К содержанию
РецензированоUZ2025

Tibbiyotda pediatriya deontologiyasi

UZBEKISTAN” JURNALI · Saxibova Mavlyuda Djurayevna · Baxavadinova Zamira Muxamattairovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Pediatriya bolaning o'sish va rivojlanish davrlarini, bola hayotining har bir yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishlarni o'rgatadi. Shu sababli bolaning klinik anatomiyasi to'g'risidagi bilimlar o'z vaqtida tekshirish usullarini o'tkazish va olingan natijalarni baholashga asos bo’ladi. Bundan tashqari, asosiy anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish, bolaning kun tartibi va hayot muhitini aniq tashkillashtirishga asos bo’ladi. Pediatr bola va uning ota - onasi bilan doimiy muloqotda bo’ladi. Bolalar shifokori yaxshi psixolog va pedagog bo'lishi kerak. Bu unga ota - ona va bemor oldida o'z obro'sini ko'tarishga yordam beradi, natijada bolani tezroq tuzalishiga olib keladi. Bola organizmi nozik bo’ladi, shuning uchun bolani parvarishlash tartibi buzilsa, bola tez-tez kasallanadi. Bola injiq, yig'loqi bo'lib qoladi, sizga ko'rinishdan bosh tortadi. Ammo siz bolani chuqur ko'rikdan o'tkazishingiz, to'g'ri tashhis qo'yishingiz va davolashingiz shart. Kalit so`zlar:Pediatrlar tayyorlash, sub'ektiv va ob'ektiv turlar,Tekshirishning obektiv, Bolalar salomatli, kasalliklarning oldini olinishi. Shifokor va bemor o'rtasidagi o'zaro munosabat faqatgina bemorning individual xususiyatiga bog'liq bo'lmasdan, balki uning ruhiyatiga, shaxsi va shifokorni o'zini tutishi, umumiy va professional madaniyati, etika va deontologiya usullariga rioya qilishga ham bog'liqdir. Etika - deontologiya usullarining shakllanishi, bo'lajak shifokor dunyo qarashi va uning kasbiy bilimlari asoslari, tibbiyot oliygohiga kirgandan boshlanadi. Deontologiya - bu tibbiyot xodimining 354 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bemorga nisbatan bolgan professional (kasbiy) va ahloqiy majburiyatlari va tibbiy xodimning huquqlari to'g'risidagi ta'limotdir. Bemor bilan muloqot aniq psixologik holatni talab qiladi. Shifokorning professional faoliyati, shifokorni bemor bilan bo'lgan professional muloqoti, tibbiyot va san'at o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikdan dalolat beradi. Bemor bilan uchrashganda avval salomlashish kerak va suhbatlashishga ruxsat so'rash kerak. Har doim shifokor o'zini tanishtirishi lozim. Bemorni muloqotga kirishishiga yo’rdamlashishi va bemorga yogimli tarzda suhbat o'tkazishi kerak (bemordan nimadan shikoyatlari borligi; o'zini his qilishi; ishtahasi; uyqu ritmi haqida so'rash lozim). Ko'proq eshitish, doimo ochiq suhbatlashishga moyillik tug'diradi. Bolajak tibbiyot xodimi bemorni eshitish san'atiga ega bo'lishi kerak. Shifokor - bemor - ota-ona - shaxslararo munosabatning o'ziga xos uchburchagini hosil qiladi. Bu uchburchak bir xil tenglikga ega emas, uning uchlari bir xil belgili munosabatlarda joylashmagan. Shifokor kasal bolaga nisbatan katta javobgarlikga ega, uning kasallanishi qo'rquv, bezovtalik, ota - onasining doimiy zo'riqishi, kasalning tez xafa bo'lib qolishi oddiygina ta'sirlarga xam reaksiya ko'rsatishi mumkin. Bola doimo oq xalatlilarga nisbatan qo'rquv bilan qaraydi, chunki oq xalat unda og'riq xissini eslatadi. Shifokor ko'rigidan avval, bola bilan muloqot topish kerak, uni o'ziga o'rgatish, diqqatini chalg'itish lozim. O‘zbekistonda pediatriya sohasida bir qancha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Bular orasida: 1. Pediatrlar tayyorlash va malakasini oshirish: O‘zbekistonda pediatrlar va tibbiyot xodimlari uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etilgan. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida pediatriya bo‘yicha ta'limning sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2. Bolalar uchun sog‘liqni saqlash xizmatlarini kengaytirish: Pediatrik klinikalar va kasalxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yangi tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlash. Ayniqsa, maxsus bolalar uchun reabilitatsiya markazlari va onkologiya bo‘limlarining qurilishi kuchaymoqda. 3. Bolalar o‘limi va kasalliklarni kamaytirish: Bolalar o‘limi darajasini kamaytirish uchun profilaktika tadbirlari, vaksinasiyalar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Erta diagnostika va tibbiy yordamni samarali taqdim etish muhim o‘rinda turadi. 355 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 4. Pediatriya bo‘yicha tibbiy yordamning raqamlashtirilishi: Raqamli texnologiyalar yordamida pediatriya sohasida onlayn maslahatlar, elektron sog‘liqni saqlash tizimlari joriy qilinmoqda. Bu o‘z navbatida bolalarning tibbiy yordamga tez va oson kirishini ta'minlashga yordam bermoqda. 5. Onkologiya va nevrologiya sohasidagi innovatsiyalar: Bolalar orasidagi qiyin kasalliklarni, xususan onkologik va nevrologik kasalliklarni davolash uchun yangi usullar, dori vositalari va innovatsion tibbiyot texnologiyalarini joriy etish. 6. Bolalar salomatligini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari: Davlatning bolalar salomatligini saqlashga qaratilgan maxsus dasturlari,

Доказательный фрагмент

«Pediatriya bolaning o'sish va rivojlanish davrlarini, bola hayotining har bir yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishlarni o'rgatadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Pediatriya bolaning o'sish va rivojlanish davrlarini, bola hayotining har bir yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishlarni o'rgatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pediatrlar tayyorlash, Bolalar salomatli, sub'ektiv va ob'ektiv turlar, Tekshirishning obektiv, kasalliklarning oldini olinishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники