Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI VA UNING OLDINI OLISH OMILLARI
Tileuov Erkinbay Muratbaevich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В статье анализируются факторы преступности несовершеннолетних и ее профилактики, особенности их личностного характера, работа, проводимая в нашей стране по профилактике преступлений и правонарушений среди несовершеннолетних, статистические данные о преступлениях, совершаемых среди несовершеннолетних, взгляды зарубежных юристов на криминальную характеристику личности несовершеннолетних правонарушителей. Ключевые слова: несовершеннолетние, криминологическая характеристика, статистика, правонарушение, уголовный кодекс, политика, закон, закон. 4 92 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish. Bugungi kunda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning o‘sib borishi jamiyatimizning turli qatlamlarini tashvishga solmoqda. Shu sababli mamlakatimizda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizim yo‘lga qo‘yildi. Xususan, mustaqilligimiz qo‘lga kiritilganidan 3 oy o‘tmasdan, ya’ni 1991 yil 20 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2016 yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi umumsiyosiy munozaralarida ham yoshlar mavzusiga alohida to‘xtalishi masalaning dolzarbligidan dalolat beradi. Jumaladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur muaammoga alohida e’tibor berib prezidentiligining dastlabki yillarida quyidagicha fikrni ta’kidlagan: "Barcha hududlarda, har mahalla va oilada ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida uyma-uy yurish va bunga keng jamoatchilik jalb etish yuzasidan yangi ish uslublari joriy etilganiga qaramay, hali kutilgan natijalarga to‘liq erishilgani yo‘q. Masalan, Farg‘ona viloyatida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik o‘sgan. Umuman, o‘tgan 7 oy mobaynida viloyatda voyaga yetmaganlar tomonidan 129 jinoyat sodir etilgan. Viloyatning 10 shahri va tumanida voyaga yetmagan bolalarni uyda yashirincha diniy o‘qitish holatlari aniqlangan. [1]. Prezidentimizning mazkur nutqi tasdig‘i o‘larok, yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Ushbu say-harakatlar oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotagan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning soni sezirarli darajada kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani, 2019 yilda 739 tani, 2020 yilning birinchi yarmida 338 tani tashkil etgan[2]. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda ularning jinsi, yoshi, ijtimoiy bandligini muhim ahamiyatga ega. Sababi ushbu xususiyatlarni bilish orqali voyaga 4 93 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yetmaganlar orasida aynan qaysi toifadagilar huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘ladi va voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklarni sodir etilishiga nimalar sababchi bo‘ladi kabi savollarga javob topgan holda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish mumkin. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi — bu ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib, yosh avlodning jinoyatchilikka jalb qilinishi, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasi va tarbiyasi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligining sabablari, uning oqibatlari va oldini olish omillari ko‘rib chiqiladi. Jinoyat huquqida voyaga yetmagan shaxs deganda, jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan, ammo 18 yoshga to‘lmagan shaxs tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso, jismoniy shaxslar jinoyatning umumiy sub’ekti sifatida javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-m.2-q) uchungina javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar odam o‘ldirganlik (JK 97-m 1-q), qasddan badanga og‘ir shikast yetka
Доказательный фрагмент
«В статье анализируются факторы преступности несовершеннолетних и ее профилактики, особенности их личностного характера, работа, проводимая в нашей стране по профилактике преступлений и правонарушений среди несовершенн…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируются факторы преступности несовершеннолетних и ее профилактики, особенности их личностного характера, работа, проводимая в нашей стране по профилактике преступлений и правонарушений среди несовершенн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- minors, criminological description, statistics, offense, criminal code, policy, kriminologik tavsif, huquq, voyaga yetmaganlar, huquqbuzarlik, jinoyat kodeksi, qonun., siyosat, statatistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026