Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Пищевые традиции населения Ахангаранской долины в Средние века (на примере памятников Суйлюритепа и Тункат)
Behzod ISABEKOV · Tunkat, -/© in Science LLC. (National Center of Archeology, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan)
Общество и инновации · 5 · 469-474 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются процессы Ахангаран, формирования и развития культуры питания населения Курама, средневековых городов Ахангаранской долины, изученные Суюрлитепа, на основе материальных находок, выявленных на Тункат, ибн Хавкал, памятниках Суйлюритепа и Тункат. Исследование орошаемое земледелие, включает анализ керамических изделий, остатков пищи и тарелка, других археологических свидетельств, позволяющих миска, изучить повседневную жизнь населения региона, садовый нож, особенности приготовления и потребления пищи, а также продовольственный рацион. уровень социально-экономического развития. Материалы из Суйлюритепа отражают преимущественно сельскохозяйственный характер культуры питания, а также технологии хранения и употребления продуктов. DOLZARBLIGI O‘rta asrlar, xususan, ilk o‘rta asrlar Ohangaron havzasi aholisining ovqatlanish ratsioni, iste’mol qilgan meva va boshqa mahsulotlari tarixini yoritish, hududda olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar, hamda topilgan ashyolarni laboratoriya tahlillari asosida o‘rganishni taqazo etadi. МETODLAR VA O‘RGANISH DARAJASI Ushbu hudud tarixini chuqur o‘rganish maqsadida havzaning shahar tipidagi Suyurlitepa va Tunkat yodgorliklarida turli yillarda arxeologik tadqiqotlar amalga oshirilgan [Аsqarov А., Маtyoqubov X., Normurodov D., Isabekov B., Ismailov U., 2020. B. 15–41], [Isabekov B., 2022. B. 182–185], [Isabekov B., 2022. B. 99], [Isabekov B., 2013. B. 235–253]. Ushbu ikki yodgorlik ham Ohangaron daryosining chap tarafi, 2-terrasasi ustida joylashgan. Suyurlitepa Sanam qishlog‘i, Tunkat Obiz qishlog‘i hududiga to‘g‘ri keladi. Har ikkala yodgorlik ham Qurama tog‘larining old mintaqasida shakllangan. Aynan, mana shunday joylashuv ushbu hududlar aholisining o‘rta asrlardagi ratsionida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Suyurlitepa yodgorligidagi dastlabki arxeologik qazuv ishlari 2007-yili amalga oshirilgan [Аshirov S., 2007. B. 4], [Аshirov S.А., 2013. C. 355 – 362]. Lekin ushbu tadqiqot kichik shurf tashlash yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lib, unda aholining ovqatlanish tarixiga oid hech qanday moddiy manbalar uchramaydi. TADQIQOT NATIJALARI Oziq – ovqat bilan bog‘liq manbalar 2012–2022-yillardagi A. Asqarov boshliq olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar natijasida ko‘plab topilgan. Xususan, 2012-yilda Suyurlitepa ibodatxonasida olib borilgan tadqiqotlarda xo‘jalik o‘ralarida ko‘plab sholi va bug‘doy zaxiralari topildi. Topilgan sholi donlarini o‘rgangan o‘simlikshunis, seleksioner olim Zoyir Ziyotov fikricha ushbu sholi donlari madaniylashgan ekanligi aniqlanlandi. Ularning topilishi bizga quyidagi xulosalarni berdi: 470 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 – Ushbu shahar aholisining ovqatlanishi ratsionida sholi va bug‘doy kabi donli ekinlarga asoslangan. Bu esa ularning qishloq xo‘jaligiga ham ega yashash tarziga ega bo‘lganini bildiradi. – Sholi katta miqdordagi suv ichadigan ekinlardan hisoblanib, ushbu shahar aholisi Iloq (Ohangaron) daryosi sohillarida sholipoyalar barpo etib dehqonchilik qilishgan. – Sholi va bug‘doyning mavjudligi, ular turli xil non va ovqat turlari uchun asos bo‘lib xizmat qilganligini ko‘rsatadi. Bu ularning ovqatlanish turiga o‘ziga xoslik qo‘shganini anglatadi. Bugungi kunda sevib iste’mol qilinadigan o‘zbek taomlaridan palov ham o‘z davrida tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Osh haqidagi ma’lumotlar V–X asrlarga oid turkiy manbalarda ham uchraydi [Иkramova N., 1989. B. 11], [Fayzullayeva., 2021. М. B. 78]. – O‘sha davrda donli ekinlar yetishtirilishining kengligi, aholi o‘z ovqatlanishlarini muhitdagi tabiiy sharoitlarga moslashtira olganligini ko‘rsatadi. 2020-yilgi qazishmalar shaharning ark qismida olib borilgan bo‘lib, unda ko‘plab xonalar va 4 ta xo‘jalik o‘rasi aniqlangan. Ulardan kiyik shoxlari, tovuq tuxumining po‘stloqlari, parranda suyaklari, ellikka yaqin mayda tuyoqli hayvon suyaklari, ko‘plab yirik hayvon suyaklari va oshiqlar topilgan. [IsabekovB., 2022. B. 92 – 93]. Bu topilmalar havza aholisi xo‘jalik hayotida chorvachilik muhim rol o‘ynaganini anglatadi. Shu bilan birga, kundalik taomlanish jarayonida kiyik go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, tovuq tuxumi kabi mahsulotlar, ya’ni go‘shtli taomlar iste’molda keng foydalanganligini bildiradi. Aynan qazishmadan ko‘plab oshxona idishlarining uchrashi, xususan, yigirmaga yaqin qozonlar, kosalar, laganlar mavjud. Ushbu idishlar ichida o‘nga yaqin laganlar topildi. Bu laganlardan suyuq va qo‘yiq taomlar ulashishda, oziq-ovqatlar solishda foydalanishgan. Laganlardan birining tag qismi saqlanmagan, singan parchalardan tiklangan. Lagan o‘z davrida qadoqlangan, qadoq izlari idish parchalarida kuzatiladi. Lagan og‘zining diametri 32 sm. Laganning ichki yuzasi yoppasiga gulga o‘xshash naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlarda katta-kichik nuqtalar, boshi, tumshug‘i va dumi qizil rangli qushlar suratini uchratish mumkin [Isabekov B., 2022. B. 128]. Bu ma’lumotlar o‘z
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются процессы Ахангаран, формирования и развития культуры питания населения Курама, средневековых городов Ахангаранской долины, изученные Суюрлитепа, на основе материальных н…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются процессы Ахангаран, формирования и развития культуры питания населения Курама, средневековых городов Ахангаранской долины, изученные Суюрлитепа, на основе материальных н… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ohangaron, culture focused on agricultural products, alongside technologies, тарелка, продовольственный рацион, bowl, food ration, sug‘orma dehqonchilik, садовый нож, ибн Хавкал, ibn Xavqal, орошаемое земледелие, миска, gardener's knife, Suyurlitepa, lagan, bog‘bon pichog‘i, irrigated farming, plate, kosa, Qurama, Суюрлитепа, ovqat ratsioni, Тункат, Курама, Ахангаран, Tunkat, Kurama, ibn Havqal
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026