Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Формирование профессиональной компетентности будущих учителей географии в условиях виртуального образования
Khurshida TAJIBAEVA
Общество и инновации · 5 · 203-207 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В этой статье представлены научные выводы о : педагогика, содержании системы подготовки будущих учителей в методика, области педагогики, структуре образовательных программ и образование, формировании профессиональной компетентности будущих технологии обучения, инновационные методы. учителей географии. Особое внимание уделено контексту виртуального образования и его соответствию требованиям государственного образовательного стандарта. Mamlakatimizda bugungi zamonaviy sharoitda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash dolzarb masalalardan biri sifatida baholanadi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 304-son qarorining qabul qilinishi bilan mazkur masalaning dolzarbligi yanada oshdi. Pedagogika sohasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, sifatli soha mutaxassislarini tayyorlashning mazmuni va uslubini innovatsiyalarga asoslangan holda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun pedagogika sohasida bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlash tizimining mazmuni, dasturlarining tarkibiy tuzilishini davlat ta’limning mazkur bo‘g‘ini oldiga qo‘ygan talablari asosida takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion yondashuv asosida pedagogik amaliyotini takomillashtirish texnologiyasi oliy ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish dolzarb masalalardan biridir. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish vazifasi belgilab qo‘yilgan. [1] Bugungi kunda Virtual ta’lim sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligining hozirgi holati ta’lim tizimi kadrlar tayyorlash milliy modelining eng muhim bo‘g‘ini sifatida isloh etilayotganligi bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashning ilmiy jihatdan tadqiq etishning nafaqat imkoniyatlarini yaratdi, ayni paytda, buni nazariy hamda amaliy dolzarb vazifaga aylantirdi. Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchilardan muayyan tayyorgarlik ko‘rish, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash zaruratini keltirib 204 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 chiqaradi. Ushbu zarurat pedagogik kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, xususan, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining pedagogikpsixologik, ilmiy-metodik tayyorgarligiga asos bo‘ladigan o‘quv kurslarini o‘qitishda innovatsion muhitning yaratilishini metodik nuqtai nazardan tahlil etish, ijtimoiy-pedagogik, didaktik shart-sharoitlarini yaratish mazkur jarayonning samaradorligini orttirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Pedagogik kadrlarni, xususan, fan o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish mazkur jarayonning samaradorligini orttirishga asos bo‘ladi. Shuningdek, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini orttirish pirovardida ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash ustuvor maqsad qilib belgilashni talab etadi. Innovatsion texnologiyalar sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini shakllantirishda kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari bo‘lgan ilmiy- nazariy, pedagogik-psixologik, ilmiy-metodik tayyorgarlik, shuningdek shaxs sifatida rivojlanishi bilan uzviylik va aloqadorlik nazarda tutish lozim. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchisini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash deganda, uning ilmiy, nazariy, psixologik, pedagogik, ilmiy-
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В этой статье представлены научные выводы о : педагогика, содержании системы подготовки будущих учителей в методика, области педагогики, структуре образовательных программ и образование, формировании п…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В этой статье представлены научные выводы о : педагогика, содержании системы подготовки будущих учителей в методика, области педагогики, структуре образовательных программ и образование, формировании п… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp203-207, metodika, технологии обучения, ta’lim, methodology, education, innovatsion usullar, innovative methods, образование, pedagogika, педагогика, oʻqitish texnologiyalari, teaching technologies, pedagogy, инновационные методы, методика
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025