К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · QILUVCHI ORGANLARI · Jo’rayev Umidjon · Tursunov Behruz Normurod O’g’li

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari tahlil qilinadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xavfsizligini saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Maqolada huquqni muhofaza qiluvchi asosiy organlar, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Sud hokimiyati hamda boshqa muassasalar faoliyatining huquqiy asoslari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ularning o’zaro hamkorligi va islohotlar jarayoni ham yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda qonunchilik va huquqiy tizimni yanada takomillashtirish yo’lida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchilar uchun foydali manba bo’lib xizmat qiladi deb o’ylayman. Kalit so’zlar: O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari, Sud, Adliya, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichi ishlar organlari va shu kabi huquqni muhofaza qiluvchi hamda huquqni muhofaza qilishga ko’maklashuvchi organlarning faoliyati va vazifalari. Ular amalga oshiradigan ishlar. Huquqni muhofaza qilish organlari — qonuniylik va huquqiy tartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shugʻullanuvchi idoralar. Oʻzbekiston Respublikasida Huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilar kiradi: Sudlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga boʻysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlar, xoʻjalik sudlari); Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradigan organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezi-denti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi; Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy, texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash departamenti) Prokuratura; Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov hamda 98 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference tergovga qadar surishtiruv organlari), Notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar (notariat va boshqalar); Advokatura bularga yaqqol misol bo’ladi. Endilikda huquqni muhofaza qilish organlarining vazifalari va faoliyat yo’nalishlari bilan tanishib chiqsak. Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. O’zbekiston Respublikasida quyidagi Sud organlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari, tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organlari ham asosiy huquqni muhofaza qiluvchiorganlardan biri hisoblanadi. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari haqida quyida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish, fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, tezkor- qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish, sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish, soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Prokuratura, O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari, Sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya, Ichi ishlar organlari va shu kabi huquqni muhofaza qiluvchi hamda huquqni muhofaza qilishga ko’maklashuvchi organlarning faoliyati va vazifalari. Ular amalga oshiradigan ishlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники