydalanadilar. Sharq notiqligining yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki,u ko'pincha uzun va tafsilotlarga boy bo'lib, auditoriyani ruhiy jihatdan qo'zg'atish va ularga ma'naviy o'sish yo'nalishini ko'rsatishga intiladi. Ritorika tushunchasi yunoncha tildan olingan bo'lib notiqlik, notiqlik san'ati keng maʼnoda uni badiiy asar haqidagi fan deb hisoblanadi. Ritorika tushunchasi birinchi marta miloddan avvalgi 4-5-asrlarda Yunonistonda vujudga kelgan va izlanishlar olib borilib fan sifatida rivojlangan. 332 NEW RENAISSANCE 2025 FEBRUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 2 Yunonistonda yetishib chiqqan va jahon notiqlik san’atida oʻchmas iz qoldirgan Demosfen, Aristotel, Sitseron, Perikl, Plutarx, Lisiylar notiqlik sanʼatining yuksak va mashhur namoyandalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, Sitseronning “Notiqlik haqida”, “Notiq” , “Brut” asarlari, Aristotelning “Ritorika” asarlari Gʻarb va Sharq davlatlarida notiqlik sanʼatining yuksak darajada rivojlanganligiga yaqqol misol boʻla oladi. Voizlik – bu diniy va ma’naviy ta'limotlarni, odatda jamiyat aʼzolari oldida nutq yoki ma'ruza orqali yetkazish san’ati hisoblanadi.Vaʼz soʻzlovchilar vozilar deyiladi.Voizlik diniy ma'ruzachilik, ta'lim berish va diniy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan auditoriyani o'rgatish, ularga axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni tushuntirishga qaratilgan. Voizlik sanʼati, ayniqsa, Islomda, Xristianlikda va boshqa ko'plab diniy an'analarda muhim o'rin tutadi. Diniy rahbarlar yoki din odamlarining so'zlari ko'pincha jamoatni birlashtiruvchi, ma'naviy qadriyatlarni va madaniyatlarni mustahkamlovchi vosita sifatida ishlatiladi. Voizlik sanʼatining tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi.Butun dunyo bo'ylab turli diniy konfessiyalar va madaniyatlarda o'ziga xos shakllari mavjud. Oʻrta Osiyoda tugʻilib,oʻsib,oʻz faoliyatini boshlagan,ijodlari bilan dunyoga tanilgan bobokalonlarimiz Alisher Navoiy,Abu Nasr Farobiy , Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy ka
Доказательный фрагмент
«This article talks about the art of oratory, which is considered one of the main features of official communication, and provides a lot of information about the countries that laid the foundation stone for the civiliz…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the art of oratory, which is considered one of the main features of official communication, and provides a lot of information about the countries that laid the foundation stone for the civiliz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oratory, orator, preacher, formal communication, oratory, civilization, Eastern, voizlik sanʼati, Notiqlik sanʼati, Sharq va Gʻarb notiqligi., voiz, notiq, rasmiy muloqot, sivilizatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026