К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIYNING JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Hoshimxonov Mo‘min

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, she’riyat mulkining sultoni, davlat tilining asoschisi, ulug‘ daho, falsafiy she’riyati bilan jamiyatdagi, mustabid tuzumning turli nomaqbul sitamlarini, zulmlarini qalamining o‘tkir tig‘i bilan fosh qila olgan Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Astrobod, qozi, pora, qit’a, siyosat, zolim, johil, vazir, ulus, fosiq, sharob, podshoh, hokim, botin, fir’avn, Homon, bek, jamoat, zulm, kufr, daryo, anhor, komillik, falsafiy, siyosiy, ma’rifat, buyuk, utopiya, g‘azal, hukmdor, jamiyat, hokimiyat, imperiya, Qur’on, Iskandar oynasi, kishvar. Inglizcha Navoiy davri uchun yana bir tipik hodisa—poraxo‘rlikni qamchilab, Sayid Abdullod Astrobodiy yozgan qit’aning «Majolis»da keltirilishidir. Aftidan Sayid Abdullod Astrobodiy Navoiy bilan hamsuhbat bo‘lgan, Navoiy shaxsan ham xush ko‘rgan kishilardan ko‘rinadi.. Navoiy uning haqida: «Xush tab» yigit edi, muhovarasi dag‘i xo‘b va ahloqi dag‘i xo‘b erdi» deb yozadi. So‘ng Navoiy o‘sha qit’aning yozilish tarixi va o‘zini keltiradi: «Xo‘chon viloyatining qozisi eshak rishva berib, sadr ani qozi qilg‘ong‘a bu qit’asi mashhurdurkim: Hame gasht dar shahr shaxse zi Xo‘chon, Ki qozi shavad, sadr rozi nameshud. Bidodash xare rishvau gasht qozi.... Agar xar namebud, qozi nameshud» . Tarjimasi: «Xo‘chondan kelgan bir kishi qozi bo‘lmoq uchun shaharda aylanardi, biroq sadr uning qozi bo‘lishiga rozi emasdi. Oxirida bir eshakni sadrg‘a pora berib, qozi bo‘ldi. Eshak bo‘lmasa qozi bo‘lmasdi».. Bunda ham yuqoridagi singari kichik bir hayotiy epizod orqali o‘sha jamiyatning juda katta nuqsoni ustalik bilan ishlatilgan o‘tkir so‘z o‘yini vositasila fosh qilinadi. Chindan ham talantli shoir o‘z qit’asida pora oluvchi sadr ustidan ham, pora berib qozi bo‘lgai kishi ustidan ham qattiq kuladi. Navoiy “Mahbub ul-qulub”ning birinchi qismida siyosat falsafasi, podshohlar siyosati haqida fikr yuritadi. Alloma bu asarida zolim va johil podshohlarni, vazirlarni el, ulus boshiga kelgan balo, ofat deb tanqid qiladi. U 56 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference odil podshohni ko‘zguga, zolim, johil va fosiq podshohni esa shu ko‘zguning orqasiga o‘hshatadi. “Ul (odil podshoh) yorug‘ subh bu (zolim, johil podshoh) aning qorong‘u kechasidur. Zulm aning ko‘ngliga marg‘ub (yoqimli) va fisq (fasod, zararkunandalik) aning xotirig‘a mahbub... Obod (joy)lar aning zulmidan vayrona”. “Zolim podshoh doim ichadigan boda (sharob) seli chun bazmida tug‘yon qilib, ul sel mulk ma’muralarin vayron qilib...” Zolim va johil podshohning noshoyista - yomon ishlari o‘ziga yaxshi ko‘rinadi, el ma’qul, yaxshi degan ishlarni u ma’yub (aybli) deb rad etadi. Zolim podshoh o‘ziga ko‘p xizmat qilganlarni kichik bir xatosi uchun xizmatlarini yo‘qqa chiqaradi. Alisher Navoiyning bu so‘zlaridan u monarxiyaning absolyutizmini, mutlaq yakka hokimlikni qoralaydi, xususan, bunday yakka hokim ma’rifatsiz, demokratiyadan uzoq xalq fikri bilan hisoblashmaydigan zolim, johil bo‘lsa, u bunday zolimlarga, johillarga nafratini yashirmaydi. Navoiy fikricha, bunday absolyutizm, hokimi mutlaqlik xalq uchun o‘ta zararlidur. Bunday hokimi mutlaq hukm surar ekan, “chin der elga (to‘g‘ri, rost gapiruvchilarga) - jon xatari, xayrga (yaxshilikka) dalolat qiluvchiga ulum zarari. Hak (haqiqat, rost so‘z) aning qoshida botil (yolg‘on, soxta), xiradmand (aqlli, ma’rifatli odam) aning aqidasida johil... Bu yomon podshohki, bo‘lg‘ay vaziri ham yomon, andog‘ki, Fir’avn (yaqinida) Homon... Tengri mundoq balolarni adam (yo‘qlik) chohidan vujud taxtgohiga kelturmasun...”. Alisher Navoiy mustabid absolyutizmni qoralar ekan, zolim va johil podshohning vazirlari ham xalqni qiynovchi zolimlar ekanligini nafrat bilan tavsiflaydi. U zolim vazirni ilmsiz bo‘lganidan bemorga zahar beruvchi tabibga o‘xshatadi. “Bular (zolim vazirlar va ilmsiz tabiblar) jumlasi chayonlar, xaloyiqqa yetkirur ziyonlar...” Navoiy zolim podshoh va johil vazir qo‘l ostidagi fosiq va badmaosh beklarni, “bahodirlar”ni ham nafrat bilan tasvirlaydi: “Shoh eshigida yormoqni (nonni) zoe’ qilguvchi (yaxshi xizmati bilan nonini halollab yemaydigan) jamoatkim, alardan na Tengriga toatdur va na shohg‘a itoat. Tariqlari (yashash yo‘li) xudnamolik va rasmlari (odatlari) xudorolik (o‘zboshimchalik yoki o‘zini maqtash). Ishlari - mastlig‘, varzishlari (tarbiyalari) xudparastlik. „Alisher Navoiy mutlaq hokimi mutlaqlikni, zulmni keskin tanqid qilish bilan birga, yakka hukmdorning jamiyat, xalq oldidagi mas’uliyatini, hukmdor yaxshi va yomon ishlari uchun, xalqini yomon yo‘lga boshlagani uchun Tangri taolo oldida javob berishini eslatadi: “Agar shohga adolat shior, ulusi (eli) shiorida kam adolatdin osor. (Podshoh) agar zulmpesha, elida kam (uning) zulmidan andesha (g‘am, tashvish). Agar u (shok) islomoyin, xalq shiori kam 57 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference islom bila din (ya’ni, podshoh Tangri g‘azab

Доказательный фрагмент

«ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, she’riyat mulkining sultoni, davlat tilining asoschisi, ulug‘ daho, falsafiy she’riyati bilan jamiyatdagi, mustabid tuzumning turli nomaqbul sitamlarini, zulmlarini q…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, she’riyat mulkining sultoni, davlat tilining asoschisi, ulug‘ daho, falsafiy she’riyati bilan jamiyatdagi, mustabid tuzumning turli nomaqbul sitamlarini, zulmlarini q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoat, kishvar., anhor, jamiyat, buyuk, Qur’on, fir’avn, falsafiy, qozi, Astrobod, utopiya, siyosat, podshoh, g‘azal, hukmdor, Iskandar oynasi, hokimiyat, bek, zulm, daryo, komillik, imperiya, botin, qit’a, Homon, ulus, pora, sharob, zolim, fosiq, hokim, johil, kufr, siyosiy, ma’rifat, vazir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники