Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Определение профессионального риска у работников, работающих на основной профессии на предприятии “K.N.PLASTPRODUKT”
Guzal ISKANDAROVA · Shakhnoza KURBANOVA
Общество и инновации · 5 · 513-517 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: На основе оценки условий труда работников изделия из пластмассы, предприятия, занимающегося производством изделий из условия труда, пластмасс, были определены критерии профессионального показатели здоровья, риска. Они сформулированы с учетом классов условий профессиональный риск, критерия, труда и состояния здоровья работников. Эти данные стали тяжесть труда, основой для разработки профилактических мероприятий, напряжённость труда. направленных на предотвращение негативных факторов, которые могут оказывать отрицательное влияние на здоровье сотрудников в процессе их профессиональной деятельности. DOLZARBLIGI Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida ishchilar kompleks zararli va xavfli omillarga duchor bo‘ladilar. Bu omillar ishlab chiqarish jarayonida kasb bilan bog‘liq bo‘lgan kasb kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda kasalliklar ishchilarning mehnat sharoitlari va atrof-muhit omillari bilan sababiy bog‘liqligini aniqlash mehnatni muhofaza qilishning muhim vazifasi bo‘lib, uni hal qilish kasbiy xavf metodologiyasiga asoslangan tizimli yondashuvni talab qiladi [2, 5]. Hozirgi vaqtda butun dunyoda kasbiy xavfni baholash konsepsiyasi mehnatga layoqatli aholi salomatligini saqlash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini amalga oshirish tartibini asoslash, ishlab chiqish va tanlashning asosiy mexanizmi sifatida qaralmoqda, bu ayniqsa yirik sanoat korxonalari uchun muhimdir. Kasbiy xavflarni baholash va boshqarish ishchilarning sog‘lig‘ini mehnat sharoitlari bilan sababiy bog‘liqligini tahlil qilish va baholash, mehnat qonunchiligi subyektlarini xavf to‘g‘risida xabardor qilish, xavf ko‘rsatkichlari dinamikasini kuzatish, shuningdek, kasbiy xavflarni boshqarish bo‘yicha choralar ko‘rishni nazarda tutadi. Kimyo texnologiyasi va plastmassa, elastomer hamda kompozitsion materiallarni qayta ishlash sohasidagi yutuqlar fan va ishlab chiqarishning turli sohalarida ilmiy-texnik rivojlanishni tezlashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Polimer va kompozitlarni qayta ishlash va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarishda keng ko‘lamli texnologik jarayonlarni qamrab oladi [3]. Ular o‘z ichiga plastik massalarning texnologiyasi, plastmassani qayta ishlash texnologiyasi, elastomerlar texnologiyasi, rezina buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, kompozitsion materiallar texnologiyalarini oladi. Plastmassalar (plastik massalar) yoki plastiklar-organik materiallar bo‘lib, ularning asosi sun’iy yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar (polimerlar) hisoblanadi. Sun’iy polimerlar asosidagi plastmassalar hozirgi kunda xalq xo‘jaligida juda keng foydalanishga ega bo‘ldi. “Plastmassa” so‘zining ma’nosi materiallarni qizdirish va bosim ostida boshqa shaklga kirish va berilgan shaklni sovitilgandan va qattiq bo‘lgandan so‘ng saqlab qolish qobiliyatiga ega. Shakllantirish jarayoni plastik deformatsiyalangan (yumshoq oquvchi) holatdan shishasimon holatga o‘tish bilan birga kuzatiladi. 514 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 Plastmas mahsulotlar kundalik maishiy hayotda keng qo‘llanilishi bilan bir qatorda ishlab chiqarishda inson salomatligi uchun xavf tug‘diradigan kimyoviy omillar tashqi muhitga tarqaladi. Shu bilan birga avval o‘rganilmagan yangi ishlab chiqarish omillarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida ishlovchilarni salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [1, 4]. TADQIQOT MAQSADI Ilmiy ishning maqsadi korxonadagi ishchilarni mehnat sharoitini yaxshilash va kasallanishni oldini olishga qaratilgan kompleks sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan. TADQIQOT OBYEKTI VA USULLARI Ishchilarda kasbiy xavf salomatlik darajasini aniqlash uchun “Mehnat sharoitini sinfi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xavflilik va zararlilik darajasi bo‘yicha vaqtinchalik mehnat qobiliyati bilan bog‘liq kasallanishni ishchilar salomatligi uchun kasbiy xavfning gigiyenik bashoratlari” O‘zRSSV ning sanitariya gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy tekshirish instituti tomonidan 2004-yilda ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomaga asoslangan. Ishchilar salomatligiga noqulay mehnat sharoitini ta’siri kasb kasalliklar kelib chiqqanda emas balki umumsomatik surunkali kasalliklar soni ortganda ham kuzatiladi. Bu uslubiy tavsiyanomaga asosan kasbiy xavf darajasi ishchilarda mehnat sharoitini sinfini hisobga olgan holda zararli va xavfli omillar darajasi aniqlanadi. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI Kasbiy xavfni aniqlash zamonaviy tibbiyot profilaktikasida mehnat sharoitini va mehnat xarakterini talqin qilishga katta e’tibor qaratish bilan bog‘liq kasallanishni kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam qaratilmoqda. Buning natijasida kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasallanishni kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. “K.N. PLASTPRODUKT” korxonasidagi asosiy kasbda ishlovchi ishchilardagi salomatlik holatlarida kuzatiladigan o‘zgarishlarga organizmdagi individual sezuvchanlik ishlab chiqaris
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: На основе оценки условий труда работников изделия из пластмассы, предприятия, занимающегося производством изделий из условия труда, пластмасс, были определены критерии профессионального показатели здор…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: На основе оценки условий труда работников изделия из пластмассы, предприятия, занимающегося производством изделий из условия труда, пластмасс, были определены критерии профессионального показатели здор… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plastic products, criteria, plastmassa mahsulotlari, показатели здоровья, work intensity, professional risk, mehnat sharoiti, ishning keskinligi, профессиональный риск, тяжесть труда, working conditions, изделия из пластмассы, ishning og‘irligi, критерия, kriteriya, kasbiy xavf, напряжённость труда, difficulty of work, salomatlik ko‘rsatkichlari, условия труда, health indicators
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026