К содержанию
РецензированоUZ2012

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING INGLIZ TILIDA YOZISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR

Abduxalimova Sevaraxon Burxonjon qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2012

Аннотация

Ushbu maqola maktablarda, boshlang’ich sinflarda yosh bolalar bilan ishlash, ularga ingliz tilida yaxshiroq ta’lim olishlari uchun, xususan, chet tilida yozish ko’nikmalarini mukammalroq o’zlashtirishlari uchun zarur bo’lgan o’qitish usullari va zamonaviy yondashuv keng muhokama qilingan. Kalit so’zlar: Yozma nutq, Grammatik bilim, rasmli ko’rgazmalar, sevimli mavzu, ibora, so’z boyligi. Bugungi jadal rivojlanayotgan mustaqil yurtimizda barcha sohalar singari ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, rivojlantirish, o’sib kelayotgan ertamiz egalari-yosh avlodn har tomonlama barkamol, ma’nan va jismonan yetuk qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasida ko’tarilganligi barchamizga sir emas.Shu o’rinda yoshlarga butun dunyoda o’z bilim salohiyatlarini ko’rsatishlari, mustaqil O’zbekiston farzandlari hatto eng rivojlangan davlar yoshlari bilan ham har sohada raqobat qila olishlari uchun bugun yurtimizda yetarli shart-sharoitlar mavjuddir. Yoshlar uchun dunyo sahnalariga keng yo’l ochib berish maqsadida deyarli har kuni ko’plab yangi qaror, farmoyish va turli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Yuqoridagi fikrlar dalili sifatida shuni aytish mumkinki, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 2012-yil 10-dekabrda ,,Chet tillarini o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi qarorlari ishlab chiqildi. Aynan manashu qaror ham yoshlarga kelajakning yana bir yorqin eshigini ochdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamiz bo’ylab ta'lim muassasalarida chet tillarini, jumladan, ingliz tilini yanada chuqurroq o’rgatish chora–tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Chindan ham dono xalqimiz: Agar sen bitta tilni bilsang, sen bitta odamsan va yoxud 2 yoki undan ko’p tillarda muloqot qila olsang bilginki, sen ana shuncha odamsan”deb bekorga aytishmagan. Darhaqiqat, bugungi kunda ingliz tili kabi butun dunyoda tan olingan dunyoviy tilni bilish bizga juda ko’p imkoniyatlar taqdim etadi. Qolaversa, bu-bugunning ya’ni ulkan globallashuv va jadal rivojlanish jarayoni ro’y berayotgan texnika asrining talabidir. Bugun til o’rganmoqchi bo’lgan inson shu tilga oid online, offline dars mashg’ulotlarini, maslahat va hatto treyninglarni internet tarmog’i orqali topishi mumkin. Ammo oldimizda turgan yana yechilishi lozim bo’lgan masala bu- yosh bolalarga ingliz tilini har tomonlama mukammal, tez va samarali o’rgatishga qaratilgandir. Bilamizki, ingliz tilining tinglab tushunish, o’qib tushunish, og’zaki nutq ko’nikmalari va yozma nutq ko’nikmalari kabi to’rtta asosiy ko’nikmalari mavjud bo’lib, bularning har biri o’rganuvchidan alohida kuch, salohiyat, mas’uliyat va harakat talab etadi. Ayni paytda ingliz tilining “yozma nutq ko’nikmalari” ga to’xtaladigan bo’lsak, o’quvchida bu ko’nikmani shakllantirish til o’rganish jarayonidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Negaki, bu ko’nikma o’quvchi haqida, uning umumiy bilimi, chet tilidagi salohiyatini namoyon etishda katta omil bo’lishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo’lsak, ingliz tilining tinglab tushunish, o’qib tushunish kabi ko’nikmalarida o’quvchidan asosan so’z boyligi talab etiladi va aksincha o’quvchi o’z yozish ko’nikmalarini namoyish etish uchun esa undan nafaqat so’z boyligining mukammalligi, qolaversa grammatik bilim va keng tasavvur kerak bo’ladi. Bugun ta’lim muassasalarida boshlang’ich sinflarning dars jarayonlarini mukammal, qiziqarli, barcha talablarga mos keladigan 85 darajada tashkillash juda muhimdir. Uning tashkillanishi haqida so’z ketganda esa dastavval shuni aytish joizki, bolalar bilan ishlayotganimizda biz ularning yoshi, ruhiy dunyosi, tasavvur va fikrlarini inobatga olishimiz kerak ya’ni bolalar ustozlari bergan topshiriq bilan ishlashayotganda berilgan topshiriq yoki tanlangan mavzu yuqoridagi talablarga javob bera olishi va o’quvchilarni darsdan chalg’itmasligi va qiziqishlarini so’ndirmasligi ham joizdir. Shu maqsadda yana bir usul qo’llanishi mumkin. Masalan, o’quvchilarga biron mavzuda hikoya, ertak yoki bayon yozish topshirig’i beriladi. Bu jarayonda o’quvchilar qaysidir ma’noda o’zlarida bosim his qilishlari mumkin. Shuning uchun yosh bolalarga yozish mahoratini samaraliroq o’rgatish maqsadida yoziladigan matn uchun kerakli mavzuni tanlashni ularning o’zlariga qo’yib bergan ma’qul. Bu usul ularga dars topshiriqlarini bajarish jarayonida o’zlarini erkin his qilishlari, sevimli narsalari haqida o’ylab, bor mahoratlarini ishga solishlariga imkon beradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, yosh bolalar quyidagi mavzularda ijod qilishni, suhbatlashishni yoqtirishar ekan:  Mening sevimli qahramonim.  Men yoqtirgan o’yinchoq.  Mening oilam.  Sevimli uy hayvonim.  Mening do’stim.  Men kelajakda … bo’lmoqchiman. Yuqoridagi ma’lumolardan bilish mumkinki, bolalarni o’qitish jarayonida shu kabi mavzulardan foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin. Yana bir e’tibor berilishi kerak bo’lgan jihat - bolalarni dars jarayonida yolg’izlatmaslik ya’ni ularga biron topshiriq berib, butunlay o’z hollariga tashlab qo’ymaslik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola maktablarda, boshlang’ich sinflarda yosh bolalar bilan ishlash, ularga ingliz tilida yaxshiroq ta’lim olishlari uchun, xususan, chet tilida yozish ko’nikmalarini mukammalroq o’zlashtirishlari uchun zarur…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola maktablarda, boshlang’ich sinflarda yosh bolalar bilan ishlash, ularga ingliz tilida yaxshiroq ta’lim olishlari uchun, xususan, chet tilida yozish ko’nikmalarini mukammalroq o’zlashtirishlari uchun zarur… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
so’z boyligi., Grammatik bilim, ibora, rasmli ko’rgazmalar, sevimli mavzu, Yozma nutq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники