Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI DAVRDA AVSTRIYA (GABSBURGLAR) IMPERIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR)
Haqqulov Mehriddin Yunusovich
Современная наука и исследования · 2 · 112- 114 · 2026
Аннотация
This article presents historical information related to the creation of the Austrian state and the history of its development. The article contains information about the participation of representatives of the dynasty led by Rudolph Habsburg in invasions and religious wars in Central European regions, and the influence of the 30-year war on the development of the empire. Keywords: Habsburglat, Maximilian I, Austria, Holy Roman Empire, Turkey, Mediterranean, Holland, England, Russia, Hungary, Silesia, Czech Republic, Western Europe, "Holy League", Transylvania and Serbia, Saint Gothard, Leopold I, Vatican, Venice, Poland. ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ АВСТРИЙСКОЙ (ГАБСБУРГСКОЙ) ИМПЕРИИ В НОВОЕ ВРЕМЯ (XVI-XVIII ВВ.) Аннотация. В данной статье представлены исторические сведения, связанные с созданием Австрийского государства и историей его развития. В статье содержатся сведения об участии представителей династии Рудольфа Габсбургов во вторжениях и религиозных войнах в центральноевропейские регионы, а также о влиянии 30-летней войны на развитие империи. Ключевые слова: Габсбурглат, Максимилиан I, Австрия, Священная Римская империя, Турция, Средиземноморье, Голландия, Англия, Россия, Венгрия, Силезия, Чехия, 834 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Западная Европа, «Священная лига», Трансильвания и Сербия, Сен-Готард, Леопольд I, Ватикан, Венеция, Польша. XVII–XVIII asrlarda Gabsburglar sulolasiga qarashli yerlar deyarli tinimsiz kengayib bordi va Gabsburglar davlati Yevropaning eng katta davlatlaridan biriga aylandi. O‘ttiz yillik urush bu jarayonni to‘xtatgan bo‘lsada, Gabsburglar nafaqat «German millatining Muqaddas Rim imperiyasi imperatori» degan formal unvonni, balki mayda davlatlardan iborat Germaniyaning ichki ishlariga aralashish huquqi va shu mintaqadagi siyosiy ta’sirini ham saqlab qoldi. Imperiya hududining juda kattaligiga qaramasdan uning markazi va sulola qudratining manbai Avstriya yerlari, Chexiya va Sileziya edi. Avstriyaning yuksalish sabablaridan biri shundaki, u yaqin qo‘shnilaridan oldinroq absolyut monarxiyaga asoslangan markazlashgan davlatni tashkil qila oldi. Bu davlatga hali XVI asrdayoq Maksimilian I (1459–1519) o‘tkazgan islohotlar tufayli asos solingan va XVII asrda Ferdinand II va uning vorislari tomonidan mustahkamlangan edi. Markazlashgan davlatning tashkil topishi va Avstriyaning kuchayishiga yana bir sabab, to XVII asrning oxirigacha saqlanib turgan Turkiya bosqini xavfi edi. Butun XVII asr davomida yuz bergan qirg‘inbarot urushlar hamda savdo yo‘llarining O‘rta Yer dengizi havzasidan Atlantika okeani tomon siljishi Avstriyaning iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hunarmandchilikdan manufaktura ishlab chiqarishiga o‘tishning juda sekinligi oqibatida sanoatning bir paytlar o‘ta rivojlangan tarmoqlari ham deyarli to‘xtab qoldi. Faqat qurolsozlik, tog‘-kon va metallga ishlov berish sohalari o‘z mahsulotlarini Gollandiya, Angliya va Rossiyaga sotganligi tufayli rivojlanish sur’atini saqlab qoldilar. XVII asrda hukumat doimiy va aniq miqdorda to‘lanadigan yangi soliq – «kontributsiya»ni joriy qiladi. Bu davrda ham har xil soliqlar va majburiyatlarga qarshi ov qilish va baliq tutish hamda o‘rmonlar va boshqa jamoa yerlaridan foydalanish huquqlarini tiklash uchun dehqonlarning qo‘zg‘olonlari bo‘lib turdi. XVII asr oxiri – XVIII asr boshlaridagi urushlar. O‘ttiz yillik urush va Vestfal tinchlik sulhi Avstriyaning tashqi siyosati va xalqaro obro‘siga katta o‘zgarishlar kiritdi. Gʻarbiy Yevropada yangi yerlarni bosib olishning mumkin emasligi yaqqol ko‘rinib qoldi. O‘zining asriy raqibi Fransiya bilan raqobat kun tartibidan olib tashlanmasada, endi Avstriya Sharqqa, hukmronligi borgan sari kuchsizlanib borayotgan Usmoniylar imperiyasi egallab turgan yerlarga o‘z nigohini qaratdi. 1664 yili Montekukkoli qo‘mondonligidagi avstriyaliklar armiyasi turk qo‘shinlari ustidan dastlabki yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ammo Sen- Gotard yonidagi bu g‘alaba rivojlantirilmadi va mustahkamlanmadi. Imperator Leopold I (1640– 1705) tinchlik sulhini tuzishga shoshildi. Natijada vujudga kelgan imkoniyatdan turklar yangi urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalandi. Fransuzlar tomonidan gij-gijlatilgan Turkiya 1683 yili urush harakatlarini yangidan boshlab, yomon qurollangan va tayyorgarlik ko‘rmagan Avstriya qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi va 10-iyul kuni Venani qamal qildilar. 835 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Avstriya halokat yoqasiga kelib qoldi. Polsha qiroli Yan Sobeskiy qo‘shinlarining yordami Avstriyani muqarrar halokatdan qutqaribgina qolmasdan, turklar bosqini xavfidan butunlay xalos qildi. «Muqaddas liga» (Vatikan, Venesiya, Polsha) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Avstriya endi birin-ketin g‘alabalarga erishib, 1685 yili Buda hududini va Vengriyaning katta qismini egalladi, ikki yildan so‘ng esa Transilvaniya va Serbiya hududiga kirib bordi. Turkiya bilan urush qariyb 10 yil davom etdi. 1697 yil yosh shahzoda va o‘z davrining qobiliy
Доказательный фрагмент
«This article presents historical information related to the creation of the Austrian state and the history of its development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents historical information related to the creation of the Austrian state and the history of its development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Habsburglat, Maximilian I, Austria, Holy Roman Empire, Turkey, Leopold I, Gabsburglat, Chexiya, Angliya, Sileziya, Turkiya, O‘rta Yer dengizi, Venesiya, “Muqaddas liga”, Rossiya, Muqaddas Rim imperiyasi, Gʻarbiy Yevropa, Transilvaniya va Serbiya, Sen-Gotard, Gollandiya, Maksimilian I, Vengriya, Polsha., Avstriya, Vatikan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026