Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'QITUVCHILARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI
Sanayev Farrux Axmatovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the role and importance of the teacher in the formation of speech culture. We also think about the importance of language and speech in human life of our ancestors. The idea of what should be given importance in order to pay attention to the development of the teacher's speech culture is highlighted. Key words: speech, speech culture, language, nation, thinking, phonetic analysis, maturity. Kirish: Insonning hayotda dunyoqarashi boy, ma`naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma`rifiy jihatdan rivojlanishda va ravnaq topishida bugungi kunda ona tilimizning o‘rni va ahamiyati juda muhim hisoblanadi. Millatning qanday ekanligi, unda kamol topayotgan har bir shaxsning ma’rifat va madaniyatini ko‘rsatuvchi yagona narsa bu tildir. Til milliy ma`naviyat, ma`rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi sharifda alohida ta’kidlab o‘tigandek, “Kishining zeb-u ziynati go‘zalligi uning tilidadir” deydilar. O‘tmishdagi ajdodlarimiz,ota-bbolarimiz ham insonda nutqning chiroyli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratganlar. 951 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Jumladan Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nutqining sodda, chiroyli va ravon bo‘lishi insonda muhim ahamiyat kasb etishi haqida alohida to‘xtalib o‘tadi. Buyuk mutaffakkir bobomiz A.Navoiy ijodida ham til va nutq madaniyatiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Masalan, A.Navoiyning muhtasham “Hamsa” sining barcha dostonlari (alohida- alohida boblar) da, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Nazm ul-javohir” va boshqa ko‘plab asarlarida so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid betakror fikrlarni bayon qilganganligini uchratishimiz mumkin. [Maxmudov, 2007: 8]. Ayniqsa, uning nutq va til madaniyatiga bag‘ishangan “Muhokamat ul – lug‘atayn” asarini o‘qib o‘rganib chiqsak bu tushunchalarning qanchalik tog‘ri ekaanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Bu asar o‘zbek tilining bitmas tuganmas fikr bayon qilish imkoniyatlariga ega ekanligini, uning har qanday fikrni ham nazmda to‘la va chiroyli ifoda etishga qodirligini ilmiy va amaliy dalillar asosida isbot qilib beradi. Ushbu asarda A.Navoiy ko‘ngilni dengizga, so‘zni durga, so‘zlovchini esa g‘avvosga qiyoslaganini ko‘rishimiz mumkin. Demak bu fikrlardan bilinadiki til – umumiylikka, nutq esa xususiylikka egadir. Bundan tashqari A.Navoiy o‘zining ”Mahbub ul- qulub” asarida shunday deydi: ”Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur...”[Navoiy, 1998: 94] ya’ni, tilning shunchalik sharafi bo‘lgani bilan u nutqning qurolidir, agar u o‘rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir deya ta’rif berganliklarini ham ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobiliyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev)[Babayeva, 2018: 432] Dunyo miqiyosida “Til va nutq hodisalarini o‘zaro farqlab yondashish dastlab ilk o‘rganish bosqichlari sifatida VIII-IX asrlarda shakllangan arab tilshunosligining til o‘rganish usullarida, keyinchlik esa V.Glumboldtning tildagi “energio” (harakat, jarayon, kuch) va “ergon” (mahsulot), A.Shteyntalning tildagi “barqaror mohiyat” va “harakatdagi kuchlar”, Boduen de Kurtenening “tildagi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik” haqidagi ta’limotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga hos birliklarni tom ma’noda ilmiy – nazariy hamda amaliy farqlash; til va nutq birliklarining mohiyatini ochish yo‘llari, “til” va “nutq” tushunchalariga batamom yangi mazmun berilishi F. de Sosyur va uning izdoshlari yaratgan ta’limot bilan bog‘liqdir” deb o‘rganamiz[Ne’matov, Bozorov, 1993: 7]. Yana bir buyuk ajdodimiz, bugungi kunda Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” (Saodatga eltuvchi bilim) asarida til va inson nutqida quyidagicha ta’rif beradi: “ o‘quv va bilimning tilmochi, tarjimoni tildir. Kishiga ro‘shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. 952 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Qut-izzatni ham, obro‘-e’tiborni ham kishi til orqali topadi. Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo‘rin qo‘llasa, odam boshining yorilishi hech gap emas” deb alohida ta’kidlab o‘tadi. [To‘xliyev, 2017: 16]. Asosiy qism: “Nutq” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratar ekanmiz, arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, fikrni so‘z orqali ifodalash degan ma’noni anglatadi. Nutq – kishi faoliyatining bir turi bo‘lib, o‘zaro aloqa va xabar almashinish, hamda o‘z fikrini his – hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish kabi vazifalarni bajaradi. shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining ehtimol eng muhim shartidir. Nutq – bosh miya tomonidan ta’minlanadigan muhim oliy ruhiy vazifadir va uning rivojlanishida kuzatiluvchi har qanday og‘ishlarga vaqtida e’tibor berilishi lozim” Haqiqatdan ham e’tibor qlib qaraydigan nutq har qanday insonda har xil shakllanib bortadi. Nutqning inson hayotida qanday tarda shakllanishida esa bevosi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role and importance of the teacher in the formation of speech culture.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role and importance of the teacher in the formation of speech culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech, speech culture, language, nation, thinking, phonetic analysis, maturity, tafakkur, millat, til, nutq madaniyati, kamolot., fonetik tahlil, nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026