К содержанию
РецензированоRU2024

Традиции и церемонии, связанные с культами народов мира

Ilkhom BOBOKHOJAEV · Keywords: -/© in Science LLC. (Termez State University)

Общество и инновации · 5 · 29-33 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Совокупность молитв и обрядов, таких как Культовая концепция, жертвоприношения, посты и праздники, которые Спенсер, соединяют человека с Творцом, называется культом. Тейлор, Культы могут быть ежедневными, сезонными, водные и лесные божества, индивидуальными или коллективными, и с ними связан «Энлиль» – «Великая определённый акт поклонения. В данной статье гора», рассматриваются культы различных народов мира, а также символ жизни, связанные с ними традиции и обряды. Особое внимание семург – несущий счастье. уделяется их культурному значению, символике и влиянию на формирование духовной и социальной жизни сообществ. O‘tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, turli xalqlarning madaniyati to‘g‘risida ulkan materiallar to‘plandi. Qadimgi va zamonaviy dunyoning tili va diniy yodgorliklari o‘rganilmagan birorta ham madaniy xalqi qolmadi. Hindiston va Fors xalqlarining muqaddas kitoblari, Xitoyning falsafiy kitoblari Yevropa tillariga tarjima qilindi, turkiy va moʻgʻul tillari oʻrganildi, Misr iyerogliflari va Ossuriyaning mixxat yozuvlari sirlari ochildi. Amerikaliklarning qadimgi sivilizatsiya yodgorliklari va kultlari o‘rganildi. Dunyoning chekka-chekkalarigacha sayohatchi va missionerlar etnografik qabilalarning tilini, urf-odat va marosimlarini o‘rgandilar. Dunyo xalqlarining ibtidoiy e’tiqodlarini o’rganishning asosiy vazifasini qiyosiy antropologik maktab – Spenser, Teylor, Veyts, Lebbok, Morgan, MakLenan, Mangardt, Lang, Frezer, Pauell va boshqalar maktabi o‘z zimmasiga oldi. O‘rta Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan e’tiqodlarida xo‘jalik an’analari bilan bog‘liq kultlar islom kirib kelishi damlaridan boshlab kohinlikning yo‘q qilinishi, kultlarning unutilishiga sabab bo‘lgan. Lekin kundalik hayotdan chiqib ketgan bo‘lsa-da, xalq orasida ular bilan bog‘liq an’ana va marosimlar saqlanib qolgan. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik, mavsumiy, yakka yoki jamoaviy ko‘rinishlarda bo‘lib, o‘ziga xos topinish harakati kult tushunchasi bilan bog‘liqdir. Tarixdan ma’lumki, Ossuriya, Bobil Shumer xalqlarida tabiat kuchlariga sig‘inish kuchli bo‘lib, yer xudosi “Enlil” – “Ulug‘ tog‘” deb atalgan. Ma’buda “Ishtar” esa tabiat, hayot, tug‘ilish homiysi, quyosh “Utu”, oy “Zuen”, osmon “Anu”, yulduz “Ninsiana”, suv “Enki”, chorvadorlar “Dumuzi-abzu” sifatida e’zozlangan. Rim xalqlari esa tabiat, dehqonchilik, temirchilik, chorvadorlik, ovchilik homiylariga, ya’ni, ekinzor xudosi – “Silvan”, ob-havo xudosi -“Yupiter”,boshoqli o‘simliklar ilohasi – “Syerera”, uzumzor ilohi – “Liber”ga e’tiqod qilishgan hamda boshqa xalqlar kabi daraxt, yer, hayvon, qush, yovuz kuchlar kultlariga ishonganlar. Amerika hindulari, ya’ni “mayya”, “astek” va “ink” qabilalarida osmon va quyosh xudolari, ekinlardan esa kartoshka va makkajo‘xorini yer yuzidagi barcha jonzotlarning yaratuvchisi deb sig‘inganlar. Ular tabiatdagi hamma narsani ilohiylashtirib, qurbaqani mo‘l-ko‘lchilik, kit esa yer va suvning, burgut – osmon timsoli deb tushunilgan. Quyosh 30 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 ko‘tarilishi, yomg‘ir yog‘ishi va boshqa tabiat hodisalari ilohiy kuchga ega bo‘lib, insonga baxt keltirishiga ishonilgan. Shuningdek, hindu qabilalari tasavvurida ham boshqa xalqlar singari ming boshli va qanotli ilon – “Nag” donolik timsoli sifatida yer osti dunyosi egasi bo‘lgan. Slavyan xalqlarida tabiat hodisalaridan harakat va rivojlanish manbaini “Olam daraxti”, deb ataganlar. Dunyoning markazidagi Olam daraxti yer yuzida yashayotgan har bir insonning baxti uchun yaratilgan. Dunyoning umuminsoniy tushunchasini o‘zida mujassam etgan Olam daraxti kulti dunyo xalqlari mifologiyasining eng keng tarqalgan mavzularidan biridir. Unda birlamchi energiya va kurash g‘oyalari, dunyoni o‘zgartirishning zarur sharti sifatida kosmogonik tasavvurlar, Olam daraxti tiriklik ramzi timsolida hayotning tug‘ilishi bilan bog‘liq afsonaviy qarashlar ifodalanadi. Olam daraxti mifogrammasi ibtidoiy san’atda semantik va mifologik ildizlarga ega. Afsonaviy Olam daraxti haqidagi ma’lumotlar hind-yevropa xalqlarining maishiy turmushida ham haqiqiy daraxtlar bilan bog‘liq e’tiqod va marosimlarni yuzaga keltirgan. Shuningdek, slavyanlarda momaqaldiroq – “Perun”, osmon – “Svarog”, quyosh – “Dajbog”, shamol – “Xors”, olov – “Stribog” ilohlariga sig‘inilgan. Daraxtzor, o‘rmon, changalzor, o‘simliklar ilohlari ham bo‘lib, yarim odam, yarim hayvon qiyofali ovchilik – “Semik”, dehqonchilik – “Yarilo”, chorvachilik – “Kupala” kabi kultlarga atab qurbonliklar o‘tkazishgan. Daryodan sog‘-salomat o‘tib olishlari uchun suv kultlariga atab shirinliklar pishirganlar. To‘fon oldini olishda esa tovuq yoki echki so‘yib, “qon chiqargan”lar. Borliq hukmdori Tangri qadimgi turkiy xalqlar, ya’ni, oltoy, boshqird, buryat, qozoq, qirg‘iz, mo‘g‘ul, tatar, xakas xalqlari e’tiqodida bo‘lib, Umay ona – Jumay, ona ma’buda,

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Совокупность молитв и обрядов, таких как Культовая концепция, жертвоприношения, посты и праздники, которые Спенсер, соединяют человека с Творцом, называется культом.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Совокупность молитв и обрядов, таких как Культовая концепция, жертвоприношения, посты и праздники, которые Спенсер, соединяют человека с Творцом, называется культом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2024 in Science LLC, Тейлор, Cult concept, Teylor, Спенсер, symbol of life, Spenser, semurg‘ - baxt keltiruvchi, Taylor, водные и лесные божества, tiriklik ramzi, семург — несущий счастье, Культовая концепция, suv va o‘rmon ilohlari, water and forest deities, kult tushunchasi, «Энлиль» — «Великая гора», “Enlil” - “Great Mountain”, символ жизни, “Enlil” - “Ulug‘ tog‘”, Spencer, Semurg - bringer of happiness
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники