Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Реализация реформ по развитию физической культуры и спорта в Узбекистане
Alisher TISHABAEV · February -/© in Science LLC. (Ferghana State University) · National Olympic (Ferghana State University)
Общество и инновации · 6 · 372-378 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье на основе данных научной литературы Узбекистан, анализируется реализация реформы физического физическая культура и воспитания и спорта в Узбекистане, а также спорт, рассматриваются её ключевые аспекты. Кроме того, молодое поколение, Национальный подробно освещаются достижения спортсменов как в олимпийский комитет, стране, так и на международной арене. спорт, здоровое и зрелое поколение. O‘zbekistonda istiqlol yillarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu sababli mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishiga milliy taraqqiyotga ko‘mak beruvchi omil sifatida katta e’tibor qaratildi. Aynan shu sababli jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi o‘zgarishlar jamiyatning yangi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy sharoitlariga moslashtirildi. Bu sohani muntazam ravishda taraqqiy ettirish va uni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Chunki jamiyat a’zolarini, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol ruhda tarbiyalash bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Qisqa fursat ichida respublikada milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sport sohasi modernizatsiyasiga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992-yilning 14-yanvarida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”[1,4]gi qonunning qabul qilinishi sohani ommaviy ravishda taraqqiy ettirishda dastlabki qadam bo‘ldi. Mazkur qonun jami 28 moddadan iborat bo‘lib, u o‘zbek xalqi milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim vositasi hamda fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari hamda vazifalari belgilandi. Bu qonun barcha aholi qatlamlarining sog‘ligini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga qulay shart- sharoitlar yaratib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Mamlakat sportchilari oldiga qo‘yilgan vazifalar qayta ishlab chiqildi va yanada takomillashtirildi. Shu bois 2000-yil 26-mayda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunning ikkinchi tahriri qabul qilindi [2, 9]. U jami 27 moddadan iborat bo‘lib, qonunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi, jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat hamda jamoat boshqaruvining uyg‘unligi e’tirof etildi. 2015-yil 4-sentyabrda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”[3]gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonun 6 ta bob va 47 moddadan iborat bo‘lib, uning asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi. 373 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2025) / ISSN 2181-1415 Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab, uning 4-moddasida “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” ko‘rsatilgan. Ta’kidlash o‘rinliki, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiritildi, ya’ni, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlanishi ustuvorligi, sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga ko‘maklashish joizligi hamda nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek, yuqori darajada jismoniy himoyaga muhtoj aholi guruhlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni taraqqiy ettirishga yordam berish, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirish uchun shart- sharoitlar yaratish vazifalari belgilandi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qabul qilinadigan huquqiy hujjatlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun me’yorlariga mos bo‘lishi joizdir. Ushbu qonun turli tashkilot va muassasalarda jamiyatning barcha a’zolari ishtirokidagi sport va jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarning ommaviy hamda individual shakllarining rivojlanishiga zamin yaratadi. U, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, shaxsning mehnatsevarlik xususiyatini ta’minlash, vatanparvar fuqarolarni tarbiyalash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini musta
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье на основе данных научной литературы Узбекистан, анализируется реализация реформы физического физическая культура и воспитания и спорта в Узбекистане, а также спорт, рассматриваются её ключевые…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье на основе данных научной литературы Узбекистан, анализируется реализация реформы физического физическая культура и воспитания и спорта в Узбекистане, а также спорт, рассматриваются её ключевые… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, Uzbekistan, Milliy olimpiya qoʻmitasi, jismoniy madaniyat va sport, здоровое и зрелое поколение, yosh avlod, sogʻlom va barkamol avlod, sport turlari, Узбекистан, физическая культура и спорт, молодое поколение, Национальный олимпийский комитет, National Olympic Committee, sports, спорт, Oʻzbekiston, healthy and harmonious generation, physical culture and sports, young generation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026