К содержанию
РецензированоUZ2026

FARG‘ONA VILOYATI TARIXIY YODGORLIKLARINING AHOLI MA’NAVIY HAYOTIDAGI O‘RNI (MARG‘ILON MISOLIDA)

Soliyeva Gulhayo · O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of historical monuments in the spiritual life of the population in the Fergana region, particularly in the city of Margilan. Important historical sites such as the Khoja Magiz Mausoleum and the Said Ahmad Khoja Madrasah play a crucial role in preserving national heritage, shaping religious and spiritual education, and strengthening historical memory. Additionally, the article highlights the contribution of these monuments to the development of craftsmanship and tourism. The research results indicate that the historical monuments of Margilan are not only witnesses of the past but also serve as a means of educating the younger generation and fostering local economic growth. Keywords: Margilan, Fergana region, historical monuments, spiritual life, national heritage, Khoja Magiz Mausoleum, Khoja Porso Mosque, Said Ahmad Khoja Madrasah, craftsmanship, silk production, historical memory, religious and spiritual education, cultural heritage, tourism, economic development, national values. Kirish: Farg‘ona vodiysi, ayniqsa Marg‘ilon shahri, O‘zbekistonning eng qadimiy va boy tarixga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Bu shahar Markaziy Osiyo madaniyati va hunarmandchiligida muhim o‘rin tutib, tarixiy yodgorliklari orqali xalqning ma’naviy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu maqolada Marg‘ilondagi tarixiy obidalarning mahalliy aholi ongidagi o‘rni va ularning madaniy-ma’naviy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Marg‘ilonning tarixiy obidalari va ularning ahamiyati Marg‘ilonda qadimdan hunarmandchilik, savdo va ilm-fan rivojlangan. Bu yerda joylashgan tarixiy yodgorliklar xalqning o‘z o‘tmishini eslab qolishida muhim rol o‘ynaydi. Marg‘ilonda quyidagi muhim tarixiy obidalar mavjud: Xo‘ja Ma’oz ibn Jabal ziyoratgohi Marg‘ilon shahrida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi ushbu mozorni payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sahobalaridan biri, faqih va roviy Ma’oz ibn Jabal bilan bog‘laydilar. Ma’oz ibn Jabalning to‘liq ismi Abu Abdurahmon al-Ansoriy al- Xazrajiy al-Jashmiy bo‘lib, u 640-yili vafot etgan. Garchi u Movarounnahrga kelmagan bo‘lsa-da, uning nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Xorazmda ham mavjud. Marg‘ilondagi ziyoratgoh aholi orasida "Xo‘ja Mag‘iz", "Xasti Ma’oz mozori" deb ham ataladi. Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari bo‘limida Xo‘ja Ma’oz ziyoratgohiga oid bir qator hujjatlar saqlanmoqda. Marg‘ilon uyezdidagi vaqf yerlariga solingan mulk solig‘i hujjatlarida ushbu ziyoratgohga oid ma’lumotlar uchraydi. 296 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Jumladan, Avval volostining Pastki Uchqo‘rg‘on qishlog‘ida hamda Zarkent volosti, Qirg‘uli qishloq yig‘ini, Suxtepa qishlog‘ida Xazrati Ma’oz ibn Jabal mozori, madrasa va masjidi mavjud bo‘lgani qayd qilingan. Hozirgi kunda Xo‘ja Ma’oz majmuasi quyidagilardan iborat: 1. Darvozaxona 2. Maqbara 3. Mo‘yi muborak ziyoratxonasi 4. Katta yozgi ayvonli masjid Qabristonning ichki qismida joylashgan "Xo‘ja Mag‘iz" maqbarasi ushbu majmuaning eng qadimiy qismi bo‘lib, XV–XVI asrlarga oid. Hozirda maqbaraning dastlabki bezaklari va peshtoqining yuqori qismi nurab tushgan bo‘lsa-da, imorat o‘ziga xos mahalliy me’moriy xususiyatlarini saqlab qolgan. Majmua hududida joylashgan Chillaxona ham dastlabki inshootlardan biri hisoblanadi. U maqbaraning shimoli-sharq tomonida, taxminan 15 metr masofada joylashgan. Said Ahmadxo‘ja madrasasi 19-asr oxirida qurilgan. Madrasa uyg‘un kompozitsiya, qurilish elementlarining mutanosibligi va oqilona konstruksiyalari bilan ajralib turadi. Majmuaning asosini madrasaning o'zi va shiftlari bo'yalgan zal va ayvondan iborat masjid tashkil etadi. Said Ahmad Xo‘ja madrasasi unchalik an’anaviy bo‘lmagan arxitekturasi bilan ajralib turadi: uning qurilishida ham sharqona, ham Yevropa uslublaridan foydalanilgan. Bino pishiq g'ishtdan qurilgan, ammo mahalliy seysmik sharoitlarni hisobga olgan holda hunarmandlar masjid devorlarini yevropacha usulda ikki qatorli yog'och ramka bilan mustahkamladilar, bu esa masjidning ichki makonini vizual ravishda kengaytirish imkonini berdi. 2007-yilda Said Ahmadxo‘ja madrasasi binosi rekonstruksiya qilinib, yodgorlikka keng yo‘l olib kelinib, atrofiga bog‘ barpo etildi. Madrasa hovlisidan oqib o‘tadigan keng ariq tojlari yoyilgan keksa chinorlar issiq kunlarda soya va salqinlik yaratadi. Said Ahmad Xo‘ja madrasasida dindorlar Qur’on va Hadis ilmlarini o‘rganganlar, ikki asr avval madrasa shogirdlari istiqomat qilgan 26 hujrada hozir mahalliy hunarmandlarning to‘quvchilik, zardo‘zlik bilan shug‘ullanuvchi ustaxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xoʻja egiz ziyoratgohi Fargʻona viloyati Marg‘ilon shahridagi Ipak yoʻli mahallasi Xo‘ja Egiz koʻchasida joylashgan qadamjo. Xo‘ja Egiz kompleksi mozor va masjiddan iborat. Qo‘qon xonligi davrida ham Xo‘ja Egiz ziyoratgohi bo‘lib, Marg‘ilon shahrining muqaddas joylaridan biri sifatida aholining ziyoratgohiga aylangan edi. Ammo mozor sovetlar mafkurasida muqaddas zi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of historical monuments in the spiritual life of the population in the Fergana region, particularly in the city of Margilan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of historical monuments in the spiritual life of the population in the Fergana region, particularly in the city of Margilan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Margilan, Fergana region, historical monuments, spiritual life, national heritage, tarixiy yodgorliklar, ipakchilik, Said Ahmad Xo‘ja madrasasi, tarixiy xotira, Marg‘ilon, madaniy meros, iqtisodiy rivojlanish, Farg‘ona viloyati, ma’naviy hayot, hunarmandchilik, sayyohlik, diniy-ma’naviy tarbiya, Xo‘ja Mag‘iz maqbarasi, milliy meros, milliy qadriyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники