К содержанию
РецензированоUZ2024

Eksport-import shartnomalarini tuzishda “smart-contract” texnologiyasidan foydalanish samaradorligi

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI · Ismatullayeva Shoira Nurlibekovna

Значение цифровой экономики и технологий искусственного интеллекта в развитии общества · 5 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada aqlli shartnomadan foydalanilgan holda eksport- import operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlari an’anaviy shartnoma tuzish jarayonlaridan tubdan farq qilishini, shuningdek aqlli shartnomalarni boshqarish an’anaviy shartnomalarni nazorat qilishdan ancha avfzal ekanligi tizimli o’rganib chiqilgan. Shu o’rinda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda mazkur texnologiyaning o’rnini chet el mamakatlari tajribasi misolida keltirib o’tilgan. Olingan ma’lumot va tajribalarni tadbiq etish mobaynida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy jihatlarga to’xtalib o’tilgan. Kalit so`zlar: raqamli texnologiyalar, blokcheyn, aqlli shartnoma, eksport-import. Kirish. Hammamizga ma’lumki, tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan eksportimport jarayonlari biznesni kengaytirishda, tashqi savdo faoliyatida o’z o’rniga ega bo’lishda, tovar brend nomini tanitishda va daromadini oshirishda muhim sanaladi. Ammo, boshqa mamlakat tadbirkorlari bilan o’zaro a’loqa o’rnatish va bizness jarayonlarini boshlash har doim ham ishonchli bo’lavermaydi. Shuningdek, tuzilgan bitimdagi shartlarni to’liq va to’g’ri bajarilishini doimiy monitoring qilish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ortiqcha vaqt va mablag’ sarflanishiga olib keladi. Biznesni davom ettirish uchun eksportchilar ham, importchilar ham birbiriga o’zaro ishonch bildirishlari lozim. Ta’minot zanjirida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf qilishda maqbul texnologiyalarni to’g’ri tadbiq qilish muhim sanaladi.Hozirgi kunda Jahon bozorida katta yutiqlarga erishgan blokchey texnologiyasi shular jumlasidandir. Blokcheyn texnologiyasi markazlashtirilmagan, xavfsiz va shaffof raqamli tarmoqlarni yaratish imkonini beruvchi inqilobiy raqamli hisob tizimidir. Blokcheyn texnologiyasi taqsimlangan kompyuterlar tarmog'ida saqlanadigan buzg'unchilikka qarshi yozuvlarni yaratishga imkon beradi, bu esa har qanday ma'lumotlarni o'zgartirish yoki o'chirishni deyarli imkonsiz qiladi. Bu xususiyat uni ko'plab sohalarda, jumladan moliya, sog'liqni saqlash, ta'minot zanjiri boshqaruvi va hatto ovoz berish tizimlarida tobora ommalashishiga olib kelmoqda.[4] Blokcheyn texnologiyasi turli xil imkoniyatlarni taqdim etadi, ulardan biri “smart contract” ya’ni “aqlli shartnomalar”dir. Aqlli shartnomalar boshqa mamlakatdagi mijozlar va biznes hamkorlar bilan ishlash uchun juda mos keladi, chunki ular o'zgarmas va taqsimlanadi. 22 “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston 1996 yilda Nik Sabo tomonidan birinchi marta Aqlli shartnoma tushunchasi taklif etilgan. Bitkoin piring to'lov tizimi 2008 yilda blokcheyn texnologiyasi orqali amalga oshirilishi aqlli shartnoma nazariyasini hayotga tadbiq etish uchun qulay sharoit yaratib berdi. Ammo havfsizlik nuqtai nazaridan uni tadbiq etish keng ko’lamda amlga oshirilmagan. 2013 yilga kelib Ethereum platformasini ishga tushirilishi aqlli shartnomalarni tadbiq etilishiga yo’l ochib berdi. 2016yilda Uoll-strit yirik banklari aksiyalarni ayirboshlashda va undan keyingi operatsiyalarni amlga oshirishda aqqli shartnomalarni o’z ichiga olgan blokcheyn texnologiyasidan muvaffaqiyatli foydalangan. “Smart contract” atamasi ilk bor paydo bo’lgandan keyin yillar damonida ko’plab ta’riflar keltirib o’tilgan. Xususan, A. N. Yakubovning ishlarida ““smart contract” – “aqlli shartnoma” bu – taraflardan kamida bittasi shaxs bo’lmagan, tuzilishi va amalga oshirilishi to’liq avtomatlashtirilgan, muallifining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgan deb hisoblanishi uchun yetarli bo’lgan hatti-harakatlarni sun’iy intellect yordamida baholaydigan, avvaldan yaratilgan dasturiy ta’minot va algoritmlarga asoslangan, yaratuvchisida shartnomaviy munosabatlar birga mualliflik huquqini paydo qiladigan elektron shartnomadir” – deb tushuncha bergan.[9] Aqlli shartnoma blokcheyn dasturi kodining bir qismi bo'lib, tranzaksiyaning barcha shartlarini belgilaydi. Faqat ular jismonan emas, balki bitimni tuzuvchi ishtirokchilarga biriktirilgan elektron imzodan foydalangan holda imzolaydilar. Aqlli shartnomada ko'rsatilgan barcha shartlar majburiydir. Faqat ular to'liq bajarilgandan so'ng, tranzaktsiya tugallangan deb hisoblanadi va ikkala tomon ham natijani oladi. Asosiy qoida shundaki, aqlli shartnoma algoritmi to'liq bajarilishi kerak. Aqlli shartnomalarning 2017-2023 yillardagi jahon bozoridagi holati Aqlli Umumiy Transaktsiyalar dApps Yil shartnomalar kapitalizatsiya Izohlar hajmi (mlrd $) soni soni (mlrd $) Ethereum ishga tushgandan 2017 ~1,000 10 ~100 30 keyin o'sish Kriptovalyutalar 2018 ~5,000 15 ~300 15 bozori pasayishi DeFi ga 2019 ~10,000 25 ~500 30 qiziqish qayta tiklanishi DeFi va NFT 2020 ~20,000 50 ~1,000 70 larning keng qo’llanilishi Kapitalizatsiya 2021 ~50,000 150 ~2,500 200 va loyihalar rekord o'sishi 23 “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada aqlli shartnomadan foydalanilgan holda eksport- import operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlari an’anaviy shartnoma tuzish jarayonlaridan tubdan farq qilishini, shuningdek aqlli shartnomalarni boshqa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada aqlli shartnomadan foydalanilgan holda eksport- import operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlari an’anaviy shartnoma tuzish jarayonlaridan tubdan farq qilishini, shuningdek aqlli shartnomalarni boshqa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital technologies, blockchain, raqamli texnologiyalar, export-import, экспорт-импорт, блокчейн, blokcheyn, цифровые технологии, смарт-контракт, aqlli shartnoma, smart contract, eksport-import
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники