К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAVKAT RAHMON IJODIDA JADIDCHILIK G‘OYALARI

GulasalKurbanova Dilshodbek qizi

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada O'zbekiston Xalq shoiri Shavkat Rahmonning ijodiy yo‘li, shoirning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos badiiy mahorati, she'rlarida jadidchilik go'yalarining ilgari surilganligi, vatanni uyg'otishga bo'lgan da'vat. She'rlaridagi o'ziga xos shakl va mazmun. She’riyatida qo‘llanilgan she’riy san’atlarva ijodkorningo‘ziga xos qarashlari bayon qilinadi. Kalit so'zlar:Barmoq vazni, g'oya va mazmun, jadid, jadidchilik, hurlik, misra, bayt, band, turoq, irsolimasal, nido, shahid, tatalitar tuzum, SESSRdavri, sovetlar. Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetuk vakillaridan biri Shavkat Rahmondir. XX asr o’zbek adabiyotini o’zining jo’shqin va betakror she’rlari bilan bezagan millatparvar shoir Shavkat Rahmon hayoti qisqadavom etgan bo’lsada, o’zbekshe’riyatida o’chmas izqoldira oldi. Shavkat Rahmon qalamiga mansub she’rlarni o’qir ekansiz, uning chuqur dard ila bitgan har bir misrasida millat hayoti va davr qiyinchiliklari tasvirlanganini guvohi bo’lasiz. Shavkat Rahmonning yuragida ulkan azob, mehr, og‘riq, sevgi va dard yotadi. Buning dalilini esa uning she’rlarida ko‘rishimiz mumkin. Zero, Shavkat Rahmonning ham o‘z hayoti, o‘z armonlari va quvonchlari bo‘lgan. Garchi shunga qaramasdan ijodkor Vatan dardi bilan yashagan. Vatan ravnaqi uchun, xalqni uyg'otish uchun qo'lidan kelganicha o'z she'rlari ila doimo olg'a borgan. U saksoninchi yillarda yashab, ijod qilgan. Bu davr, “bir tomondan, sho‘ro mamlakatida yangi ijtimoiy yangilanish zaruratining sezilishi, ikkinchi tomondan, o‘zbek adabiyotiga shu sezgi bilan ulg‘ayish yo‘liga kirgan yangi avlodning kirib kelishi milliy-badiiy tafakkurning yangilanishiga imkon yaratadi. Shu ma’noda saksoninchi yillar o‘zbek she’riyatining peshqadam vakillaridan biri — Shavkat Rahmon ijodini o‘rganish nafaqat individual shaxs sifatida, balki XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos davri bo‘lgan yetmishinchi-saksoninchi yillar avlodi ijodining mavzu mundarijasi, uslubiy-shakliy izlanishlari borasida ham nazariy xulosalar chiqarishga imkon beradi”.[1:24-25 ]Shavkat Rahmon 20-asrning 70-yillar oxiri o'zbek she'riyatiga o'z she'rlari bilan kirib keldi. Uning she'rlarida zamon bilan nomutanosiblik, o'z davriga isyon, qarshilik kabi g'oyalar namoyon bo'ladi. Sh.Rahoman sokin shoir emas, aksincha, zamonasi bilan murosa qila olmagan, olov va otash kabi bir ijodkordir. Sh.Rahmon ijodida xuddiki yigirmanchi asrimizning jadidlariga xususan, Munavvarqori, Cho'lpon, Fitrat, Qodiriylarga xos bo'lgan, hurlik, erk va ozodlik g'oyalari ko'zga tashlanadi. Chunki Sh.Rahmon yashagan davr tatalitar tuzum davri(tatalitar-savetlar davri)edi. Uning daslabki she'riy to‘plami– “Rangin lahzalar”(1977).“Yurak qirralari”(1981), “Ochiq kunlar”(1984), “Gullayotgan tosh”(1985), “Uyg‘oqtog‘lar”(1986), “Hulvo”(1988), “Saylanma’(1997) singari she'riy kitoblari e'lon qilingan. ”[2] Sh.Rahmon to'plamlaridagi she'rlarini o'qib, kuzatib, tahlil qilarkanmiz XX asr boshidagi jadidlarning g'oyalari ilgari surilganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Masalan, Abdulla Qodiriy "Keling yoshlar, ziyolilar bu kun g'ayrat qiling. Uxlaganlarni agar qodir esak uyg'otamiz", degan bo'lsa, Munavvarqori Abdurashidxonov esa "Qo'zg'olingiz, ey o'rtoqlar! Keldi bizga ishlash chog'i, Biz barchamiz yosh ishchimiz, ishxonamiz—maktab bog'i", deydi. [8:18]Abdurauf Fitrat esaquyidagi she'rni aytadi: Og'ir yigit, sening go'zal, nurli ko'zingda 243 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Bu millatningsaodatin, baxtin o'qudim. O'ylashingda, turishingda hamdao'zungda Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko'rdim. Turma–yugur, tinma–tirush, bukikma–yuksal, Hurkma–kirish, qo'rqma–yopish, yo'rilma–qo'zg'al. [7:39] Bundan ko'rinib turibdiki, boshqa jadidlar ham yuqoridagi xitoblari ila xalqni, millatni uyg'onishga, qo'zg'alishga, o'z erk-u ozodligiga erishishga da'vat qilishgan. Demakki, Sh.Rahmonni ham jadid deb aytish mumkin. Bilmizki, 70-yillarda she’riyatimizga yangicha ruh, ohang bilan, chin ma’nodagi hurlikni madh qilib chiqqan shoirlardan biri Shavkat Rahmon edi. Garchi u paytda hali SESSR davri bo‘lgan, boshimizda hali sovetlar turgan bo‘lsa ham ijodkor chin ma’nodagi, ichki bir tug‘yon bilan erkni tarranum qila olgan. Demakki, shunday bir qaltis davrda Sh.Rahmon o‘zining yangi ovozi bilan kirib keladi. Shuning o'zi ham uni xalq uchun kurashgan jadidlar timsoliga mengzash uchun yetarlidir. Endi esa biz Sh.Rahmon ijodida jadidchilik g'oyalari qanday ilgari surilgani, o'zi jadid va jadidchilik so'zlari nimani anglatishi haqida to'xtalib o'tamiz. "Jadid (arabcha–yangi, boyagi, oxirgi ) atamasi yangilik tarafdori, jadidchilik harakatining qatnashchisi ma'nol

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O'zbekiston Xalq shoiri Shavkat Rahmonning ijodiy yo‘li, shoirning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos badiiy mahorati, she'rlarida jadidchilik go'yalarining ilgari surilganligi, vatanni uyg'otishga bo'lgan d…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O'zbekiston Xalq shoiri Shavkat Rahmonning ijodiy yo‘li, shoirning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos badiiy mahorati, she'rlarida jadidchilik go'yalarining ilgari surilganligi, vatanni uyg'otishga bo'lgan d… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Barmoq vazni, g'oya va mazmun, jadid, jadidchilik, hurlik, misra, bayt, band, turoq, nido, sovetlar., tatalitar tuzum, irsoli masal, shahid, SESSR davri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники