К содержанию
РецензированоRU2024

Правовой статус негосударственных высших образовательных учреждений: опыт зарубежных стран

Ijobatkhon KODIRALIEVA (institutions: experience from foreign countries)

Общество и инновации · 5 · 96-101 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье автор теоретически и практически образовательное проанализировал вопрос правового статуса учреждение, негосударственных высших образовательных учреждений негосударственное на примере опыта зарубежных стран. Также он осветил образовательное учреждение, наличие ряда спорных аспектов в отношении правового акционерное общество, статуса высших учебных заведений. образовательная служба, правовой статус высших учебных заведений, зарубежный опыт. Nodavlat oliy ta’lim muassasalari – bu davlatga qarashli bo‘lmagan, xususiy yoki jamoat tashkilotlari tomonidan ta’sis etilgan oliy o‘quv yurtlari bo‘lib, ular jamiyatdagi talablarga mos ravishda ta’lim berishni maqsad qilgan. Hozirgi globallashuv va tezkor rivojlanayotgan dunyoda nodavlat oliy ta’lim muassasalari axborot texnologiyalari, tadbirkorlik, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi zamonaviy bilimlarni yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Bunday muassasalar o‘zlarining ilg‘or ta’lim tizimi, pedagogik metodlar va zamonaviy o‘quv dasturlari orqali talabalarga sifatli va xalqaro miqyosda raqobatbardosh ta’lim olish imkonini taqdim etmoqda. Yaqin yillargacha (2016-yil) oliy ta’lim muassasalarida talabalar qamroviga doir muammolar ko‘pchilikni qiynardi. Endi esa vaziyat tubdan o‘zgarmoqda. Shu jumladan, oliy ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotining muhim qonuniyatlari hayotimizga tatbiq etilmoqda. Natijada bugungi kunda respublikada oliy ta’lim muassasalari soni 211 tani tashkil etadi, shundan 112 tasi davlatga, 30 tasi xorijiy va 69 tasi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tegishli. Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 43 foizga yetkazilgan. Fuqarolik kodeksining 76-moddasi birinchi qismiga asosan, mulkdor tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki notijorat xususiyatga ega boshqa vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan va uning tomonidan to‘liq yoki qisman moliyaviy qo‘llab- quvvatlanadigan tashkilot muassasa sifatida baholanadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi oltinchi qismiga muvofiq, ta’lim muassasalari o‘z ustavlarida belgilangan vazifalar doirasida to‘lov asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib, bundan tashqari, ular qonunchilikka muvofiq ravishda tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. Bu esa ta’lim muassasalariga o‘zining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, rivojlanish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkonini yaratadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4391-son qaroriga muvofiq OTMni bosqichma-bosqich o‘zini- o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish nazarda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ–61-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, 40 ta oliy ta’lim muassasasiga moliyaviy mustaqillik berilgan. 97 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415 Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi masalalar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatini beradi: ▪ ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash; ▪ talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish; ▪ ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish; ▪ o‘quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilashga oid qarorlar qabul qilish; ▪ professor-o‘qituvchilar shtat birliklarini kiritish me’yorlarini ishlab chiqish; ▪ o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish; ▪ xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni mualliflik huquqi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish; ▪ bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash; ▪ avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilashi. Mazkur vaziyatda OTMlarning o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi va ular mustaqilligini ta’minlash yo‘nalishlaridan biri sifatida OTMlarni aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda AJ) shaklida qayta tashkil etish, ya’ni mavjud davlatga qarashli OTMlarni AJ tashkiliy-huquqiy shakliga o‘zgartirish istiqbolini, bunday kutiladigan ijobiy samara va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni ko‘rib chiqish lozim. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham, boshqa ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklidagi oliy ta’lim muassasalari (OTM) tashkil etishga hech qanday cheklov yo‘q. Bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 9-mod

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье автор теоретически и практически образовательное проанализировал вопрос правового статуса учреждение, негосударственных высших образовательных учреждений негосударственное на примере оп…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье автор теоретически и практически образовательное проанализировал вопрос правового статуса учреждение, негосударственных высших образовательных учреждений негосударственное на примере оп… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp96-101, non-state educational institution, foreign experience, акционерное общество, зарубежный опыт, xorij tajribasi, образовательная служба, nodavlat ta’lim muassasasi, негосударственное образовательное учреждение, educational service, образовательное учреждение, ta’lim muassasasi, joint-stock company, правовой статус высших учебных заведений, legal status of higher educational institutions, aksiyadorlik jamiyati, oliy ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi, educational institution, ta’lim xizmati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники